191
Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo‘jalik shirkatlari
va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va
davlatga qarashli bo‘lmagan boshqa yuridik
shaxslar xususiy mulk
huquqining subyektlari hisoblanadilar.
Xususiy mulk huquqining ob’ektlari qonun bilan man etilgan ayrim
ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi
mumkin.
Fuqarolarning mulki “shaxsiy” mulk shakldan iborat deyilsa-da,
lekin ushbu mulk davlat korxonalarida, jamoat tashkilotlarida mehnat
qilish natijasida olingan daromadlar hisobiga tashkil topishi, iste’mol
xarakteriga ega bo‘lishi va fuqaroning
shaxsiy moddiy va madaniy
ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim edi.
Shaxsiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun
iqtisodiy jihatdan yetarli bo‘lsada, huquqiy jihatdan mumkin emas edi.
Asosiy ishlab chiqarish qurol-vositalarining faqat davlatga tegishli
bo‘lishi, ular umumxalq mulki deb hisoblangan bo‘lsada, aslida mulkning
egasi shaxsan kim ekanligi, kim unga javobgar bo‘lishi noaniq bo‘lishi
mulkka nisbatan xo‘jasizlik, beparvorlik, jamiyatda umumiy dangasalik
va beamlik kayfiyatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Bu holat esa
fuqarolarda mehnatga nisbatan qiziqish, tadbirkorlik faoliyati uchun
kerak bo‘lgan tashabbuskorlik hissiyotlarini tarbiyalashga imkon
bermadi.
Shuningdek, mulk shakllari O‘zbekiston Respublikasining
“Mulkchilik to‘risida”gi Qonunida xam belgilangan. Unda, xususiy mulk,
aralash mulk, shirkat(jamoa)mulki va boshqa
davlatlar hamda xalqaro
tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulkidan iborat ekanligi
mustaxkamlangan.
Davlat mulkining jamiyatda egallagan yetakchilik o‘rni qonun-
qoidalar mohiyatini ham o‘ziga xos ravishda belgilab berardi. Masalan,
davlat mulkining tarkib topishi, uni muhofaza qilish va unga asosan
vujudga keladigan barcha turdagi munosabatlarni
tartibga solishga oid
qoidalar kolxoz-kooperativ va ayniqsa fuqaroning shaxsiy mulkiga
nisbatan tubdan farq qilar va ancha ustun turardi.
192
Amaldagi qonun hujjatlarida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga amal
qilingan holda, mulkning o‘tmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga
bo‘linishiga asoslanib shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda,
kimga
tegishli bo‘lishiga qarab o‘rnatilgan tengsizlikka barham berildi.
Mulkning kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, teng ravishda
rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi va ularni bab-
baravar huquqiy muhofaza qilish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutildi.
Iqtisodni tashkil qiluvchi asosiy masala bo‘lishi mulk masalasining
bunday ijobiy hal qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
tashabbuskorlik
hissiyotlarining kamol topishi, ishlab chiqarishda,
xo‘jalik sohasida tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda fuqarolar
hamda tashkilotlar, ya’ni jismoniy va yuridik shaxslarning birgalikda bab-
baravar manfaatdor bo‘lishi, ular o‘rtasida umumiy mol-mulkning
vujudga kelishi va ushbu mulkdan hamkorlikda unumli foydalanish va
samarali natijalarga erishish imkoniyatlarini yaratib berdi.
Xususiy mulk bozor munosabatlarining asosiy iqtisodiy manbaidir.
Xususiy mulk tashkil topmasdan turib, bozor munosabatlari haqidagi har
qanday fikrlar xom xayoldir. Xususiy mulk va uning asosida vujudga
keladigan munosabatlar bizning qonunchilik faoliyatimizda yangilikdir.
Endi ular faqat shaxsiy moddiy va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash
uchun emas, balki xususiy mulk asosida turli
tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshirishga va ishlab chiqarish jarayonida faqat o‘z mehnati emas,
balki yollanma mehnatni jalb qilish va uning uchun kerak bo‘lgan qurol-
vositalarga ega bo‘lish, ularni ijaraga berish yo‘li bilan qo‘shimcha
daromadlar olish kabi huquqlardan foydalanishlari mumkin.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun iqtisodiy manba
sifatida xususiy mulk bilan bir qatorda ommaviy (davlat) mulk ham
qatnashadi. Ommaviy mulk tushunchasi davlatning barcha fuqarolariga
va shuning bilan birga har bir fuqarosiga tegishli bo‘lgan mulk ma’nosini
beradi.
Dostları ilə paylaş: