Ishlab chiqarish kooperativlari. Ishlab chiqarish kooperativlari
fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasidan tashkil topadi (FKning 69-
moddasi). Ular birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xo‘jalik faoliyatini
210
olib borish uchun o‘z xohishlari bilan ushbu birlashmaga a’zo bo‘ladilar.
Birlashma fuqarolarning o‘zlari shaxsan ishtirok etishi va ularning mulkiy
badallarini qo‘shish, ya’ni birlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Qonunda
va ishlab chiqarish kooperativining ta’sis hujjatlarida uning faoliyatida
a’zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi
mumkin. Kooperativning majburiyatlari bo‘yicha uning a’zolari qonunda
va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar
(qo‘shimcha), ya’ni ular kooperativning javobgarlikdan qutilishi uchun
to‘lashi kerak bo‘lgan mablaining (mulkining) etishmay qolgan qismi
miqdorida javob beradilar.
Kooperativ a’zolarining umumiy majlisida tasdiqlangan
ustav
kooperativning ta’sis hujjati hisoblanadi. FKning 43-moddasidagi
ma’lumotlardan tashqari kooperativ a’zolarining qo‘shadigan badallari,
badallarning tarkibiy qismi, miqdorlari va badal qo‘shishga oid
majburiyatlarini buzganlik uchun ularning javobgarligi, kooperativ
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashish tartibi va uning xarakteri,
shuningdek o‘z mehnati bilan qatnashish haqidagi majburiyatlarini
buzganlik uchun ularning (a’zolarining) javobgarligi, kooperativ
daromadlari va ko‘rgan zararlarini taqsimlash tartibi, kooperativ qarzlari
bo‘yicha subsidiar javobgarlikning shartlari va miqdori, kooperativ
boshqaruv organlarining tarkibi va uning vakolat doirasi, qaror qabul
qilish tartibi, kooperativ a’zolarining barchasi yoki bir qismi ovoz berishi
zarur bo‘lgan masalalar haqida ma’lumotlar kooperativ ustavida nazarda
tutilgan bo‘lishi lozim.
FKning 69-moddasida tijoratchi sifatida faqat ishlab chiqarish
kooperativlariga
taalluqli
qoidalar
nazarda
tutiladi.
Matlubot
kooperativlarining huquq layoqati FKning 73-moddasi bilan tijoratchi
bo‘lmagan tashkilotlar sifatida belgilanadi.
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘ziga xos belgilari bilan boshqa
tijorat tashkilotlaridan farq qiladi. Ishlab chiqarish kooperativi
fuqarolarning unga a’zo bo‘lishiga va uning faoliyatida shaxsan o‘z
mehnati bilan ishtirok etishiga asoslanadi. Xo‘jalik shirkatlari va
jamiyatlarida ishtirokchilarning shirkat yoki jamiyat faoliyatida shaxsan
o‘z mehnatlari bilan qatnashishlari talab qilinmaydi. Ishlab chiqarish
211
kooperativida qatnashuvchilarning shu kooperativ faoliyatida shaxsan
ishtirok etishi ular o‘rtasidagi aloqaning qanchalik yaqin ekanligidan
dalolat beradi. Ishlab chiqarish kooperativiga o‘rindoshlik sharti bilan
davlat korxonalari va tashkilotlarida ishlovchilar ham a’zo bo‘lish
huquqiga ega.
Ishlab chiqarish kooperativlarining faoliyatida yuridik shaxslarning
ishtirok etishiga ham yo‘l qo‘yiladi. Bu haqda kooperativning ustavida
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxsning xizmatchilari kooperativ
faoliyatida o‘z mehnatlari bilan qatnashishlari mumkin. Agar
kooperativning a’zolari faqat yuridik shaxslardan tashkil topadigan
bo‘lsa, ularning faoliyati birlashmalar va ittifoqlarga oid qoidalarga
asosan tartibga solinadi (FKning 77-moddasi).
Ishlab chiqarish kooperativi kooperativ a’zolarining mulk bilan
qo‘shiladigan pay badallarini birlashtirish asosida vujudga keladi. Ayni
paytda qonun a’zolarning kooperativ majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga
tegishli mol-mulk bilan subsidiar javobgar bo‘lishini nazarda tutadi. Bu
ham ishlab chiqarish kooperativiga xos xususiyatlardan iborat. Chunki
ko‘pchilik jamiyatlarning, jumladan mas’uliyati cheklangan jamiyat va
aktsiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari jamiyatning majburiyatlari
bo‘yicha ustav fondiga (kapitaliga) qo‘shgan hissalari yoki aktsiyaning
qiymati, miqdori doirasida javobgar bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish kooperativining a’zolari ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shu bilan bitta shaxsdan tashkil topadigan xo‘jalik jamiyatlaridan farq
qiladi. Uning ta’sis hujjati faqat ustavdan iborat bo‘lib, ta’sis
shartnomasini tuzish talab qilinmaydi. Ustav kooperativ joylashgan erda
mahalliy hokimiyat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ustav ro‘yxatdan
o‘tkazilishi bilan ishlab chiqarish kooperativi tuzilgan deb hisoblanadi.
Kooperativning mol-mulki uning iqtisodiy negizi bo‘lib xizmat
qiladi.
Kooperativning mol-mulki uning ustaviga muvofiq a’zolarining
paylariga bo‘lingan bo‘ladi. Pay sifatida pul summasi, moddiy ob’ektlar
(asbob-uskunalar), shuningdek mulkiy huquq o‘tkazilishi mumkin.
Kooperativ a’zolari ustav fondining bir qismini uning bo‘linmas mulki
sifatida tan olishlari mumkin. Mulkning ushbu qismidan faqat ustavda
212
belgilangan maxsus maqsadlarni amalga oshirish uchun foydalaniladi va
a’zolar kooperativdan chiqib ketishganida ham ushbu qism bo‘linmaydi,
chiqib ketadigan a’zoning ulushi ajratilmaydi. Bo‘linmas mol-mulk
fondini tashkil qilish tartibi ustavda nazarda tutilgan bo‘lib, bu haqdagi
qaror kooperativning barcha a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul
qilingan bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqarish kooperativlari o‘z mol-mulki
bilan
bozor
munosabatlarida mustaqil ravishda ishtirok etadi. Mol-mulkni tasarruf
etish huquqi faqat kooperativning o‘ziga tegishli bo‘lib, bu huquqni
kooperativ umumiy majlisining qaroriga asosan, kooperativning ijro
etuvchi organlari, tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi.
Kooperativga taalluqli bo‘lgan ushbu qoida dispozitiv xarakterga
ega. Kooperativ ustavida daromadni taqsimlash faqat a’zolarning
qo‘shgan mehnatlariga mutanosib ravishda emas, balki ular qo‘shgan
paylarining miqdoriga qarab ham amalga oshirilishi nazarda tutilgan
bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativi o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga
tegishli bo‘lgan barcha mol-mulklari bilan javob beradi. Uning mol-mulki
kamlik qilgan taqdirda, kooperativ a’zolari o‘z mol-mulklari bilan
qonunda va kooperativ ustavida belgilangan miqdorda va tartibda
subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Ishlab chiqarish kooperativining oliy organi a’zolikka asoslangan
barcha tashkilotlarda bo‘lganidek, uning umumiy majlisi hisoblanadi.
Umumiy majlis kooperativning faoliyati bilan bogliq barcha masalalarni
muhokama qilish vakolatiga ega. Lekin ba’zi muhim masalalar faqat
umumiy majlisning vakolatiga tegishli ekanligi uning ustavida nazarda
tutilgan bo‘lishi mumkin. Masalani hal qilishda umumiy majlis
a’zolarining har biri, uning mol-mulkdagi hissasidan qati nazar, bitta
ovozga ega. Shu bilan ham xo‘jalik shirkatlari jamiyatlardan farq qiladi,
ularda masalani hal qilihda ishtirokchilarning ustav fondidagi hissasi va
aktsiyalarning soni hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
“Fermer xo‘jaligi to‘risida”gi Qonun fermer xo‘jaligi tushunchasi,
uni tashkil etish shartlari, tartibi, davlat ro‘yxatiga olish, uning ustavi va
ustavining mazmuni, xo‘jalikni yuritish uchun er uchastkasini berish va
213
undan foydalanish tartibi va uning huquq layoqatini tashkil qiluvchi
boshqa qoidalar nazarda tutiladi. Qonunning 7-moddasiga muvofiq
fermer xo‘jaligi vakolatli organ tomonidan davlat ro‘yxatidan
o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs maqomini oladi. Shu bilan uning
tushunchasi va huquqiy maqomi yuridik shaxsga xos bo‘lgan umumiy
belgilar (FKning 39-modda) bilan ifodalanadi. Fermer xo‘jaligi ijaraga
berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar
ishlab chiqarishi bilan shuullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi
subyekt hisoblanadi.
Fermer xo‘jaligining boshlii shu xo‘jalikning muassisi – fermer
hisoblanadi. Boshqa yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar bilan
munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ana shu xo‘jalik boshlii ish olib
boradi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondi fermer xo‘jaligi boshlii tomonidan
belgilanadi. Pul, qimmatli qogozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk
yoki pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar fermer xo‘jaligining ustav
fondiga qo‘shiladigan hissa bo‘lishi mumkin. Agar fermer xo‘jaligining
ustav fondi shakllantirilayotganda fermer xo‘jaligining boshlii o‘z oila
a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-
mulkni fermer xo‘jaligiga topshirayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning
barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish
fermer xo‘jaligi boshliining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga
o‘zgartirishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi
uning balansidagi barcha mol-mulkka nisbatan mulk huquqiga ega
bo‘ladi.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki, agar uning xodimlarining
o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda
tutilmagan bo‘lsa, uning xodimlariga umumiy birgalikdagi mulk sifatida
tegishli bo‘ladi. Demak, fermer xo‘jaligining mol-mulki umumiy ulushli
yoki umumiy birgalikdagi mulk huquqidan iborat bo‘lishi mumkin.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki pul va moddiy manbalar, tovarlarni
realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (foyda), qimmatli qogozlardan
kelgan daromadlar, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tashkil
214
topishi mumkin. Xo‘jalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-
mulkni yaratish, ko‘paytirish, sotib olish, ijaraga yoki vaqtincha
foydalanishga olish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish xo‘jalik xodimlarining o‘zaro kelishuvi asosida
fermer xo‘jaligining boshlii tomonidan amalga oshiriladi. Fermer
xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan har qanday turi bilan, shuningdek qishloq xo‘jaligi
mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shuullanishi
mumkin. Uning xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa
organlar va tashkilotlar, shuningdek ularning mansabdor shaxslarining
aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar ularning ayriqonuniy harakatlari
(harakatsizligi) natijasida fermer xo‘jaligiga zarar etkazilgan bo‘lsa,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarar qoplanishi kerak (FKning
12, 15-moddalari).
Fermer xo‘jaligini tugatishning o‘rnatilgan hollardan farqli o‘laroq,
o‘ziga xos xususiyatlari FKning 53-moddasida bayon etilgan. Unga ko‘ra,
fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz
kechilganida;
fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda (bu barcha yuridik
shaxslarga taalluqli bo‘lgan umumiy qoida);
fermer xo‘jaligining boshlii vafot etib, xo‘jalik faoliyatini
davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa;
yerni ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor
qilinganda;
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun er uchastkasi olib
qo‘yilganda; yer to‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda;
fermer xo‘jaligi yer uchastkasidan belgilangan maqsadda
foydalanmaganda;
shu bilan birga kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgan
qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish amalga oshirilmagan taqdirda.
Fermer xo‘jaligini tugatish uning boshliining qaroriga binoan,
shuningdek sudning qaroriga asosan amalga oshirilishi mumkin.
215
Tugatilgan fermer xo‘jaligining huquq va burchlari huquqiy vorislik
tartibida boshqa shaxsga o‘tmaydi. Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari
bo‘yicha o‘z mol-mulki bilan javob beradi. Fermer xo‘jaligining mol-
mulki etarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha
xo‘jalikning boshlii o‘ziga tegishli mol-mulk bilan subsidiar javobgar
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |