Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki ob’ektlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4.Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki ob’ektlari: asosiy 
vositalar, pul mablaglari, qimmatli qogozlar, nomoddiy ob’ektlar 
Fuqarolik huquqlarining ob’ektlari erkin suratda boshqa shaxslarga 
berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik 
shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular 
muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo‘lishi cheklab 
qo‘yilmagan bo‘lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishi mumkin. 
Muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan fuqarolik huquqlari 
ob’ektlarining turlari (muomaladan chiqarilgan ob’ektlar) qonunda 
to‘ridan-to‘ri ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo‘la oladigan 
yoki muomalada bo‘lishiga maxsus ruxsatnoma bilan yo‘l qo‘yiladigan 
fuqarolik huquqlari ob’ektlarining (muomalada bo‘lishi cheklangan 
ob’ektlarning) turlari qonunda ko‘rsatilgan tartibda belgilanadi. O‘zR 
FKning 85-moddasiga ko‘ra butun korxona mulkiy kompleks sifatida 
ko‘chmas mulk hisoblanadi. Butun korxona yoki uning qismi olish-sotish, 


218 
garovga qo‘yish, ijara hamda ashyoviy huquqlarni belgilash, o‘zgartirish 
va bekor qilish bilan bogliq boshqa bitimlarning ob’ekti bo‘lishi mumkin.
Mulkiy kompleks bo‘lgan korxona tarkibiga uning faoliyati uchun 
mo‘ljallangan hamma mulk turlari, shu jumladan yer uchastkalari, 
binolar, inshootlar, uskuna, inventar, xom ashyo, mahsulot, talab qilish 
huquqi, qarzlar, shuningdek korxonani, uning mahsuloti, ishlari va 
xizmatlarini aks ettiruvchi xususiy alomatlarga (firma nomi, tovar 
belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari) bo‘lgan huquqlar va boshqa mutlaq 
huquqlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa, kiradi.
Asosiy va mansub ashyolar. Foydalanish tufayli vujudga keladigan 
munosabatlarning mohiyati bilan boshqa ashyo (mansub ashyo)ga bogliq 
mustaqil ashyo asosiy ashyo hisoblanadi. Asosiy ashyoga xizmat qilishi 
kerak bo‘lgan va u bilan umumiy xo‘jalik vazifasi orqali bogliq ashyo 
mansub ashyo hisoblanadi.
Mansub ashyo, agar qonunlar yoki shartnomada boshqacha tartib 
belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, asosiy ashyoning taqdiriga bogliq bo‘ladi. 
Murakkab ashyolar agar turli xil ashyolar birikmaning mohiyati bilan 
belgilanadigan vazifasi bo‘yicha foydalanish imkonini beradigan yaxlit 
bir butunni tashkil etsa, ular bitta ashyo (murakkab ashyo) hisoblanadi. 
Hosil va daromadlarga bo‘lgan huquq ashyodan keladigan hosil va 
daromadlar, agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilab 
qo‘yilgan bo‘lmasa, ashyo egasiga tegishlidir.
Pul mablaglari ham tadbirkorlik faoliyatida ob’ekt sifatida muhim 
ahamiyatga egadir. Ayniqsa, to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida pul 
mablaglari asosiy vosita hisoblanadi. To‘lovlar naqd pul bilan va naqd 
pulsiz hisob-kitoblar tarzida amalga oshiriladi.
Hisob-kitoblarni chet el valyutasida amalga oshirish hollari, tartibi 
va shartlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. Qimmatli qogozlar 
mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal 
qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qogozlar hisoblanib, ularni 
taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki 
boshqa shaxslarga berish mumkin bo‘ladi.


219 
Qimmatli qogozlar boshqa shaxsga berilishi bilan ular tomonidan 
tasdiqlanadigan hamma huquqlar ham o‘sha shaxsga o‘tadi. Qimmatli 
qogozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, chek, depozit 
va jamgarma sertifikatlari, konosament, aktsiya hamda qonun hujjatlari 
bilan qimmatli qogozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi. 
Mutlaq huquq ob’ekti bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos 
vositalaridan uchinchi shaxslar huquq egasining ruxsati bilangina 
foydalanishlari mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin