Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tadbirkorlik faoliyati huquqiy himoya tizimini ta’minlash



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3-§. Tadbirkorlik faoliyati huquqiy himoya tizimini ta’minlash 
tartibi. 
Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimining yana bir tarkibiy 
qismi bo‘lib tadbirkorlik, xo‘jalik yuritish faoliyatini huquqiy himoya 
tizimini huquqiy ta’minlash hisoblanadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash 
lozimki, xo‘jalik yuritish, tadbirkolik faoliyatini huquqiy tartibga solish 
darajasi boshqa faoliyat turlariga nisbatan ancha yuqori darajada yo‘lga 
qo‘yilgan. Tadbirkorlik subyektlarini vujudga kelish, ro‘yxatga olish, 
faoliyatni amalga oshirish, tugatish, qayta tashkil etish jarayonlari to‘la 
huquqiy tartibga solingan. Tadbirkorlik subyektlarining deyarli barcha 
turlari o‘zining qonuniy huquqiy maqomiga ega (masalan, to‘liq shirkat, 
kommandit shirkati, ma’suliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha 
ma’suliyatli jamiyat, aktsiyadorlik jamiyati, ishlab chiqarish 
kooperativlari, fermer xo‘jaliklari va sh.k.).
Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida tadbirkorlikni amalga oshirish 
ham o‘z normativ-huquqiy asoslariga ega. Tadbirkorlik faoliyatini 
huquqiy ta’minlanganlik darajasini yuqoriligi – bu o‘rinda kim 
tomonidandir o‘zboshimchaliklar sodir etilishini kamaytiradi va oxir 
oqibatda huquqiy himoyani yuksak saviyasini ta’minlaydi.
Albatta, tadbirkorlik faoliyatini batafsil huquqiy tartibga 
solinganligi juda muhim ijobiy holat hisoblanadi. Ayni vaqtda bu borada 
barcha muammolar hal etilgan deb aytish qiyin. Afsuski, tadbirkorlikning 
huquqiy asoslarini tashkil etuvchi normativ massivda aksariyat ko‘pchilik 


238 
turli idoralar me’yoriy xujjatlari tashkil etadi. Odatda qonunlarda 
mustahkamlangan normativ umumiy yo‘nalish bilan idoraviy manfaatlar 
mustahkamlab qo‘yiladi, bu esa xolislik, adolat, oqilonalik, insoflilik kabi 
umumiy tamoyillar mazmuniga har doim ham to‘la muvofiq 
kelavermaydi. Shu sababli ham, rivojlangan mamlakatlar tajribasida 
idoraviy hujjatlar orqali huquqiy tartibga solish iloji boricha kam 
qo‘llaniladi. Shu sababli ham kelgusida xo‘jalik-tadbirkorlik faoliyatini 
tartibga solishda idoraviy me’yoriy hujjatlar (Markaziy Bank, Moliya, 
Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi kabi 
idoralar chiqargan hujjatlar) o‘rniga qonunlar bilan tartibga solishga keng 
o‘rin berish lozim.
Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy himoya qilishning huquqiy asoslari 
eng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinayotgan 
qonunosti hujjatlari alohida kontseptual ahamiyat kasb etadi. Xususan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
Xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini 
yanada takomillashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida 
2005 yil 24 iyunda qabul qilingan PF-3622-son “Tadbirkorlik 
subyektlarining xo‘jalik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy 
javobgarligini erkinlashtirish to‘risida”gi Farmoni, 2011 yil 24 avgustda 
ishbilarmonlik muhitini znada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini 
liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, 
tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va ovlarni bartaraf etish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli 
va ulushini oshirish, eksport slohiyatini rivojlantirish, atoli bandligini va 
daromadlarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan PF-4354-son “Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘risida”gi, 2011 yil 4 apreldagi PF-4296-son “Tadbirkorlik 
subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat 
qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘risida”gi, 2011 yil 25 avgustdagi PQ-1604-son 


239 
“Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini 
yanada oshirish chora-tadbirlari to‘risida”gi, 2014 yil 15 apreldagi PQ-
2164-son “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini 
ko‘rsatish bilan bogliq tartibotlarni yanada takomillashtirish 
choratadbirlari to‘risida”gi, 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son 
“O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik 
muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘risida”gi Farmon va qarorlarini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, 
2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida 
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi Farmoniga ko‘ra 2014 yil 1 
iyundan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlarida chop etilmagan ularning 
tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga 
soladigan me’yoriyhuquqiy va boshqa hujjatlari talablarini buzish 
holatlari uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qo‘llash 
taqiqlanishi belgilab qo‘yildi. Shu bilan birga ushbu Farmonga ko‘ra, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni 
va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuri dik majburiyatlar yuklatishni 
nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuri dik 
javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan me’yoriy-huquqiy 
hujjatlari ular rasman chop etilgan fursatdan boshlab, uch oydan oldin 
bo‘lmagan muddatda kuchga krishi belgilandi.
2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida 
investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘risida”gi Farmonga ko‘ra, tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va 
tadbirkorlik subyektlariga yangi yuri dik majburiyatlar yuklatishni 
nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuri dik 
javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan me’yoriyhuquqiy 
hujjatlari ular rasman chop etilgan fursatdan boshlab, uch oydan oldin 
bo‘lmagan muddatda kuchga krishi belgilandi.
Nizolarni hal etish davlat tizimida xo‘jalik-tadbirkorlik nizolari 
muayyan vakolatli davlat idoralari tomonidan hal etiladi. (Masalan, 


240 
kontraktatsiya shartnomasi bo‘yicha nizolar tuman hokimligi huzuridagi 
inspektsiya, intellektual mulk ob’ektlariga huquqiy muhofaza hujjati 
berish bilan bogliq nizolar O‘zbekiston Intellektual mulk Agentligi 
Appelyatsiya Kengashi tomonidan va h.k.). Ko‘p hollarda davlat idorasi 
qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Sudga murojaat qilish 
huquqi Konstitutsiyamizning 44-moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, har 
bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat 
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy 
xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. 
Tadbirkolik yoki xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan bogliq nizolar 
iqtisodiy sudlarga ta’lluqli bo‘lib, ish yuritish tartibi umumiy sudlarni ish 
yuritish tartibidan nisbatan soddaligi, tezkorligi bilan ajralib turadi 
(masalan, sud buyrui tartibining mavjudligi). Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar da’vo arizasi berishda o‘z pul mablaglariga ega bo‘lmasalar, 
davlat boji to‘lashni hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar kechiktirishga 
yo‘l qo‘yiladi. Xo‘jalik nizolarini hal etish uchun alohida sud tizimining 
mavjudligi xo‘jalik qonuniy huquq va manfaatlarini huquqiy himoya 
qilishni osonlashtiradi va real amalga oshirilishni o‘ziga xos kafolati 
bo‘lib hisoblanadi.
Xo‘jalik(tadbirkorlik) sohasida vujudga kelgan nizolarni hal 
etishning nosud tizimi ham mavjud. Masalan, talabnoma bildirish 
tartibida nizolarni hal etishga yo‘l qo‘yiladi. “Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘risida”gi 
Qonunning 17-18-moddalarida talabnoma bildirish orqali xo‘jalik 
nizolarini hal etish asoslari va tartibi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari 
taraflar kelishuv bitimi tuzish, nizoni hakamlar sudiga berish orqali ham 
hal etishlari mumkin. Hakamlar sudining qarori davlatning majburlov 
kuchi bilan ta’minlanadi, shuningdek muayyan asoslar mavjud bo‘lgan 
taqdirda ushbu qaror ustidan sudga (xo‘jalik sudiga) shikoyat qilish 
mumkin. Nizolarni hal etishning xalqaro tizimi ham mavjud. Odatda 
xorijiy tadbirkorlar bilan shartnoma asosida hamkorlik qiluvchi xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar bu borada vujudga kelgan nizolarni hal etish uchun 
xorijiy davlatlar sudlariga yoki xalqaro arbitrajlarga murojaat etishlari 
mumkin. Bunda albatta har qanday nizolar emas, balki O‘zbekiston 


241 
Respublikasi Konstitutsiyasida yo‘l qo‘yilgan nizolar xorijiy davlatlar 
sudlarida yoki xalqaro arbitrajida ko‘rib hal etilishi mumkin (masalan, 
bankrotlik bo‘yicha ishlar, davlat byudjet oldidagi majburiyatlar bilan 
bogliq nizolar, horijiy yurisdiktsiya bo‘la olmaydi.)
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar va tadbirkorlarni huquqiy himoya 
qilish tizimida Savdo-sanoat palatasi muhim o‘rin egallaydi. Savdo-
sanoat palatasi tarmoq xo‘jalik birlashmalari tarkibiga kirmaydigan 
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini a’zolik shart bo‘lgan holda 
shartnoma asosida birlashtiruvchi davlatga qarashli bo‘lmagan notijorat 
tashkilotidir. 
Palata 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilishiga 
ko‘maklashib, bozor infrastrukturasini yaxlit tizimini shakllantirish, 
tadbirkorning faoliyati uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlikning 
barcha turlarini, O‘zbekiston tadbirkorlarining boshqa mamlakatlar 
tadbirkorlari bilan savdo iqtisodiy va ilmiytexnikaviy aloqalarini 
rivojlantirish maqsadida tuziladi. Palata o‘z faoliyatini O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 2004 yil 3 dekabrdagi 713-II-sonli 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasi 
to‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunini asosida amalga oshiradi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin