Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Xo‘jalik (tadbirkorlik) subyektlari faoliyatini nazorat



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4-§. Xo‘jalik (tadbirkorlik) subyektlari faoliyatini nazorat 
qilish tizimi va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimining markazida tadbirkor 
bilan uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat 
xizmatchisi o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va insofga asoslangan 
qonuniy munosabatlarni vujudga keltirish va uni doimiy barqaror 
ravishda saqlab turish yotadi. Bu vazifa ancha murakkab hisoblanadi. Uni 
amalga oshirishda quyidagi omillarni hisobga olish lozim bo‘lib 
jumladan:
birinchidan, tadbirkorlik faoliyati muayyan moddiy boyliklar, pul 
mablaglari bilan uzviy bogliq ravishda amalga oshiriladi. Shu sababli ham 
ushbu moddiy qiymatliklarni muomalada bo‘lish qoidalariga rioya qilish 
ustidan nazorat talab etiladi. Nazoratga olib, o‘z majburiyatlarini 


244 
bajarishda ta’magirlikka, suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yilmasligi alohida 
muhim ahamiyatga ega.
ikkinchidan, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish 
oqilona tashkil etilmoi, tadbirkorlik subyektiga o‘z xo‘jalik faoliyatini 
amalga oshirishga aslo to‘sqinlik qilmasligi lozim.
uchinchidan, nazorat ochiq, oshkor, shaffof bo‘lmoi, nazorat 
asoslari, tartibi, usul va vositalari aniqravshan belgilab qo‘yilmoi shart. 
Aks holda har xil o‘zboshimchaliklar kelib chiqishi mumkin.
to‘rtinchidan, tadbirkorlik subyekti nazorat jarayonida o‘z qonuniy 
huquq va manfaatlariga putur etgan deb hisoblagan taqdirda, sud orqali 
himoyalanish imkoniyatlariga ega bo‘lish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatini davlat tomondan nazorat qilish tartibi to‘grisida”gi 1998 yil, 
24 dekabrda qabul qilingan qonuni, shuningdek “Tadbirkorlik 
faoliyatining erkinliklari kafolati to‘risida”gi Qonunning 39-40-
moddalari bilan qo‘yilgan bunday shakllar tekshirish, taftish, muqobil 
tekshirishda, nazorat tartibida tekshirishda, statistik axborotlarini va 
boshqa axborotlarni tahlil qilish, idora qaramoidagi organlarni 
tekshirishdan o‘tkazishdan iborat. Qonunda tekshirish, taftish, muqobil 
tekshirish, nazorat tartibida tekshirish tushunchalari aniq belgilab 
qo‘yilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan 
nazorat qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat: nazorat 
qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va jismoniy 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaslik.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish muddatlari 
o‘ttiz kalendar kunidan oshmasligi lozim. Alohida hollarda maxsus 
vakolatli organning qaroriga binoan bu muddat uzaytirilishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini rejadan tashqari tekshirish 
uchun maxsus vakolatli organning tekshirilayotgan ob’ekt nomini, 
tekshiruv o‘tkazish maqsadi, muddatlari hamda uni o‘tkazish 
sabablarining asosliligi ko‘rsatilgan holda rejadan tashqari tekshirish 
o‘tkazish to‘risida chiqargan qarori, shuningdek tekshirishni amalga 


245 
oshiruvchi tegishli nazorat qiluvchi organning buyrui asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ularning xo‘jalik faoliyatini taftish 
qilish bilan bogliq bo‘lmagan holda tekshirish tegishli nazorat qiluvchi 
(yoninga qarshi, energetika nazorati va boshqa) organlar tomonidan, 
qoida tariqasida, bir marta o‘tkaziladigan kompleks tekshiruv davomida 
amalga oshiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tekshiruvchilarning 
qonuniy talabiga binoan tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan 
materiallar va hujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish ob’ektlariga 
kiritishga, tekshiruvchilarga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun 
ko‘maklashishga majburdirlar.
Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
qonun 
hujjatlariga 
muvofiq 
amalga 
oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emas. Agar nazorat qiluvchi 
organlarning mansabdor shaxslari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
faoliyatida qonun xujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga 
berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish 
bilan bevosita bogliq chora-tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat 
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati 
mavjudligidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning boshqa qonuniy 
faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga 
haqli emas.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqiy himoya tizimini yana 
bir bo‘ini – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmat bo‘linmalari 
hisoblanadi. Ayniqsa xo‘jalik shartnomalari tuzishda yuridik xizmat 
bo‘linmalari faol ishtirok etadi. Agar tadbirkorlik subyekti o‘z yuridik 
xizmatiga ega bo‘lmasa (masalan, yakka tadbirkor, fermer xo‘jaligi va 
x.k.), u holda ular haq evaziga yuridik xizmat ko‘rsatish shartnomalari 
orqali advokatlar xizmatidan foydalanishlari shart (“Xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘risida”gi 
Qonunning 20-moddasi).
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z yuridik xizmati bo‘lishi 
uning huquqiy himoyasini tashkiliy ta’minlovchi kafolat hisoblanadi. 
Yuridik xizmat bo‘linmalari xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining 


246 
barcha yo‘nalishlarida va sanalarida, barcha bosqichlar uzluksiz va 
doimiy ravishda, birinchidan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini 
qonuniyligini, o‘z manfaatlariga mosligini ta’minlasa, ikkinchidan, 
boshqa har qanday subyektlarni xatti-harakatlari uning qonuniy huquq va 
manfaatlariga xilof bo‘lmasligini kuzatib boradi va zarur hollarda tegishli 
huquqiy himoyani tashkil etadi.
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi “Xo‘jalik 
boshqaruvi 
organlari, 
davlat 
korxonalari, 
muassasalari 
va 
tashkilotlarining yuridik xizmati to‘risida”gi 182-son qaroriga 2-ilova 
qabul qilingan Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda davlat 
korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yuridik xizmati faoliyatiga 
qo‘yiladigan talablarni, ularning huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligini belgilaydi. Mazkur nizomga muvofiq, quyidagilar korxona 
yuridik xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: korxona va uning 
tarkibiy bo‘linmalari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatida 
qonuniylikni ta’minlashda qatnashish; korxona va uning tarkibiy 
bo‘linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish; 
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari mulkining saqlanishini huquqiy 
vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish; korxonada 
shartnomaviy-huquqiy 
va 
talabnoma-da’vo 
ishlarini 
yuritishda 
qatnashish; sudlarda va boshqa idoralarda korxonaning mulkiy va boshqa 
manfaatlarini huquqiy himoya qilish.
Shu bilan birga, korxonaning yuridik xizmati o‘ziga yuklangan 
vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
1) qonuniylikni ta’minlash va huquqiy madaniyatni oshirish 
sohasida:
korxona rahbariyatiga taqdim qilinadigan buyruqlar, farmoyishlar 
va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka 
muvofiqlik yuzasidan tekshiradi hamda e’tiroz va takliflari bo‘lmasa, 
ularga viza qo‘yadi. Bunda loyihaga yuridik xizmat tomonidan 
korxonaning boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan (xodimlaridan) keyin viza 
qo‘yiladi;


247 
korxonada va uning tarkibiy bo‘linmalarida qonun buzilishi 
holatlarini bartaraf etish hamda ularning oldini olish yuzasidan takliflar 
kiritadi;
korxonada 
mehnat 
haqidagi 
qonunlarga 
rioya 
etilishini 
ta’minlashda, shu jumladan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni 
tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoaviy 
shartnoma, jamoaviy bitimlar va boshqalarni) ishlab chiqishda 
qatnashadi, ushbu hujjatlar loyihalarini qonunchilikka muvofiqlik 
yuzasidan tekshiradi va huquqiy xulosa beradi;
korxonaning kasaba uyushmasi va xodimlarning boshqa vakillik 
organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yuridik yordam 
ko‘rsatadi;
korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining huquqiy 
bilimlarini oshirish tadbirlarini tashkil etish to‘risida takliflar kiritadi, 
bunday tadbirlarni o‘tkazishda qatnashadi;
korxona xodimlarining murojaatlari bo‘yicha ularga korxona 
faoliyatiga tegishli huquqiy hujjatlarni topishda ko‘maklashadi, zarur 
hollarda ushbu hujjatlar bo‘yicha tushuntirishlar beradi;
2) mulkning saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash 
sohasida: mulkni saqlash masalalari bo‘yicha huquqiy tusdagi hujjatlar 
loyihalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi va ularni 
tayyorlashda ishtirok etadi;
boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda korxonada mulkning 
talontaroj qilinishi, kamomad va noishlab chiqarish xarajatlarining kelib 
chiqishi sabablari va sharoitlarini tahlil qiladi hamda ularni bartaraf etish 
choralarini ko‘radi, mulkning talon-taroj qilinishi va kamomad holatlari 
bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish 
uchun rasmiylashtiradi;
moddiy boyliklar va pul mablaglarini hisobdan chiqarish to‘risidagi 
hujjatlar loyihalari, shuningdek qonun buzilishlari va suiiste’mollar 
aniqlangan 
auditorlik 
tekshiruvlari 
va 
xatlovdan 
o‘tkazish 
dalolatnomalari bo‘yicha huquqiy xulosalar beradi;
shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da’vo ishlari va huquqiy himoya 
qilish sohasida:


248 
boshqa tarkibiy bo‘linmalar bilan birgalikda korxonaning 
shartnomalarini tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashadi, ularning 
qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi, shartnomalar loyihalariga, agar 
e’tirozlari va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yadi. Bunda loyihalarga yuridik 
xizmat tomonidan korxonaning boshqa vakolatli tarkibiy bo‘linmalaridan 
(xodimlaridan) keyin viza qo‘yiladi.
qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz 
baravaridan 
ortiq 
summadagi 
shartnomalarning 
qonunchilikka 
muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalarni tayyorlaydi va imzolaydi;
shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning
belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi, korxona 
tomonidan tuzilgan shartnomalarning zarur darajada bajarilishi bo‘yicha 
takliflar kiritadi;
korxonaning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar
tayyorlashda va korxonaga nisbatan bildirilgan talabnomalarni 
ko‘rib chiqishda qatnashadi, korxonada talabnomalar bildirish va ularni 
ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tegishli bo‘linmalar bilan birgalikda korxonaning debitorlik va
kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganadi, ularning miqdorini 
kamaytirish choralarini ko‘radi;
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha 
da’vo ishlarini olib boradi;
korxonaning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish
uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda va belgilangan tartibda 
sud majlislarida qatnashadi;
4) boshqa sohalarda:
tarkibiy bo‘linmalarning huquqiy ishlariga metodik yordam 
ko‘rsatadi, yuridik xizmat faoliyatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 
tavsiyanomalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlarning saqlanishini va nazorat qilinishini 
ta’minlaydi, huquqiy nashrlarga obuna bo‘lish haqida xo‘jalik yurituvchi 
subyekt rahbariyatiga takliflar kiritadi va qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa funktsiyalarni bajaradi.


249 
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda tadbirkorlarni huquqiy 
himoya tizimi milliy qonunchiligimizning alohida kompleks instituti 
bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ularga berilgan 
imtiyozlar, engilliklar, afzalliklar, alohida kafolatlar, tadbirkorlar 
huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan davlat va nodavlat 
organlarining maxsus vakolatlarini, xo‘jalik – tadbirkorlik sohasida 
vujudga kelgan nizolarni ko‘rib chiqish va hal etishning alohida tartibini 
o‘z ichiga oladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin