Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

7.BOB. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATI 
USTIDAN DAVLAT NAZORATI
1.Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat 
nazorati tushunchasi, printsiplar va huquqiy asoslari.
2.Nazorat qiluvchi organlar va ularning vakolatlari.
3.Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
shakllari.
4.Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish turlari.
Mavzuni mustaxkamlas uchun savollar  
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar  
  
1- Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati 
tushunchasi, prinstiplari va huquqiy asoslari. 
Nazorat iqtisodiyotni va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan 
tartibga solish vositalaridan bir hisoblanadi. Davlat nazorati davlat 
organlari tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan uni davlat 
hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri sifatida qarash lozim. 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati deganda tijorat 
va notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi ustidan 
tekshirish va kuzatish tizimi tushuniladi. Tadbirkorlik subyektlari 
faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu jumladan 
prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilishning asosiy prinsiplarini umuiy tartibda ikki gruxga bo‘lish 
mumkin:
a) 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va 
oshkoralik, ya’ni boshqa shaxslarning xohishi va istaklaridan, ularning 
subyektiv irodalaridan qat’i nazar, tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar 
xodimlari tomonidan suiiste’molliklarsiz tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatida tekshirishlar o‘tkazishni tartibga soluvchi qonun normalari 
asosida amalga oshirishlari lozimligi;


252 
b) 
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish.
v) tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq 
qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq 
holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va 
noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi;
g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik.
Demak, ushbu tamoyillarning mazmun va moxiyatidan bizga 
ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan nazorat 
qilishning tamoyillari barcha nazoratlarni o‘tkazishda bevosita amal 
qilinishi shart bo‘lgan huquqiy normalar sifatida qaraladi.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. 
Karimov ta’kidlaganidek, “Tadbirkorlik subyektlari va xususiy mulk 
egalari uchun huquq va kafolatlarni qonuniy himoya qilish normalarini 
kuchaytirish darkor. Bu borada xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq 
va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, 
huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor 
shaxslarining tadbirkorlik subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy 
faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish 
birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi lozim”.
Ushbu ta’kidlagan so‘zlardan kelib chiqib, fikrimizcha yuqorida 
zikr qilingan tamoyillar qatoriga navbatdagi tamoyilni qo‘yidagicha 
talqin qilish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
j) tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xo‘jalik va moliyaviy 
faoliyatiga noqonuniy aralshuv uchun javobgarlik.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik deganda nazorat 
qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining 
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga 
haqli emasligi tushuniladi. Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor 
shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari 
buzilganligini aniqlasalar, ular o‘zlariga berilgan vakolat doirasida va 
muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bogliq chora-
tadbirlarni ko‘rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor 
shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik subyektlarining 


253 
boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos 
sifatida foydalanishga haqli emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dehqon va fermer 
xo‘jaliklarining tadbirkorlik
faoliyatiga,
shu jumladan ularning 
agrotexnika usullarini, etishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu 
mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo‘nalishini belgilash 
ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan 
xaridlar bundan mustasno. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor 
shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida 
tadbirkorlik subyektiga etkazilgan zararlar, shu jumladan, boy berilgan 
foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan 
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida 
amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish 
to‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar 
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin