Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining asosiy vazifalari -



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasining asosiy vazifalari - 
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlikni, eng avvalo kichik va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga chet ellik 
sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishda, eksport 
mahsulotini tashqi bozorlarga olib chiqishda, shuningdek raqobatbardosh 
tayyor mahsulot chiqarishni ta’minlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo 
etish hamda mavjud ishlab chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta 
jihozlash uchun to‘ridan-to‘ri chet el investitsiyalarini jalb etishda 
ko‘maklashish; boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va 
tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda 
rivojlantirish; tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatish, shu 
jumladan axborot ta’minoti va maslahat yordami berish, O‘zbekiston 
Respublikasining ishlab chiqaruvchilari haqidagi, ular tomonidan ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va investitsiyaviy imkoniyatlar to‘risidagi 
axborotni, 
shuningdek 
potentsial 
sheriklarga 
va 
zamonaviy 


242 
texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlariga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga 
oluvchi biznes-kataloglar e’lon qilinishini tashkil etish; tadbirkorlikni 
rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes 
yuritish amaliyotining umum e’tirof etilgan normalarini joriy qilish, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy 
sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish 
yuzasidan takliflar tayyorlash chora-tadbirlarini ko‘rish; tadbirkorlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu 
jumladan davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan 
munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda himoya qilish; 
tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar ta’limi va ularni tayyorlash tizimi 
rivojlantirilishini, tadbirkorlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish 
tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlash.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi tadbirkorlik tuzilmalari xususan 
fermer xo‘jalik huquqiy himoya tizimida Femer xo‘jaliklari kengashlari 
murim o‘rin egallaydi. Ular o‘z faoliyatlarini “Fermerlar kengashi 
to‘risida”gi ustavga muvofiq amalga oshiradi. Mazkur ustavga muvofiq 
O‘zbekiston Fermerlari kengashi o‘z maqsad va vazifalarini amalga 
oshirish uchun quyidagi funktsiyalarni bajaradi: respublikada fermerlikni 
rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganadi va fermerlikni 
rivojlantirish 
sohasida 
qonunchilikni 
takomillashtirish, 
fermer 
xo‘jaliklarining moddiy-texnik va moliyaviy bazasini mustahkamlash, 
ularning mulkiy huquqlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash 
yuzasidan takliflar ishlab chiqish; davlat organlari va xo‘jalik boshqaruv 
organlari tomonidan fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ular faoliyat 
masalalariga doir normativ-huquqiy hujjat loyihalari tayyorlanayotganda 
ularning so‘roviga ko‘ra ushbu loyihalar bo‘yicha xulosalar berish; fermer 
xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvoli va moddiy-texnik ta’minlanganligini 
tahlil qiladi hamda uning natijasiga ko‘ra tegishli taklif va choratadbirlar 
ishlab chiqish; tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar, 
korxonalar bilan fermer xo‘jalik o‘rtasida tuzilgan shartnomalarning, o‘z 
vaqtida va to‘liq bajarilishini monitoring qilishda ishtirok etish; 
bozorlarda talab va takliflarni o‘rganib chiqib o‘zining a’zolariga kerakli 
bo‘lgan maxsulotlarning bozor narxlari bo‘yicha amaliy ko‘mak berish 


243 
hamda ushbu ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish; 
O‘zbekiston fermerlari kengashi a’zolari fermerlarning huquqlari 
buzilganligi yuzasidan va ularning qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, davlat 
organlariga takliflar kiritish; qonunda belgilangan tartibda (jumladan, 
davlat tuzilmalari bilan birgalikda) o‘quv markazlarini, biznes-
maktablarini va turli xil professional tayyorgarlik va rahbarlarni qayta 
tayyorlash hamda fermer xo‘jalik mutaxassislarini zamonaviy darajada va 
standartlarga tayyorlash kurslari, xususan boshqarish asoslari va biznesni 
yuritish, buxgalterlik hisobi, suurta, banklar va xizmat ko‘rsatuvchi 
tashkilotlarning o‘zaro munosobatlarini rivojlantiradi; xalqaro, respublika 
va xududiy ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish, boshqa 
davlatlarning shunday tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish va 
rivojlantirish, o‘zining a’zolarini chet davlatlarga xizmat safari va 
stajirovkaga yuborish, O‘zbekistonga tegishli xorijiy tashkilotlar 
vakillarini taklif qilish; kengash a’zolariga kredit olish va o‘zlashtirishda 
konsultativ va metodik yordam berish, kredit resurslarga, jumladan 
xorijiy kredit resurslarini olishda imkoniyatlarni kengaytirish; hududiy va 
tuman fermerlar kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish; qonun 
hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin