265
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat
amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar o‘z vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga rioya etayotganligi
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar
o‘tkazish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan
guvohlik beruvchi faktlar mavjud bo‘lgan hollarda, litsenziat litsenziya
talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkazish; litsenziya
talablari
va
shartlariga
rioya
etilishi
ustidan
tekshiruvlar
o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan
zarur ma’lumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yo‘l qo‘ygan litsenziya
talablari va shartlarining aniq
qoidabuzilishlarini ko‘rsatgan holda
dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziat zimmasiga
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi
qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini
belgilash.
Dostları ilə paylaş: