227
shuningdek, ularning ijro etilishi ustidan monitoring olib borish va tahlil
qilish;
- viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka
ko‘maklashish markazlari faoliyatini tashkil etish,
ularning vakolatli
davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek, davlat xizmatlari taqdim
etuvchi xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini
ta'minlash.
Tadbirkorlik sub'yektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash
sohasida – tadbirkorlik tuzilmalari uchun kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlash tizimi sifatini tubdan oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari
ehtiyojlarini inobatga olgan holda, ta'lim yo‘nalishlari
va ixtisosliklari
bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirish, har bir tuman va
shaharlarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash doimiy
kurslarini quyidagi usullar orqali tashkil etish:
- O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
bilan
Respublika tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish markazi va uning
hududiy filiallari bilan, jumladan, kasb-hunar kollejlari negizida
mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida, o‘zaro hamkorlikni
tashkil etish;
- markaz faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya
institutlari, xorijiy donorlar va chet davlatlarning tadbirkorlarni o‘qitish
bo‘yicha muqobil markazlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
- tadbirkorlarga biznes yuritish asoslari, biznes-rejalar tuzish,
tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab
chiqish,
menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarga
o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha tadbirkorlik sub'yektlari uchun o‘quv
kurslarini ishlab chiqish va o‘tkazish;
- tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasb
malakasini doimiy oshirishda ko‘maklashish, hududlar va tadbirkorlik
sohalarida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda,
228
o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar
tayyorlashga davlat buyurtmalarini shakllantirishda ishtirok etish;
- ta'limni tashkil etish uchun oliy o‘quv
yurtlari, kasb-hunar
kollejlarining
o‘qituvchilari,
amaliyotchi-mutaxassislar,
yuqori
natijalarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.
Dostları ilə paylaş: