Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Sho‘ba va qaram jamiyatlar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik 
shaxslarning turli huquqiy maqomga ega bo‘lgan xo‘jalik shirkatlari
jamiyatlari va ularning har xil birlashmalari hamda uyushmalari keng 
miqyosda tarqaladi va avj oladi. Shunday holat ham yuz berishi 
mumkinki, bitta yuridik shaxsning ta’sischilari (ishtirokchilari) boshqa 
yuridik shaxslarning ta’sischisi bo‘lish darajasiga erishadi. Bunday 
holatlarda ta’sischi yuridik shaxs (xo‘jalik shirkati yoki xo‘jalik jamiyati) 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda hal qiluvchi, ya’ni asosiy 
tashkilot vazifasini bajaradi, u tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar 
unga nisbatan sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari mavqeiga ega bo‘ladi. 


209 
Ushbu jamiyatlarning asosiy xususiyatlari FKning 67, 68-moddalarida 
har tomonlama ifodalangan.
Ustav fondiga hissa qo‘shishda xo‘jalik jamiyatida ishtirok etgan 
jamiyat sho‘’ba xo‘jalik jamiyati - deyiladi. Ustav fondidagi ishtiroki 
ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik asosiy xo‘jalik deyiladi.
Xo‘jaliklarning sho‘’ba va asosiy darajaga ega bo‘lishi ular o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalar asosida yoki biri ikkinchisining qarorlariga 
muvofiq ish tutishi bilan ham ifodalanadi. Sho‘’ba jamiyati yuridik shaxs 
hisoblanadi. Umumiy qoidaga binoan asosiy va sho‘’ba jamiyatlari bir-
birlarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Lekin sho‘’ba 
jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan bankrotlikka uchrasa, asosiy 
jamiyat subsidiar javob berishi, agar mulkiy zarar ko‘rsa etkazilgan 
zararni qoplashi lozim (FKning 67-moddasi).
Xo‘jalik jamiyatida qatnashuvchi jamiyatning biri jamiyat ustav 
fondining yigirma foizidan ko‘proiga ega bo‘lsa, ikkinchi jamiyat qaram 
xo‘jalik jamiyati deyiladi. Bunday jamiyat ham yuridik shaxs hisoblanadi. 
Jamiyatning qaram bo‘lganligi haqida darhol e’lon qilinishi shart (FKning 
68-moddasi).
Huquqiy mavqei bo‘yicha qaram xo‘jalik jamiyati sho‘’ba 
jamiyatiga yaqin turadi. Lekin shunga e’tibor berish kerakki, sho‘’ba 
xo‘jalik jamiyati tijorat tashkilotining u yoki bu tashkiliy-huquqiy 
shaklida, ya’ni shirkat yoki xo‘jalik jamiyati sifatida tashkil topsa, qaram 
jamiyat faqat xo‘jalik jamiyati sifatida tashkil topadi. Xo‘jalik shirkatlari 
va jamiyatlarining har bir tashkiliy-huquqiy shakli bilan bogliq 
muammolar doirasining kengligi va ularning har biri alohida tadqiqot 
ob’ekti bo‘lishi mumkinligini nazarda tutgan holda bular haqidagi asosiy 
tushunchalar va qoidalarga to‘xtalib o‘tildi.
Tijoratchi tashkilotlar qatoriga yuqorida keltirilgan 
xo‘jalik 
jamiyatlaridan tashqari ishlab chiqarish kooperativlari, unitar korxona, 
xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, operativ boshqaruv 
huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi va boshqalar kiradi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin