Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

(19 
moddaning 
birinchi 
qismi 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari 
milliy 
bazasi, 
07.06.2022-y., 
03/22/775/0477-son)
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib 
qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib 
qo‘yish to‘risidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor 
qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.
Qoraqalpoiston Respublikasi Jo‘qori Kengesining, xalq deputatlari 
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qo‘yilayotgan yer 
uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini buzib tashlash 
to‘risidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud 
bo‘lganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpoiston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) 
hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qo‘yilayotgan yer 
uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining huquq egasi 
o‘rtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan 
beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati 
nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda 
tasdiqlanishi lozim. (19-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston 
Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari 
milliy 
bazasi, 
30.06.2022-y., 
03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Ko‘chmas mulk obyektini buzib tashlash to‘risida qaror qabul 
qilishga olib qo‘yilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk 
obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud bo‘lgan taqdirda esa sud 
qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu 
jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa 
xarajatlari qoplanganidan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.


199 
Yer uchastkasini olib qo‘yish va uyni, boshqa imoratlarni, 
inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlash 
to‘risidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy 
dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish 
loyihalariga muvofiq qabul qilinadi.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, 
inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qo‘porib tashlashga 
zararning o‘rni bozor qiymati bo‘yicha oldindan va to‘la qoplanmagunga 
qadar yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki 
dovdaraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror to‘risida buzib tashlash 
boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha 
Qoraqalpoiston Respublikasi Jo‘qori Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar 
va Toshkent shahar Kengashlari qarorining ko‘chirma nusxasini ilova 
qilgan holda yozma ravishda (imzo qo‘ydirib) xabardor qilishi shart.
Olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, 
inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar 
tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk 
huquqi bekor qilinayotganda olib qo‘yilayotgan mol-mulkning qiymati 
ana shu mol-mulk bevosita olib qo‘yilishidan oldingi paytdagi yoki olib 
qo‘yilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga ta’sir ko‘rsatgan 
paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Yer uchastkasi olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga buzib 
tashlanayotgan mol-mulkning o‘rnini qoplash, buzib tashlanayotgan 
uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qo‘yilgan yer 
uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va 
boshqa mol-mulk olib qo‘yilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi. 
(19-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-
yil 29-iyundagi O‘RQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-
yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan 
qarorga rozi bo‘lmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal 


200 
etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan 
zararning o‘rnini qoplash masalalari ham nizoni ko‘rib chiqishda hal 
etiladi. (19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi 
O‘RQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son)
Mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof 
egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda 
davlat organlari mulkdorga ko‘maklashishi shart. Mulkdor o‘z 
huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan 
mahrum etish bilan bogliq bo‘lmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi 
mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga 
ko‘maklashishi shart. Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun 
qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga 
yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati 
davlat tomonidan to‘la hajmda qoplanadi. Zararning o‘rnini qoplash 
to‘risidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi.
Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati 
mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga 
qo‘shimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega 
emasligi kafolatlangan (23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-
yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,03/21/683/0375-son)
Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi subyektlar 
mol-mulki 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
va 
xususiylashtirish 
natijalarining qayta ko‘rib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Davlat 
mulkini 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
hamda 
xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib 
chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Quyidagi ko‘char va ko‘chmas mol-mulk davlat tasarrufidan 
chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb 
e’tirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va 
xususiylashtirilmaydigan 
obyektlar 
bundan 
mustasno): 
davlat 


201 
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-
mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan 
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk; korxona hududida joylashgan, davlat 
tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida 
tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan ko‘char va ko‘chmas mol-
mulk.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu 
jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib 
chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan 
davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi 
hududida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda 
mulk huquqi kafolatlangan.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin