196
yuritishning
huquqiy
asoslari
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasida, xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining
24.09.2012 yildagi O‘RQ-336-son Qonuni, “Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to‘risida”gi,
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini
davlat tomonidan nazorat
qilish to‘risida”gi qonunlar shular jumlasidandir.
Yuqoridagi Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar
huquqlarining kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining
24.09.2012 yildagi O‘RQ336-son Qonuni 4-moddasida, xususiy mulk
huquqini amalga oshirish tartiblari belgilangan. Unga muvofiq, mulkdor
o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishiga ko‘ra hamda o‘z manfaatlarini
ko‘zlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor
o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatlarni
bajarishga haqli. U o‘z mol-mulkidan xo‘jalik faoliyatini va qonunda
taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni
boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga
yoxud haq evaziga berishi mumkin.
Mol-mulkdan foydalanish
fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun
bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar
yetkazmasligi kerak. Barcha mulkdorlarga o‘z huquqlarini amalga
oshirishda teng sharoitlar ta’minlanadi.
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlarning egalari
va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari
bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi.
FKning 58-moddasda ko‘rsatilgan tijoratchi tashkilotlar o‘z
faoliyatini tashkil qilishda qatnashgan muassislari (ishtirokchilari)ning
mol-mulkidan ajratilgan va ularning hissalaridan
tashkil topgan ustav
kapitaliga (fondiga, mulkiy jamarmasiga) ega bo‘lgan tijoratchi tashkilot
yuridik shaxs hisoblanadi.
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari o‘z a’zolarining ixtiyori bilan,
ya’ni ular tomonidan tuzilgan shartnomaga asosan vujudga kelgan,
umumiy huquq layoqatiga ega bo‘lgan tijoratchi tashkilot hisoblanadi.
197
Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muassislari (ishtirokchilari)
muayyan huquqlar va majburiyatlarga ega. Ular shirkat va jamiyatning
ishlarini bajarishda qatnashish, faoliyati to‘risida axborot olish, foydani
taqsimlashda qatnashish, shirkat yoki jamiyat tugatilgan taqdirda
kreditorlar bilan hisob-kitob qilingandan keyin qolgan mol-mulkning bir
qismini yoki uning qiymatini
olish va qonun hujjatlarida, shuningdek
shirkat yoki jamiyatning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa
huquqlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining
kafolatlari to‘grisidagi O‘zbekiston Respublikasining 24.09.2012 yildagi
O‘RQ-336-son Qonuni 3-bobida mulkdorlar huquqlarining kafolatlari
belgilangan. Unda, undiruvni mol-mulkka qaratish yo‘li bilan mol-mulk
olib qo‘yilayotganda mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv mol-
mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qo‘yilishiga faqat qonunda nazarda
tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulk
natsionalizatsiya, musodara va
rekvizitsiya
qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkni, shu jumladan yer
uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib
qo‘yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo‘yish
munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o‘rni to‘la qoplanishi
sharti bilangina amalga oshiriladi. Mulkdor xususiy mulk bo‘lgan mol-
mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘risidagi
qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Qonunga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lolmaydigan mol-mulkka
bo‘lgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlari kafolatlanadi,
agar qonunga asosan shaxsga tegishli bo‘lolmaydigan mol-mulk uning
mulki bo‘lib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida
bekor qilinib, olib qo‘yilgan molmulkning qiymati shaxsga to‘lanishi
kafolatlangan.
Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib
qo‘yishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy,
boshqa
imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer
198
uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘risidagi qarori
munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda
belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Bunda yetkazilgan
zararning o‘rni egalik qiluvchiga to‘liq qoplanishi kerakligi
kafolatlangan.
Dostları ilə paylaş: