Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

4-§. Bankrotlik to`g`risidagi ishni sudda ko`rishga tayyorlash, 
uni hal etish
O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 12-apreldagi To‘lovga 
qobiliyatsizlik to’grisidagi yangi qonuning 37-moddasida keltirilgan 
asoslar bo‘yicha xamda ushbu qonunning 5-moddasi birinchi qismida 


161 
nazarda tutilgan alomatlar mavjud bo‘lganda sud tomonidan 
qo‘zg‘atilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar 
mustasno.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ishni yuritish kreditorlarning, 
qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat berilgan shaxslarning arizasi 
asosida joriy etiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish va 
to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-taomillaridan birini qo‘llash 
haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga qarzdorning vaqtincha to‘lovga 
qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun 
qarzdorning doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida 
ish qo‘zg‘atish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir 
ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun 
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan 
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor 
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati 
asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida ariza berish uchun 
soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan 
chora-tadbirlar asos bo‘ladi.To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ishni 
yuritish kreditorlarning, qarzdorning va ushbu Qonun bilan vakolat 
berilgan shaxslarning arizasi asosida joriy etiladi. To‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatish va to‘lovga qobiliyatsizlikni tiklash tartib-
taomillaridan birini qo‘llash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishga 
qarzdorning vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish uchun qarzdorning 
doimiy to‘lovga qobiliyatsizligi asos bo‘ladi.


162 
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida 
ish qo‘zgatish hamda uni bankrot deb topish, shuningdek tugatishga doir 
ish yuritishni boshlash haqida ariza bilan sudga murojaat etishi uchun 
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan 
sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor 
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati 
asos bo‘ladi.
Davlat soliq xizmati organi tomonidan qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida ariza berish uchun soliqlar 
hamda yigimlar bo‘yicha qarzni undirish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlar asos bo‘ladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zg‘atish esa ushbu 
qonunning 46moddasida belgilangan. Unga ko‘ra, qarzdorga nisbatan 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul 
qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish 
qo‘zg‘atish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish 
to‘g‘risidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan 
kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish 
qo‘zg‘atish haqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual
 
kodeksi 
va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z 
ish yurituviga qabul qiladi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish 
qo‘zg‘atish haqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, kuzatuv 
tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash 
to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi 
ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli 
organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat 
ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimning ko‘chirma 
nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday 
shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga 
yuklatiladi.


163 
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda 
tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad 
etadi.
Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi. 
Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va 
arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova 
qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, 
yetishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni 
sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish muddati, to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish sud majlisida qarzdorning to‘lovga 
qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza ish yuritishga 
qabul qilinganligi to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ikki 
oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan 
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar 
ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro 
etilishi lozim. To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud 
hujjatining ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan 
joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar 
quyidagilardan iborat:
qarzdor; sud boshqaruvchisi; kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga 
ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan 
e’tiboran; vakolatli davlat organi; qarzdorning majburiyatlari bo‘yicha 
ta’minot bergan shaxs.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qarzdor yuridik shaxs 
xodimlarining vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki 
qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning 


164 
vakili, kreditorlar yigilishi (kreditorlar qo‘mitasi) vakili hamda boshqa 
shaxslar ishtirok etishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda qo‘llaniladigan har qanday 
tartib-taomil jarayonida sudga soxta to‘lovga qobiliyatsizlikka, to‘lovga 
qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib 
kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqidagi 
iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
Qarzdor qonun talablari asosida iqtisodiy sudga o‘z arizasi asosida 
sudga yozma yoki elektron shaklda berishi va ushbu arizani tegishincha 
qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor 
bo‘lsa uning o‘zi, agarda qarzdor jismoniy shaxs bo‘lsa arizalar ularning 
vakillari tomonidan imzolanadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: ariza 
berilgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining 
ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili 
(mavjud bo‘lgan taqdirda);
pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablari summasining 
qarzdor tomonidan tan olingan miqdori; qarzdorning xodimlar hayotiga 
yoki sogligiga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash, ularga mehnat haqini 
va to‘lanishi lozim bo‘lgan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash 
borasidagi qarzdorligi summasi;
mualliflik shartnomalari bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan haq 
summasi; soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha qarz miqdori; kreditorlarning 
talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga qodir emaslikning asosi; 
qarzdorga nisbatan da’vo arizalari sudlar tomonidan ish yuritishga qabul 
qilinganligi to‘grisidagi, shuningdek so‘zsiz (aksteptsiz) hisobdan 
chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari haqidagi ma’lumotlar; 
qarzdordagi mavjud mol-mulk, shu jumladan pul mablaglari, debitorlik 
qarzi to‘grisidagi ma’lumotlar; qarzdorning bank hisobvaraqlari 
raqamlari, bankning pochta manzili; ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zini to‘lovga qobiliyatsiz 
deb topish haqidagi arizasida qarzdorning tadbirkorlik faoliyati bilan 


165 
bogliq bo‘lmagan majburiyatlari to‘grisidagi ma’lumotlar ham 
ko‘rsatiladi.
Kreditorlarga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda 
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor o‘z arizasidan ko‘chirma 
nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza berguniga qadar qarzdor 
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining 
vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) bo‘lsa, 
mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar - qarzdorning 
o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi 
arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida 
nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorlik mavjudligini, 
shuningdek kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda 
qanoatlantirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos bo‘lgan 
boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Qarzdorning o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi: 
 
qarzdor yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari, yuridik shaxsning 
yoki yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi 
to‘grisidagi hujjatlar, shuningdek jismoniy shaxs pasportining ko‘chirma 
nusxasi;
 
qarzdorning kreditorlari va debitorlari ro‘yxati, ularning 
joylashgan eri (pochta manzili), elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan 
taqdirda), uning kreditorlik hamda debitorlik qarzi yoyilmasi ko‘rsatilgan 
holda;
 
qarzdor yuridik shaxsning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga 
ko‘ra buxgalteriya balansi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlar;
 
qarzdor 
jismoniy 
shaxsning 
yoki 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkorning mol-mulki tarkibi va qiymati to‘grisidagi hujjatlar;
 
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) 
yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor o‘ziga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza bilan sudga 
murojaat qilishi haqidagi qarori;


166 
 
agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza berilguniga qadar qarzdor xodimlarining 
yigilishi o‘tkazilib, unda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
ko‘rishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan 
bo‘lsa, ushbu yigilish bayonnomasi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan 
hujjatlarning asl nusxasi yoki tasdiqlangan ko‘chirma nusxalari ilova 
qilinadi.
Kreditor xam ushbu qonun asosida qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi sudga yozma yoki 
elektron shaklda berilishi mumkin. Kreditor yuridik shaxsning arizasi 
uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor jismoniy shaxs yoki yakka 
tartibdagi tadbirkorning arizasi esa shu jismoniy shaxsning o‘zi yoki 
uning vakili tomonidan imzolanadi.
Kreditorning qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida 
ish qo‘zgatish haqidagi arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: ariza 
berilayotgan sudning nomi; arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining 
ismi) va uning joylashganeri (pochta manzili), elektron pochta manzili 
(mavjud bo‘lgan taqdirda); qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining 
ismi) va uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili 
(mavjud bo‘lgan taqdirda); qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib 
chiqishiga sabab bo‘lgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni 
bajarish muddati; kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, 
shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar 
qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning 
ijro xati; ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Kreditor qarzdorga o‘z arizasidan ko‘chirma nusxa yuborishi shart. 
Kreditorlar talablarini birlashtirish Kreditorning qarzdorga nisbatan 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi turli 
majburiyatlar bo‘yicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan bo‘lishi 
mumkin.
Kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini birlashtirishga hamda 
iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza o‘z 
talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.


167 
Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar Kreditorning 
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqidagi arizasiga O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual 
kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor 
oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek qarzi mavjudligini va uning 
miqdorini 
tasdiqlovchi 
hujjatlar, 
to‘lovga 
qobiliyatsizlikning 
soddalashtirilgan tartib-taomilida hamda jismoniy shaxsning to‘lovga 
qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishda sud boshqaruvchisiga haq to‘lash 
xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga 
vakilning 
arizani 
imzolashga 
vakolatli 
ekanligini 
tasdiqlovchi 
ishonchnoma ham ilova qilinadi. Kreditorning qarzdorga nisbatan 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasiga 
quyidagilar ham, agar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi: kreditorning 
qarzdorga nisbatan talablarini ko‘rib chiqqan sudning qarori; ijro hujjati 
(ijro varaqasi, qarzdor tomonidan aksteptlangan to‘lov talablari, 
notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor 
tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
Vakolatli davlat organining arizasi - ustav fondida (ustav kapitalida) 
davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul 
majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonaga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi vakolatli davlat 
organining arizasi sudga yozma yoki elektron shaklda, qarzdorning 
to‘lovga qobiliyatsizligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilingan holda 
beriladi. Vakolatli davlat organining arizasi sudga ushbu Qonunning 41 
va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning 
arizasi - davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli 
organning qarzdorga nisbatan soliqlar va yigimlar bo‘yicha to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizasi ushbu Qonunning 
41 va 43-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
Davlat soliq xizmati organining hamda boshqa vakolatli organning 
qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq soliqlar hamda yigimlar 


168 
bo‘yicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar ko‘rilganligi dalillari 
ilova qilinishi kerak.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish - qarzdorga 
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani 
qabul qilish haqidagi masalani yoki to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish 
to‘grisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan e’tiboran besh kundan 
kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish 
qo‘zgatishhaqida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual 
kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda berilgan arizani o‘z 
ish yurituviga qabul qiladi. Sudya qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi 
to‘grisida ish qo‘zgatishhaqidagi arizani ish yurituviga qabul qilar ekan, 
kuzatuv tartib-taomilini joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash 
to‘grisida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi 
ajrimi sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli 
organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat 
ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning o‘ziga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ajrimning ko‘chirma 
nusxasini o‘z vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday 
shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning zimmasiga 
yuklatiladi.
Agar ushbu Qonun 37-moddasining birinchi qismida nazarda 
tutilgan shart buzilgan bo‘lsa, sudya qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani qabul qilishni rad 
etadi. Agar qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza ushbu Qonunning 39 — 45-moddalarida 
nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmasa, sudya arizani qaytaradi. 
Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy bo‘lgan va 
arizaga ushbu Qonunning 40-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova 
qilinmagan hollarda bunday ariza sud tomonidan qabul qilinadi, 
etishmayotgan hujjatlar esa to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud 
muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.


169 
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar - sud 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning 
arizasi asosida O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual 
kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-
tadbirlar ko‘rishga haqli.
O‘zbekiston
Respublikasining
Iqtisodiy 
prostessual 
kodeksida kreditorlarning talablarini ta’minlash bo‘yicha nazarda tutilgan 
chora-tadbirlardan tashqari sud bitimlarni sud boshqaruvchisining 
roziligisiz tuzishni taqiqlab qo‘yishga, qimmatli qogozlarni, valyuta 
qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga 
topshirishni qarzdorning zimmasiga yuklatishga hamda qarzdorning mol-
mulki but saqlanishini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar 
ko‘rishga haqli.
Kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar 
tegishincha sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan 
birini joriy etish to‘grisida yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb 
topishni rad etish haqida qaror qabul qilinguniga qadar yoxud sud 
tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanguniga qadar amal qiladi.
Sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar 
yuzaga kelguniga qadar kreditorlarning talablarini ta’minlashga doir 
chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli. Sudning kreditorlar talablarini 
ta’minlashga doir chora-tadbirlar ko‘rish haqidagi ajrimi ustidan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan 
shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish
haqidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri - kreditor, davlat 
soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning qarzdorga nisbatan 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida arizasi qabul 
qilinganligi to‘grisidagi sud ajrimini olgan kundan e’tiboran besh kunlik 
muddatda qarzdor, agar ushbu Qonunda boshqacha qoidalar 
belgilanmagan bo‘lsa, sudga, arizachiga va to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza 
yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan 


170 
barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatilganligi haqida xabardor qilishga haqli.
Qarzdorning sudga yuborayotgan yozma fikriga uning ko‘chirma 
nusxasi arizachiga hamda to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda 
ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi 
dalillar ilova qilinishi kerak.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqidagi ariza yuzasidan yozma fikrda O‘zbekiston Respublikasining 
Iqtisodiy prostessual kodeksida nazarda tutilgan ma’lumotlar ko‘rsatilishi 
kerak. Qarzdorning yozma fikri mavjud emasligi to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishning ko‘rilishiga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga 
tayyorlash- to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga 
tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida 
nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan o‘ziga xos 
xususiyatlar inobatga olingan holda sudya tomonidan amalga oshiriladi.
Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqidagi ariza tushgan kundan e’tiboran sudya besh kundan kechiktirmay 
kuzatuv tartib-taomilini joriy etish haqidagi masalani hal qiladi. 
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi 
yoxud davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organda e’tirozlar 
mavjud bo‘lsa, sudya ularning e’tirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq 
xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ e’tirozlari asosliligini 
tekshirishi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqishning 
belgilangan muddati tugashiga kamida bir oy qolganda o‘tkaziladi.
Sud qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi yoxud davlat soliq 
xizmati organi yoki boshqa vakolatli organning e’tirozlari asosliligini 
ko‘rib chiqish natijalari asosida kreditorlar talablarini kreditorlarning 
talablari reestriga kiritish haqida yoki ularni reestrga kiritishni rad etish 
to‘grisida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan 
e’tirozlar asossiz deb topilgan bo‘lsa, talablari miqdori va ularni 
qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.


171 
Kreditorlarning talablari yuzasidan e’tirozlarni ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest 
keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest 
keltirilishi) uning amal qilishini to‘xtatib qo‘ymaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni sud muhokamasiga 
tayyorlash paytida, shuningdek to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish 
ko‘rilayotganda sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun 
ekspertiza tayinlashga haqli.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish muddati - 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish sud majlisida qarzdorning 
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza ish 
yuritishga qabul qilinganligi to‘grisida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran 
ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. To‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish alohida hollarda bir oydan 
oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishlar bo‘yicha sud hujjatlari - 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib chiqish natijalari 
bo‘yicha sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi: qarzdorni 
bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi 
qaror; qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qaror; sud 
sanastiyasi tartib-taomilini joriy etish va uning muddatini uzaytirish 
to‘grisidagi ajrim; tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish va uning 
muddatini uzaytirish to‘grisidagi ajrim; to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ish yuritishni tugatish haqida ajrim; to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi arizani ko‘rmasdan qoldirish 
to‘grisidagi ajrim; kelishuv bitimini tasdiqlash to‘grisidagi ajrim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatlari, agar 
ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, darhol ijro 
etilishi lozim.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha sud hujjatining 
ko‘chirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi 
(yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash to‘grisidagi qaror to‘lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-


172 
taomillaridan birini joriyetish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud 
bo‘lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori ushbu 
Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to‘lovga 
qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga 
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorida qarzdorni bankrot deb 
topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish 
boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to‘lash haqidagi ko‘rsatma aks 
ettirilishi kerak.
Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga 
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarori ustidan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu 
jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok 
etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul 
qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi qarorida qarzdorning 
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi o‘z 
kuchini yo‘qotgan deb topilganligi ko‘rsatiladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari to‘grisidagi ma’lumotlarni 
e’lon qilish - sud tomonidan kuzatuv, sud sanastiyasi, tashqi boshqaruv 
tartib-taomillarini joriy etish, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish 
yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki 
vazifasidan ozod qilish to‘grisida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdor 
yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni 
boshlash to‘grisida qarorlar, mazkur hujjatlarni bekor qilish yoki 
o‘zgartirish haqida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi ma’lumotlar 
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. Ommaviy axborot 
vositalarining ro‘yxati, davriyligi va mazkur ma’lumotlarni e’lon qilish 
muddati, ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hamda moliyalashtirish 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilanadi.


173 
Sud boshqaruvchisi tegishli sud hujjati olingan sanadan e’tiboran 
uch kun ichida ommaviy axborot vositasining manziliga ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan e’lonni yuboradi.
E’lon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari to‘grisidagi 
ma’lumotlar ular olingan kundan e’tiboran uch kun ichida e’lon qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni 
e’lon qilish bilan bogliq xarajatlarning o‘rnini qoplash, agar ushbu 
Qonunda yoki kreditorlar yigilishining yoxud kreditorlar qo‘mitasining 
qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarzdorning pul 
mablaglari hisobidan amalga oshiriladi.
Qarzdorda pul mablaglari mavjud bo‘lmasa, bunday ma’lumotlarni 
e’lon qilish haqini to‘lash to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish 
haqida ariza bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga 
oshiriladi, bu mablaglarning o‘rni keyinchalik qarzdorning mol-mulki 
hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda e’lon qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun etarli 
mol-mulk mavjud bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash qarzdorga 
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqidagi ariza 
bilan sudga murojaat etgan arizachi hisobidan amalga oshiriladi.
Sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi ma’lumotlar 
boshqa ommaviy axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi 
ma’lumotlarni e’lon qilish, to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari 
jarayoni haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilinishi shart.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqidagi 
ma’lumotlarni e’lon qilish bilan bogliq xarajatlarning o‘rnini qoplash, 
agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 
qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda e’lon 
qilish xarajatlarining o‘rnini qoplash uchun etarli mol-mulk mavjud 
bo‘lmasa, xarajatlarning o‘rnini qoplash kreditorlar yigilishining yoki 
kreditorlar qo‘mitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik nafardan ortiq bo‘lsa yoki 
ularning sonini aniqlash mumkin bo‘lmasa, qarzdorga nisbatan 


174 
qo‘llaniladigan har bir to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili boshlanishi 
haqidagi ma’lumotlar ham ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi 
shart.
Kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining qarori 
asosida e’lon qilinishi shart bo‘lgan ma’lumotlar boshqa ommaviy 
axborot vositalarida ham e’lon qilinishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni haqida e’lon 
qilingan ma’lumotlarda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak: qarzdorning nomi 
(familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning joylashgan eri (pochta manzili), 
elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda); sud hujjatini qabul 
qilgan sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan 
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilining nomi, shuningdek to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishning tartib raqami; tayinlangan sud 
boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta 
manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lgan taqdirda); to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rish bo‘yicha keyingi sud majlisining 
sud tomonidan belgilangan sanasi; qarzdorning qarzini to‘lash istagini 
bildirgan shaxslarning sud boshqaruvchiga murojaat qilishi mumkinligi 
to‘grisidagi ma’lumot; ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa axborot.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori 
- sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori 
quyidagi hollarda qabul qilinadi: to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari 
aniqlanmaganda; sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish bo‘yicha 
qaror qabul qilguniga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari 
qanoatlantirilganda; soxta to‘lovga qobiliyatsizlik aniqlanganda.
Sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘grisidagi qarori 
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi 
mumkin.
Qarzdorda etarli hajmda likvid mol-mulk mavjudligidan dalolat 
beruvchidalillar 
mavjud 
bo‘lgan 
taqdirda 
sud 
qarzdorning 
iltimosnomasiga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rishni 
keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini sud tomonidan 
belgilangan muddatda qanoatlantirishni taklif etishga haqli, bu muddat 
o‘ttiz kundan oshmasligi kerak.


175 
Qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatishni rad 
etish haqida qaror qabul qilish oqibatlari - sud tomonidan qarzdorning 
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisida ish qo‘zgatishni rad etish haqida qaror 
qabul qilinishi qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatish haqidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv tartib-
taomili joriy etilganligi oqibati bo‘lgan barcha cheklovlarning amal qilishi 
tugatilishi uchun asos bo‘ladi.
Sud to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni quyidagi 
hollarda tugatadi: sud sanastiyasi tartib-taomili jarayonida qarzdorning 
to‘lov qobiliyati tiklanganda; tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida 
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganda; kelishuv bitimi tuzilganda; 
to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha 
kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda; kreditorlarning 
talablari reestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday 
to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili jarayonida qanoatlantirilganda.
Sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni tugatish haqida 
sud ajrimi chiqarilgan sanadan e’tiboran sud boshqaruvchisi davlat soliq 
xizmati organini ushbu ajrim to‘grisida uch ish kuni ichida yozma shaklda 
xabardor qiladi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish O‘zbekiston 
Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar 
bo‘yicha to‘xtatib turilishi mumkin.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish 
sud boshqaruvchisining harakatlari
(harakatsizligi) ustidan berilgan 
ariza va hikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, 
tarkibi va ularni qanoatlantirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni sud 
tomonidan ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish to‘xtatib turilgan 
taqdirda sud ushbu Qonunning 51-moddasi birinchi qismida nazarda 
tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritishni to‘xtatib turish 
sudning ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarishi uchun, 


176 
shuningdek sud boshqaruvchisi va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan 
harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud 
mulkdoriga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga va (yoki) jismoniy shaxsga 
nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) 
uchun jinoyat ishi qo‘zgatilgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishni yuritish qo‘zgatilgan jinoyat ishi yuzasidan sud qarori 
qabul qilinguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini 
taqsimlash - sud xarajatlari, shu jumladan to‘lov muddati kechiktirilgan 
yoki bo‘libbo‘lib to‘lanadigan davlat boji bo‘yicha xarajatlar, 
ma’lumotlarni ushbu Qonunning 53 va 54-moddalarida nazarda tutilgan 
tartibda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish xarajatlari, shuningdek 
sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlari qarzdorning mol-mulki 
hisobidan navbatdan tashqari to‘lanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan 
xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Sud 
qarzdorning 
to‘lovga 
qobiliyatsizligi 
alomatlari 
aniqlanmaganligi munosabati bilan uni bankrot deb topishni rad etish 
haqida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida 
nazarda tutilgan xarajatlar sudga qarzdorga nisbatan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisida ish qo‘zgatish haqida ariza bilan murojaat etgan 
kreditorlarga tegishli bo‘ladi va kreditorlar o‘rtasida ularning talablariga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq to‘lash xarajatlarini 
taqsimlash tartibi sudning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rib 
chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida 
belgilanadi.
Arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish - kuzatuv, sud sanastiyasi, 
tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillari 
jarayonida sud boshqaruvchisi bergan arizalar, shu jumladan o‘zi bilan 
kreditorlar o‘rtasida, o‘zi bilan qarzdor o‘rtasida kelib chiqqan 
kelishmovchiliklar to‘grisida ushbu Qonunga muvofiq berilgan arizalar, 


177 
shuningdek kreditorlarning o‘z huquq va qonuniy manfaatlari 
buzilganligi xususidagi shikoyatlari olingan kundan e’tiboran o‘n besh 
kunlik muddatdan kechiktirmay sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Sud 
boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani 
yoki shikoyatni ko‘rib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga 
ularning ko‘chirma nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinishi 
kerak. Mazkur arizalar va shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan 
sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va 
muddatlarda shikoyat berilishi mumkin.
Quyidagi xolatlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda va 
muddatlarda shikoyat qilinishi mumkin: mehnat shartnomasi asosida 
ishlovchi shaxslarga mehnat haqi to‘lash va ishdan bo‘shatish nafaqasi 
to‘lash bo‘yicha talablarning miqdori hamda tarkibi xususida sud 
boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili o‘rtasida kelib chiqadigan 
kelishmovchiliklar; 
kreditorlarning, 
qarzdor 
muassislarining 
(ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari 
tomonidan ularning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud 
boshqaruvchisining 
harakatlari 
(harakatsizligi) 
ustidan 
berilgan 
shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda ko‘rib 
chiqiladi.
Sudning ajrimi ustidan shikoyat berish huquqiga ega bo‘lmagan 
shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va 
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli 
ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan holda 
berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni 
ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimlarni qayta ko‘rish 
bo‘yicha ish yuritish to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi 
ishda 
arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni ko‘rib 
chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi O‘zbekiston 
Respublikasining Iqtisodiy prostessual kodeksida belgilangan tartibda, 
ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan 
holda qayta ko‘rilishi lozim.


178 
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni 
ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra chiqarilgan sud ajrimi chiqarilgan 
paytdan e’tiboran o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishdagi kelishmovchiliklarni 
ko‘rib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellyastiya shikoyati berish 
huquqiga ega. Sudning ushbu moddaning birinchi
qismida 
ko‘rsatilgan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish natijalari to‘grisidagi 
ajrimiga apellyastiya shikoyati sud tomonidan ajrim chiqarilgan paytdan 
e’tiboran o‘n kun ichida beriladi va u sudga kelib tushgan paytdan 
e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning 
to‘lovga qobiliyatsizligi to‘grisidagi ishlar bo‘yicha ish yuritishning 
o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, agar qarzdorning ustav fondida 
(ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lsa, sud to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisida ish qo‘zgatilganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor 
qiladi. Vakolatli davlat organi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisida ish 
qo‘zgatilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki 
haftalik muddat ichida sudga sudgacha sanastiya qilish o‘tkazilishi 
maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘grisidagi o‘z 
munosabatini ma’lum qiladi. Kreditorlar sudgacha sanastiya qilish 
o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi 
ish bo‘yicha ish yuritish tugatiladi. Kreditorlar sudgacha sanastiya qilish 
o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan taqdirda to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin