O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 21 apreldagi O‘RQ683-sonli
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021
y., 03/21/683/0375-son).
O‘zbekiston
Respublikasi iqtisodiy sudlarining vazifalari
quyidagilardan iborat:
iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar
(bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning
buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
iqtisodiyot
sohasida qonuniylikni mustahkamlash va
huquqbuzarliklarning oldini olishga ko‘maklashish;
qonunga va sudga nisbatan hurmatda bo‘lish munosabatini
shakllantirish.
Qonunga binoan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi va
murojaatning shakllari belgilangan (IPKning 3-m). Unda, har qanday
manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini
yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun
iqtisodiy sudga (sudga) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat
qilishga haqli.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudga boshqa shaxslar ham
murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish
haqiqiy emas.
Iqtisodiy prostessual kodeks talablariga binoan sudga murojaat
qilishning qo‘yidagi shakllari mavjud:
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar
bo‘yicha —da’vo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar bo‘yicha
hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza
106
shaklida; apellyastiya va kassastiya instanstiyasi sudlariga murojaat
etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda
tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi. Murojaat
va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida
yuborilishi mumkin.
Iqtisodiy sudlarda iqtisodiy faoliyat asosida vujudga keladigan
munosabatlarni hal qilishda iqtisodiy sud sudyalari qo‘yidagi
prinstiplarga amal qiladi:
Odil sudlovning faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, iqtisodiy
ishlar bo‘yicha odil sudlov ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar
bo‘yicha faqat sud tomonidan amalga oshirilishi, qonun va sud oldida
tenglik tamoyili asosida sudda nizolarni hal qilish yuridik shaxslarning
mulkchilik shaklidan, qaerda joylashganligidan, kimga bo‘ysunishidan
qat’i nazar, fuqarolarning esa jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan, shuningdek boshqa
holatlardan qat’i nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga
oshirilishi, sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga
bo‘ysunishi tamoyiliga ko‘ra, odil sudlovni amalga oshirishda sudyalar
mustaqildirlar va faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni
amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l
qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab
bo‘lishligi, sudyalar mustaqilligining kafolatlari qonun bilan belgilanishi,
taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyili asosida iqtisodiy sud
ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida
amalga oshirilishi, iqtisodiy sudlarda sud ishlari o‘zbek tilida, qoraqalpoq
tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda
yuritilishi, sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud prostessi
ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud
harakatlarida ishtirok etish hamda sudda o‘z ona tilida yoki erkin
tanlangan muloqot tilida so‘zlash huquqiining ta’minlanishi, sud
muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi
tilda o‘tkazilgan bo‘lsa, o‘sha tilda tuzilishi, sud muhokamasining
oshkoraligi tamoyiliga asosan iqtisodiy sudlarda ishlar muhokamasi
oshkora o‘tkazilishini, davlat sirini, tijorat sirini yoki qonun bilan
107
qo‘riqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda ishni yopiq
sud majlisida eshitishga yo‘l qo‘yiladi xamda ishni yopiq sud majlisida
videokonferenstaloqa rejimida eshitishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday
majlisning audio- va videoyozuvlari amalga oshirilmasligi, eshitish yopiq
sud majlisida o‘tkazilgan taqdirda ishni elektron shaklda shakllantirishga
yo‘l qo‘yilmasligini va ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish
to‘grisida ajrim chiqariladi va sudning hal qiluv qarori barcha hollarda
oshkora o‘qib eshittiriladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida
taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi ko‘rsatilmagan tarzda e’lon qilinadi,
bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno.
Sud muhokamasining bevositaligi tamoyili asosida sud ishni
muhokama qilishda ish bo‘yicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi
shart.
Iqtisodiy sudlarda ishlarni faqat amaldagi qonunchilik asosida hal
qilish deganda, sud ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va
qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qilish tushuniladi.
Sud ishni ko‘rishda davlat organining yoki boshqa organning hujjati
qonunga muvofiq emasligini, shu jumladan ushbu hujjat vakolat
doirasidan chetga chiqilgan holda qabul qilinganligini aniqlasa, qonunga
muvofiq qaror qabul qiladi.
Iqtisodiy sud sudyalari agarda nizoli munosabatni tartibga soluvchi
huquq normalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, sud shunga o‘xshash
munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini qo‘llaydi, bunday
normalar ham mavjud bo‘lmaganda esa nizoni qonunlarning umumiy
asoslari va mazmuniga tayanib hal qiladi.
Tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari, shu jumladan huquqni
muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek banklar
o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishda qonunchilikda,
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq holda yuzaga
keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar
tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi.
108
Iqtisodiy sudlarda ish yuritishda sudyalar, O‘zbekiston
Respublikasining qonuniga yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq chet
davlatlarning huquq normalarini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Chet davlat huquqi normalarini qo‘llashda sud ushbu normalarning
mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda
qo‘llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi. Chet davlat huquqi normalari
mazmunini aniqlash maqsadida sud ko‘maklashishni va tushuntirib
berishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning
vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat
qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar talablariga yoki e’tirozlariga asos
qilib keltirayotgan chet davlat huquqi normalari mazmunini tasdiqlovchi
hujjatlarni taqdim etishi va ushbu normalarning mazmunini aniqlashda
iqtisodiy sudga boshqacha tarzda ko‘maklashishi mumkin. Agar ko‘rilgan
choralarga qaramay, chet davlat huquqi normalarining mazmuni
aniqlanmasa, iqtisodiy sud O‘zbekiston Respublikasining tegishli huquq
normalarini qo‘llaydi.
Sud hujjatlarining majburiyligi tamoyili. Ushbu tamoyil asosida,
qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat
birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar
va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatlarini
bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |