Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tashqi boshqaruv tartib-taomili



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

 
3-§. Tashqi boshqaruv tartib-taomili 
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi qonunning 108-moddasi 
talablarida tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish tartibi belgilangan. 
Unga muvofiq, agar qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashning haqiqiy 
imkoniyati aniqlansa, tashqi boshqaruv tartibtaomili kreditorlar 
yigilishining iltimosnomasi, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 
bo‘lgan qarzdor bo‘yicha esa vakolatli davlat organining arizasi asosida 
sud tomonidan joriy etiladi.
Sudning tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqidagi ajrimi 
darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan 
muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili, agar ushbu Qonunda boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha 
muddatga joriy etiladi. Tashqi boshqaruv tartib-taomili uchun belgilangan 
muddat ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar 
doirasida kreditorlar yigilishining iltimosnomasiga, vakolatli davlat 
organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga ko‘ra sud 
tomonidan qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanastiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillarining jami 
muddati o‘ttiz oydan oshmasligi kerak. Agar sud sanastiyasi tartib-taomili 
joriy etilgan sanadan to sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish 
to‘grisidagi masalani ko‘rib chiqish kuniga qadar o‘n sakkiz oydan ortiq 
vaqt o‘tgan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.


139 
Tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari - tashqi 
boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran: qarzdorning 
rahbari o‘z vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini 
boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi 
boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini 
tugatish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga o‘tkazish to‘grisida buyruq 
chiqarishi shart; qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. 
Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari 
vakolatlari tashqi boshqaruvchiga o‘tadi, bundan ushbu Qonunga 
muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) o‘tadigan vakolatlar mustasno. 
Qarzdorning boshqaruv organlari va (yoki) to‘lovga qobiliyatsizlikning 
ilgarigi tartib-taomilida tayinlangan sud boshqaruvchisi, tashqi 
boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida 
qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va 
shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va 
boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashi 
shart; kreditorlarning talablarini ta’minlash yuzasidan ilgari ko‘rilgan 
chora-tadbirlar bekor qilinadi; qarzdorning mol-mulkini xatlash va 
qarzdorga nisbatan uning o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish 
borasidagi vakolatlarining boshqacha tarzdagi cheklovlari faqat to‘lovga 
qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida qo‘llanilishi mumkin; to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish jarayonida vujudga kelgan barcha turdagi 
joriy soliq to‘lovlarini (bundan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar 
bo‘yicha soliqlar mustasno) to‘lash to‘xtatib turiladi va tashqi boshqaruv 
tartibtaomili jarayonining muddati yakunlanganidan keyin to‘lanadi. 
Bunday holda sud tashqi boshqaruvchining hisoboti tasdiqlangan hamda 
qarzdorga nisbatan qo‘zgatilgan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni 
yuritishni tugatish haqida qaror chiqargan sanadan e’tiboran ushbu soliq 
qarzlari olti oy davomida teng miqdorda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi; 
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlari hamda yigimlari 
yuzasidan kreditorlar talablarining qanoatlantirilishiga nisbatan moratoriy 
joriy etiladi, bundan ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan 
hollar mustasno.


140 
Tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilguniga qadar qarzdorning 
majburiyatlar bajarilishi ta’minoti sifatida berilgan mol-mulkidan 
foydalanishdan mazkur tartib-taomil joriy etilganidan keyin olingan 
hosilga, mahsulotga va daromadlarga nisbatan kreditorning o‘z talablarini 
bajarish ta’minoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
Tashqi 
boshqaruv 
tartib-taomili 
tugaganidan 
keyin 
pul 
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlarga 
qarzdor to‘lashi shart bo‘lgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek 
etkazilgan zararning summalari tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy 
etish paytidagi mavjud miqdorlarda to‘lash uchun taqdim etilishi 
mumkin. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy-
kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriy tashqi 
boshqaruv tartibtaomili joriy etilguniga qadar bajarilish muddati kelgan 
pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlar hamda yigimlarga nisbatan tatbiq 
etiladi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va (yoki) sud 
sanastiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul 
majburiyatlari mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul 
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar yuzasidan moratoriyning 
amal qilish muddati ichida:
undiruv so‘zsiz (aksteptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro 
hujjatlari va boshqa hujjatlar bo‘yicha undiruvga yo‘l qo‘yilmaydi; pul 
majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha majburiyat 
bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka 
(jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sankstiyalar 
hisoblanmaydi, bundan qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili va 
(yoki) sud sanastiyasi tartib-taomili joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan 
pul majburiyatlari va (yoki) to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlar mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) 
soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlar talablarining summasiga 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar bir 
navbatdagi talablarga qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan 
sanadan e’tiboran va sud tomonidan shu navbat talablari bo‘yicha 


141 
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan 
sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar 
hisoblanadi. Hisoblangan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz 
summasini to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanishi lozim.
Moratoriy kreditorlarning tashqi boshqaruvchi shartnomani 
bajarishdan To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 119-
moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida etkazilgan zararlarning 
o‘rnini qoplash haqidagi talablariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan 
qoidalar bajarilish muddati tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy 
etilganidan keyin boshlangan pul majburiyatlariga va (yoki) soliqlarga 
hamda yigimlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga 
hamda mualliflik shartnomalari asosida haq to‘lashga doir talablariga, 
shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogligiga zarar 
etkazilganligi uchun javobgar bo‘lsa, ana shu fuqaroning talablariga 
nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorning 
iltimosnomasiga 
asosan 
sud 
qarzdorning 
majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida mazkur kreditorning 
foydasiga qaysi pul majburiyatlari bo‘yicha mol-mulk berilgan bo‘lsa, 
o‘sha pul majburiyatlarini moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish 
to‘grisida, agar mol-mulk tashqi boshqaruv tartib-taomilini amalga 
oshirish uchun zarur bo‘lmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
Talablari qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan kreditorning 
iltimosnomasiga asosan quyidagi hollarda sud mazkur mol-mulkni 
moratoriyning ta’sir doirasidan chiqarish to‘grisida ajrim chiqarishi 
mumkin, agar:
qarzdorning
mol-mulki bilan
ta’minlangan kreditorning 
yoki kreditorlarning talablari miqdori garov narsasi qiymatidan oshib 
ketgan bo‘lsa; garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatini pasayib ketishdan 
himoya qilish mavjud bo‘lmasa; tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish 
qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarga daxl qilmasa; 


142 
garovga qo‘yilgan mol-mulkni tez buziladigan mahsulot sifatida saqlab 
qolish uchun choralar ko‘rish talab etilsa; sud sanastiyasining rejasi yoki 
tashqi boshqaruv rejasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan bo‘lsa.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi - tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini joriy qilish haqida sudga iltimosnoma bilan 
murojaat etish to‘grisida qaror qabul qilgan kreditorlarning yigilishi 
tashqi boshqaruvchilikka nomzodni ma’qullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishiga har 
qanday kreditor tomonidan yoki vakolatli davlat organi tomonidan taklif 
etilishi mumkin.
Kreditorlarning yigilishi tomonidan qaror qabul qilishning To‘lovga 
qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan 
tartibiga muvofiq kreditorlarning eng ko‘p ovozini olgan shaxsning 
nomzodi sudga taklif etiladi.
Sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini kreditorlar yigilishining tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida iltimosnoma bilan sudga 
murojaat qilish to‘grisidagi qarori mavjud bo‘lmagan holda joriy 
etayotgan bo‘lsa, kreditorlarning yigilishi tashqi boshqaruvchilikka 
nomzodni sud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim 
chiqargan paytdan e’tiboran uch haftalik muddat ichida ko‘rib chiqishga, 
ma’qullashga va sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlarning yigilishi 
tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, sud vakolatli davlat organi 
tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini 
tayinlaydi. Tashqi boshqaruvchini tayinlash - tashqi boshqaruvchi tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish bilan bir paytda sud tomonidan 
tayinlanadi. Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy 
etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni mavjud bo‘lmasa, sud tashqi 
boshqaruvchini tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan paytdan 
e’tiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘grisida sud ajrim chiqaradi. 
Tashqi boshqaruvchini tayinlash to‘grisidagi sudning ajrimi darhol ijro 
etilishi lozim va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) 
mumkin. Tashqi boshqaruvchini o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish - 


143 
tashqi boshqaruvchi o‘z vazifasini bajarishdan quyidagi hollarda sud 
tomonidan ozod etilishi mumkin: o‘z arizasiga binoan; zimmasiga 
yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan 
taqdirda kreditorlar yigilishining qarori asosida. Bunday holda kreditorlar 
yigilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi 
nomzod haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak; vakolatli davlat organining 
arizasi asosida; ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq tashqi 
boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan 
taqdirda.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda ham 
o‘z vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin. Tashqi boshqaruvchini 
o‘z vazifasini bajarishdan ozod etish to‘grisidagi ajrim darhol ijro etilishi 
kerak va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. 
Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday 
ajrimning ijro etilishini to‘xtatib qo‘ymaydi. Tashqi boshqaruvchining 
huquqlari - tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari vakolatlarini amalga 
oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli: kreditorlarning yigilishini 
hamda kreditorlar qo‘mitasini chaqirishga; To‘lovga qobiliyatsizlik 
to’grisidagi Qonunning 118-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni 
hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etishga; qarzdor 
nomidan kelishuv bitimi tuzishga; ushbu Qonunning 26-moddasiga 
muvofiq haq olishga; agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan 
kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vazifalarini 
amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning 
mablaglaridan haq to‘lagan holda shartnoma asosida ishga jalb qilishga; 
o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘grisida sudga 
ariza berishga; To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 63 — 65-
moddalarida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini haqiqiy 
emas deb topish haqida sudga ariza berishga; qarzdorning to‘lov 
qobiliyatini tiklash maqsadida tijorat banklaridan, moliya tashkilotlaridan 
qarz olishga, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom ettirishidan 
manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan moliyaviy yordam 
olishga; qarzdorga taalluqli bo‘lgan axborotni va hujjatlarni qarzdorning 


144 
rahbaridan, ta’sischilaridan va (yoki) davlat organlaridan so‘rab olishga; 
o‘z huquq va majburiyatlarining amalga oshirilishini ta’minlash uchun 
davlat xizmatlaridan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi orqali ko‘rsatiladigan 
xizmatlardan oldindan to‘lovlarni amalga oshirmasdan foydalanish; 
qarzdorning shartnomalarini bajarish ushbu Qonunning 119-moddasida 
belgilangan tartibda rad etilishini ma’lum qilishga.
Tashqi boshqaruvchi o‘z huquqlari va majburiyatlarini amalga 
oshirayotganda qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha qonunchilikka 
muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladigan shaxslarga nisbatan ular qarzdorni 
to‘lovga qobiliyatsizlikka olib borganligi munosabati bilan talablar 
qo‘yishga haqlidir. Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari - tashqi boshqaruvchi: 
qarzdorning mol-mulkini qabul qilib olishi va uni inventarizastiyadan 
o‘tkazishi; qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini 
qidirishga, aniqlashga va qaytarishga qaratilgan choralar ko‘rishi; tashqi 
boshqaruvni o‘tkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun 
maxsus hisobvaraq ochishi; tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va 
kreditorlarning yigilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi; moliyaviy, 
buxgalteriya va statistika hisobini yuritishi hamda hisobdorlikni 
ta’minlashi; kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan 
e’tirozlar bildirishi; qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini ko‘rishi; 
kreditorlarning talablari reestrini yuritishi; kreditorlarning yigilishiga 
tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida 
hisobotlar taqdim etishi; kreditorning talabiga ko‘ra qarzdorning 
moliyaviy ahvoli va (yoki) o‘z faoliyati to‘grisidagi axborotni o‘n kunlik 
muddatda taqdim etishi; tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi 
haqida kreditorlar yigilishiga va kreditorlar qo‘mitasiga, shuningdek, agar 
qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlatning ulushi bo‘lsa, 
vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq 
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Kreditorlarning talablari - 
kreditorlar qarzdorga nisbatan o‘z talablarini tashqi boshqaruv tartib-


145 
taomili amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. 
Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning joylashgan eri va 
(yoki) elektron pochta manzili bo‘yicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu 
moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb e’tirof etiladigan 
talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi 
hujjatlar ilova qilingan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini 
ko‘rib chiqadi va tegishli talab olinganidan keyin uni ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha kreditorlarning talablari reestriga uzogi bilan ikki hafta 
ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi ko‘rib chiqish 
natijalari to‘grisida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan 
paytdan e’tiboran uzogi bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Kreditor kreditorlarning talablarini tashqi boshqaruvchi tomonidan 
ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan e’tirozlarini to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ishni ko‘rayotgan sudga bu natijalardan xabardor bo‘lgan 
paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin. 
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan 
muddatda e’tirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi 
tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qanoatlantirish 
navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
Kreditor mustaqil ravishda qarzdordan talab qilish huquqini notarial 
tartibda boshqa shaxslarga o‘tkazishi mumkin. Bunda talab qilish 
huquqini sotib olgan shaxs talabini o‘n kun muddat ichida kreditorlar 
reestriga kiritish uchun qarzdorning tashqi boshqaruvchisiga murojaat 
qilishi kerak.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish - kreditorlarning tashqi 
boshqaruvchi tomonidan aniqlangan o‘z talablari miqdori, tarkibi va 
ularni qanoatlantirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 116-
moddasida belgilangan muddatlarda berilgan e’tirozlari sud tomonidan 
mazkur e’tirozlar olingan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay 
ko‘rib chiqiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud 
ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan 


146 
e’tirozlar asosli deb topilgan bo‘lsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, 
tarkibi va ularni qanoatlantirish navbati ko‘rsatiladi.
Kreditorlarning e’tirozlarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud 
chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. 
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish doirasida kreditorlarning 
e’tirozlarini ko‘rib chiqish chogida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud 
hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan 
talablarini ko‘rib chiqishda preyudistial kuchga ega bo‘ladi.
Qarzdor xodimlari vakilining mehnatga haq to‘lash va mehnat 
shartnomasi bo‘yicha ishlovchi shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi 
to‘lash bo‘yicha qarzning miqdori va tarkibi haqidagi e’tirozlari ham 
ushbu moddada belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish - qarzdor mol-mulkining 
egasi yoki ta’sis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning 
mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi 
boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, 
bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha 
qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda 
tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar 
yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan tuziladi. Balans 
qiymati qarzdorning ko‘chmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi 
aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ko‘progini tashkil etadigan 
boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keladigan bitimlar yirik bitimlar 
jumlasiga kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki 
kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs bo‘lsa, bunday bitimlar 
manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb e’tirof etiladi.
Qarzdorning shartnomalarini bajarishni rad etish - sudning tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini joriy etish to‘grisidagi ajrimi qarzdor to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzgan 
shartnomalarni bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun 
asos bo‘la olmaydi. Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik 
to‘grisidagi ish qo‘zgatilguniga qadar tuzilgan, qarzdorning faoliyatini 


147 
davom ettirish uchun muhim bo‘lgan shartnomalarning bajarilishi tashqi 
boshqaruvchi tomonidan davom ettiriladi, bundan ushbu Qonunda 
nazarda tutilgan hollar mustasno. Bunda qarzdor tuzgan shartnomalarni 
qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilganligi 
munosabati bilan bajarishni to‘xtatish yoki ularni bajarishni rad etish 
bo‘yicha taraflarning kelishuvlari haqiqiy emas deb hisoblanadi, bundan 
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi - qarzdorning iste’molga, 
shu jumladan mehnatga haq to‘lashga sarflanadigan xarajatlarining 
ko‘payishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat 
kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan 
qabul qilinishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar 
mustasno.
Tashqi boshqaruv rejasi - tashqi boshqaruvchi sud tomonidan 
tayinlangan paytdan e’tiboran bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv 
rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigilishiga taqdim 
etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisidagi masalani ko‘rib 
chiqish chogida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari 
ishtirok etadi.
Kreditorlar yigilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash 
haqidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi 
kreditorlarning ko‘pchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb 
hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan va tashqi boshqaruv 
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor 
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli tovonga 
teng tovon olishga haqlidir.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi 
boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisidagi qarorni qabul qilmasa, 
shuningdek ovoz berish chogida guruhlardan biridagi kreditorlarning 
zarur miqdordagi ovozlari to‘planmasa, sudga qarzdorni bankrot deb 
topish va tugatish to‘grisida ish yuritishni boshlash to‘grisidagi 
iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.


148 
Kreditorlar yigilishining tashqi boshqaruv rejasiga o‘zgartishlar 
kiritish to‘grisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari 
tomonidan, agar har bir alohida guruhning ko‘pchiligi uni yoqlab ovoz 
bergan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak: 
qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-
tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish 
xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari; qarzdorning to‘lov 
qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning to‘lov qobiliyati ushbu Qonunning 5-moddasida 
belgilangan to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo‘lmagan va 
(yoki) kreditorlar tomonidan bildirilgan talablardan voz kechilgan 
taqdirda tiklangan deb e’tirof etiladi.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan 
kreditorlar o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida quyidagilarni 
tekshirish uchun ekspertlarni jalb etishi mumkin: tashqi boshqaruv 
rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor hamda ushbu rejani 
tasdiqlash uchun ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan kreditor qarzdor 
tugatilgan taqdirda eng kamida olishi mumkin bo‘lgan kafolatli to‘lovga 
teng tovon olish huquqiga ega bo‘lishini; tashqi boshqaruv rejasining 
muvaffaqiyatli bajarilish imkoniyati mavjudligini; qarzdorning mol-
mulki bilan ta’minlangan kreditorlarning boshqa kreditorlarga nisbatan 
ustunlik huquqini.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdor talabini kamaytirish yoki 
hisobdan chiqarish nazarda tutilgan bo‘lsa, bu ushbu Qonunning 100-
moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigilishining yoki kreditorlar 
qo‘mitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayoni 
haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xo‘jalik 
faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi kerak, bundan to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ish qo‘zgatilganidan keyin yuzaga kelgan pul 
majburiyatlarini qanoatlantirish va (yoki) soliqlar hamda yigimlar 


149 
bo‘yicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning molmulkini sotib 
oluvchiga o‘tadigan hollar mustasno.
Tashqi boshqaruv rejasini ko‘rib chiqish - tashqi boshqaruv rejasi 
kreditorlarning yigilishida ko‘rib chiqiladi, yigilish tashqi boshqaruv 
tartib-taomili joriy etilgan paytdan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay 
tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi 
zaruratga qarab barcha kreditorlarga kreditorlar yigilishi o‘tkaziladigan 
sana, vaqt va joy haqida xabar qiladi hamda mazkur yigilish 
o‘tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv 
rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlaydi.
Kreditorlarning 
yigilishida 
tashqi 
boshqaruvchi, 
qarzdor 
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining 
vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan 
ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish - kreditorlarning 
yigilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash to‘grisida qaror qabul qilgan 
va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddati 
belgilangan dastlabki muddatdan ortiq bo‘lgan taqdirda, agar tashqi 
boshqaruv tartib-taomili muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning 
tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning to‘lov qobiliyati 
tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun etarli asoslar mavjud bo‘lsa, 
sud tashqi boshqaruvning tartib-taomili muddatini uzaytirish haqida ajrim 
chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muddat To‘lovga qobiliyatsizlik 
to’grisidagi Qonunning 108 moddasida belgilangan muddatlardan oshib 
ketmasligi kerak.
Qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari - tashqi 
boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklash yuzasidan 
quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin: ishlab chiqarishni 
qayta ixtisoslashtirish; norentabel ishlab chiqarishlarni yopish; debitorlik 
qarzlarini undirish; qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish; 
qarzdorning talabidan o‘zganing foydasiga voz kechish; qarzdorning 
majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish; qarzdorning 
qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish; qarzdorning korxonasini 
(biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish; tijorat banklaridan, moliya 


150 
institutlaridan qarz olish, shuningdek qarzdorning faoliyatini davom 
ettirishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslardan mablaglar jalb etish; 
akstiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) kreditorlik 
qarzdorligi hisobiga ko‘paytirish (qarzdorlikni akstiyaga ayirboshlash) 
to‘grisidagi qaror akstiyadorlarning umumiy yigilishida ishtirok 
etayotgan, ovoz beruvchi akstiyalarning egalari bo‘lgan akstiyadorlarning 
to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik (malakali ko‘pchilik) ovozi bilan 
qabul qilinadi; qarzdorning aktivlari o‘rnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning to‘lov qobiliyatini 
tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-
tadbirlardan tashqari vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan 
sud ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan qarzdorning 
faoliyat ko‘rsatmayotgan ob’ektlarini konservastiya qilish to‘grisida ajrim 
chiqarishi mumkin.
Qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish 
-kreditorlarning talablarini qanoatlantirish maqsadida tashqi boshqaruv 
rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida 
sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganida 
qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga mo‘ljallangan 
barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan er uchastkalari, binolari, 
inshootlari, uskunalari, inventari, xom ashyosi, mahsuloti, talab qilish 
huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi 
vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari), uning 
tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli bo‘lgan boshqa mutlaq 
huquqlar o‘zga shaxslarga o‘tkaziladi, bundan boshqa shaxslarga 
topshirilishi mumkin bo‘lmagan huquq va majburiyatlar mustasno.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda 
qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan 
o‘tkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq 
to‘lanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar 
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.


151 
Agar qarzdorning hisobvaragidagi pul mablagi uning mol-mulkini 
baholash uchun etarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi bu haqda 
kreditorlarni xabardor qilishi kerak. Bunday holda qarzdorning mol-
mulkini baholash bo‘yicha xarajatlar kreditorlar tomonidan amalga 
oshiriladi va ushbu xarajatlar qarzdor korxona molmulkining sotilishi 
natijasida qarzdorning hisobvaragiga kelib tushgan mablaglar hisobidan, 
ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda 
navbatdan tashqari qoplanadi.
Zarur bo‘lgan taqdirda, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishda 
ishtirok etuvchi shaxslar qarzdorning mol-mulkini baholash haqidagi 
hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni talab qilishi 
mumkin.
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yigilishining 
roziligi bilan bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash 
sharti bilan mulkiy majmua sifatida realizastiya qilishga, basharti xaridor 
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etsa, haqli 
bo‘ladi.
Korxona (biznes) mulkiy majmua sifatida sotilayotganda korxona 
(biznes)sotilayotgan paytda amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari 
o‘z kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa 
korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotib oluvchi ixtiyoriga 
o‘tadi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish, agar ushbu 
moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron onlayn-
aukstion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazish vositasida amalga 
oshiriladi. Elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosini 
o‘tkazish shartlari kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi 
tomonidan belgilanadi.
Agar korxona (biznes) tarkibida muomalada bo‘lishi cheklangan 
mol-mulk bo‘lsa, korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotish 
qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa 
ashyoviy huquq asosida ega bo‘la oladigan shaxslar ishtirokida elektron 
onlayn-aukstion shaklidagi yopiq kimoshdi savdolarini o‘tkazish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi.


152 
Elektron 
onlayn-aukstion 
shaklidagi 
kimoshdi 
savdosiga 
qo‘yiladigan korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishning 
boshlangich narxi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, korxonaning molmulkini baholovchi tashkilot 
o‘tkazgan baholash hisobga olingan holda kreditorlar yigilishi yoki 
kreditorlar qo‘mitasi qarori bilan belgilanadi.
Elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosini o‘tkazish 
shartlarida korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan 
tushgan pul mablaglarining tashqi boshqaruv tartib-taomili muddati 
tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin qarzdor tomonidan olinishi nazarda 
tutilishi kerak.
Mulkiy majmua sifatida sotilayotgan korxonaning (biznesning) 
oldi-sotdi shartnomasi elektron onlayn kimoshdi savdosi golibi bilan 
tashqi boshqaruvchi o‘rtasida elektron onlayn-aukstion shaklidagi 
kimoshdi savdosi yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan 
kechiktirmay tuziladi. Elektron onlaynaukstion shaklidagi kimoshdi 
savdosida golib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi 
kimoshdi savdosi o‘tkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari 
to‘grisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va ushbu bayonnoma 
shartnoma kuchiga ega bo‘ladi. Elektron onlayn-aukstion shaklidagi 
kimoshdi savdosida golib chiqqan shaxs elektron onlayn-aukstion 
shaklidagi 
kimoshdi 
savdosi 
bayonnomasini 
yoki 
oldi-sotdi 
shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda o‘zi to‘lagan zakalatdan 
mahrum bo‘ladi. Zakalat summasi elektron onlaynaukstion shaklidagi 
kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni o‘tkazishga ketgan 
chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdorning aktivlari tarkibiga 
kiritiladi.
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida 
nazarda tutilgan shartlar asosida mulkiy majmua sifatida sotilmagan 
bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, kreditorlar yigilishi qaroriga binoan korxonani 
(biznesni) mulkiy majmua sifatida ommaviy oferta savdosiga qo‘yishi va 
ommaviy axborot vositasida ommaviy oferta to‘grisidagi taklif e’lon 
qilingach, kamida o‘n besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni 


153 
taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi 
shartnomasini tuzishi mumkin.
Ommaviy oferta savdosiga qo‘yish haqidagi qaror kreditorlarning 
uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb 
hisoblanadi, ofertaga taklif etilgan korxonani (biznesni) mulkiy majmua 
sifatida sotishdagi boshlangich narx esa ilgarigi elektron onlayn-aukstion 
shaklidagi kimoshdi savdosida belgilangan boshlangich narxdan kam 
bo‘lmasligi kerak.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan 
summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor to‘la hajmda 
qanoatlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan hollarda, to‘lovga 
qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish tashqi boshqaruvchining 
arizasiga binoan sud tomonidan tugatilishi lozim.
Agar korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan 
tushgan summa kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirish uchun 
etarli bo‘lmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni 
taklif qiladi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, sud tashqi 
boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qiladi.
Korxonani (biznesni) mulkiy majmua sifatida sotishdan olingan 
mablaglar ushbu Qonunning 149, 150 va 185-moddalarida nazarda 
tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi.
Tashqi boshqaruv tartib-taomili jarayonida tashqi boshqaruvchi 
kreditorlar yigilishining roziligi bilan qarzdorning arzonbaho va tez 
ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo hamda tayyor 
mahsulot qoldiqlarini elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi 
savdosi o‘tkazmagan holda, oldi-sotdi shartnomalari asosida to‘gridan-
to‘gri sotishga haqlidir.
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotishdan tushgan mablaglar 
To‘lovga qobiliyatsizlik to’grisidagi Qonunning 149, 150 va 185-
moddalarida nazarda tutilgan navbat tartibida taqsimlanadi. Qarzdorning 
talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish - qarzdorning 
talab qilish huquqlaridan o‘zganing foydasiga voz kechish, agar tashqi 
boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, talab 


154 
qilish 
huquqlarini 
tashqi 
boshqaruvchi 
tomonidan 
kreditorlar 
yigilishining yoki kreditorlar qo‘mitasining roziligi bilan elektron onlayn-
aukstion shaklidagi kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi 
mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini 
elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan 
muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan bo‘lsa yoki talab 
qilish huquqlari elektron onlayn-aukstion shaklidagi kimoshdi savdosida 
sotilmagan bo‘lsa, kreditorlar yigilishi yoki kreditorlar qo‘mitasi talab 
qilish huquqlarini sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini 
belgilaydi.
Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki 
uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi - qarzdorning muassislari 
(ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv 
tartib-taomili tugagunga qadar istalgan vaqtda kreditorlarning talablari 
reestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la 
qanoatlantirishga haqli.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) soliqlar hamda yigimlar 
bo‘yicha majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan 
bajarilishiga, basharti bunday bajarish kreditorlarning talablari reestriga 
muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yo‘la qanoatlantirsa, yo‘l 
qo‘yiladi.
Kreditorning o‘zi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish 
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatlarini 
buzganligi, xuddi shuningdek ijroni ta’minlashdan boshqacha tarzda bosh 
tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga 
muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganda, 
pul mablaglari qarzdor joylashgan erdagi (uning yashash joyidagi) 
notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
Qarzdorning qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish - qarzdorning 
to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor 
akstiyadorlik jamiyatining qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish 
imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qo‘shimcha akstiyalarni 
joylashtirish yo‘li bilan ustav fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish 


155 
imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan 
qarzdorning akstiyadorlari umumiy yigilishining iltimosnomasiga 
binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv 
tartib-taomili tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan 
bo‘lsa, kiritilishi mumkin.
Qarzdor akstiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) 
uning qo‘shimcha akstiyalarini chiqarish yo‘li bilan ko‘paytirish 
to‘grisidagi qaror kreditorlar yigilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar 
qarzdorning ustav fondini (ustav kapitalini) uning qo‘shimcha 
akstiyalarini joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirish haqidagi masalani hal 
qilishda e’lon qilingan akstiyalarning qarzdorning ustavida belgilangan 
miqdorini ko‘paytirishga oid qismiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
zarur bo‘lsa, u holda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda 
tutilgan tartibda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganidan keyin ustav 
fondini (ustav kapitalini) ko‘paytirish to‘grisida qaror qabul qilinishi 
mumkin bo‘ladi.
Qarzdorning qo‘shimcha akstiyalarini joylashtirish asosan ularning 
haqini faqat pul mablaglari bilan to‘lagan holda, ochiq obuna bo‘yicha 
amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning akstiyadorlari qarzdorning 
joylashtiriladigan akstiyalarini akstiyadorlik jamiyatining o‘zlariga 
tegishli akstiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning 
to‘rtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli 
huquqqa ega bo‘ladi.
Tashkil 
etilayotgan 
jamiyatlar 
ustav 
fondlarining 
(ustav 
kapitallarining) miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi 
tashkilot tomonidan qarzdor molmulki egasi yoki qarzdorning tegishli 
bitimlarni tuzish to‘grisida qaror qabul qilishga ta’sis hujjatlari bilan 
vakolat berilgan boshqaruv organi takliflari hisobga olingan holda 
aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
Qarzdor aktivlarining o‘rni almashtirilayotganda bu haqda qaror 
qabul qilinguniga qadar amalda bo‘lgan barcha mehnat shartnomalari, ish 
beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan 
akstiyadorlik jamiyatiga yoki akstiyadorlik jamiyatlariga o‘tkazilgan 
holda, o‘z kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini 


156 
amalga oshirishga doir listenziyalari qonunchilikda belgilangan tartibda 
qayta rasmiylashtirilishi kerak.
Mol-mulkning 
baholash 
qiymati 
kreditorlar 
talablarining 
summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda, qarzdorning mol-mulki asosida 
tashkil etilgan akstiyadorlik jamiyati yoki akstiyadorlik jamiyatlarining 
akstiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va fond birjasida 
sotiladi.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan akstiyadorlik 
jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining akstiyalarini sotish barcha 
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablaglari 
to‘planishini ta’minlashi kerak.
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan akstiyadorlik 
jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining akstiyalarini fond 
birjasida sotish qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil 
etilgan akstiyadorlik jamiyatining yoki akstiyadorlik jamiyatlarining 
akstiyalarini 
fond 
birjasida 
sotish 
nazarda 
tutilishi 
mumkin. 
Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonunning 149 va 150-
moddalarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti - tashqi boshqaruvchi tashqi 
boshqaruv tartib-taomili muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni 
muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar mavjud bo‘lganda kreditorlar 
yigilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) 
talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reestriga muvofiq 
barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun etarli pul 
mablaglari to‘plangan taqdirda kreditorlar yigilishi ko‘rib chiqishi uchun 
hisobot taqdim etishi shart. Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yigilishi 
tomonidan hisobotni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan muayyan 
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul 
qilingan bo‘lsa, sudga hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar bo‘lishi kerak:
qarzdorning so‘nggi hisobot sanasidagi holatga ko‘ra buxgalteriya 
balansi; pul mablaglarining harakati to‘grisidagi hisobot; qarzdorning 
moliyaviy natijalari haqidagi hisobot; qarzdorning pul majburiyatlari va 


157 
(yoki) soliqlar hamda yigimlar bo‘yicha kreditorlarning talablarini 
qanoatlantirishga qaratilishi mumkin bo‘lgan bo‘sh pul mablaglari bor-
yo‘qligi to‘grisidagi ma’lumotlar; qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti 
hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari 
haqidagi ma’lumotlar; qarzdorning kreditorlik qarzini to‘lash imkoniyati 
to‘grisidagi boshqa ma’lumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reestri 
ilova qilingan bo‘lishi kerak. Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish 
bilan bir vaqtda kreditorlar yigilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi: 
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi 
boshqaruv tartib-taomilini tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob 
qilishga o‘tish to‘grisidagi; kelishuv bitimi tuzish haqidagi; tashqi 
boshqaruv tartib-taomilining muddatini uzaytirish to‘grisidagi; tashqi 
boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga 
doir ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat 
etish haqidagi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruv tartib-taomili 
muddati tugaganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay yoki tashqi 
boshqaruv tartibtaomilini muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar 
yuzaga kelganidan keyin o‘n besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar 
yigilishini chaqirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning (organlarning) 
talabiga binoan kreditorlar yigilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan 
kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yigilishi tomonidan ko‘rib 
chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga tashqi boshqaruvchining 
hisobotini ko‘rib chiqish bo‘yicha kreditorlar yigilishi o‘tkazilishi 
to‘grisida ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabar 
berishi shart.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruv tartib-
taomilining muddati tugashiga kamida o‘n besh kun qolganida yoki 
kreditorlar yigilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida o‘n 
kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan 
tanishish imkoniyatini berishi shart.


158 
Kreditorlar yigilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini ko‘rib 
chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga 
haqli: qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan 
hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruv 
tartib-taomilini tugatish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat 
etish haqidagi; kelishuv bitimi tuzish to‘grisidagi; tashqi boshqaruv tartib-
taomilining muddatini uzaytirish to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga 
murojaat etish haqidagi; qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir 
ish yuritishni boshlash to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat 
etish haqidagi.
Tashqi boshqaruvchi hisobotining sud tomonidan tasdiqlanishi 
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigilishi tomonidan ko‘rib chiqilgan 
hisoboti va kreditorlar yigilishining bayonnomasi kreditorlar yigilishi 
o‘tkazilgan sanadan keyin ikki kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi 
tomonidan sudga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reestri 
va kreditorlar yigilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz 
berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi 
kerak. Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari 
sud tomonidan majlisda ko‘rib chiqiladi. Sud majlisi o‘tkaziladigan sana, 
vaqt va joy to‘grisida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan 
kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir 
bo‘lmasligi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni ko‘rishga monelik 
qilmaydi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti quyidagi hollarda sud tomonidan 
tasdiqlanishi lozim, agar:
 
kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari 
reestriga muvofiq qanoatlantirilgan bo‘lsa; 
 
qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan 
hisob-kitoblarga o‘tilishi munosabati bilan kreditorlar yigilishi tashqi 
boshqaruv tartibtaomilini tugatish to‘grisida qaror qabul qilgan bo‘lsa;
 
kreditorlar 
yigilishi 
tomonidan 
muayyan 
navbatdagi 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan 
bo‘lsa;


159 
 
tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan 
hisob-kitoblarni boshlash to‘grisida iltimosnoma bergan bo‘lsa;
 
kreditorlar bilan qarzdor o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilgan 
bo‘lsa; 
 
tashqi 
boshqaruv 
tartib-taomili 
muddatini 
uzaytirish 
to‘grisidagi iltimosnoma bilan sudga murojaat etish haqida kreditorlar 
yigilishi tomonidan qaror qabul qilingan bo‘lsa.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish kreditorlar bilan 
hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga ko‘ra sud tomonidan ko‘rib 
chiqilganidan keyin tugatiladi.
Agar sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-
kitoblar amalga oshirilmagan bo‘lsa, sud qarzdorni bankrot deb topish va 
tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror qabul qiladi.
Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash 
to‘grisida ajrim chiqarish oqibatlari - sud tomonidan muayyan navbatdagi 
kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash to‘grisida ajrim chiqarilishi 
kreditorlarning talablari reestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-
kitoblarni boshlash uchun asos bo‘ladi.
Sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni 
boshlash to‘grisidagi ajrimida quyidagilar belgilanadi:

talablari qanoatlantirilishi boshlanadigan kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirish navbati;

navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash 
navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran ikki oydan 
oshmasligi shart bo‘lgan muddati; 

bunday navbatdagi kreditorlarning talablarini qanoatlantirish 
nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim 
chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qanoatlantirilishi lozim 
bo‘lgan talablari sud tomonidan aniqlangan taqdirda, sud kreditorlarning 
talablarini qanoatlantirish tartibini o‘zgartirish to‘grisida ajrim 
chiqarishga haqli.


160 
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar sud 
tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-
kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan bo‘lsa, kreditor 
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash 
to‘grisidagi ajrim chiqarilgan sanadan e’tiboran to uning talablari 
tegishincha to‘la yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga 
qadar to‘lanmagan summaga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 
327moddasida 
nazarda 
tutilgan 
miqdorda 
foizlar 
hisoblanishini talab qilishga haqli.
To‘lovga qobiliyatsizlik to‘grisidagi ishni yuritish tugatilganligi 
yoki sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish 
yuritishni boshlash haqida qaror qabul qilganligi tashqi boshqaruvchining 
vakolatlari tugashiga olib keladi. Agar tashqi boshqaruv tartib-taomili 
kelishuv bitimini tuzish yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi 
bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylanguniga 
(tayinlanguniga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom 
ettirib turadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash) 
to‘grisidagi masalani ko‘rib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv 
organini o‘z tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor 
mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Agar sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir 
ish yuritishni boshlash to‘grisida qaror qabul qilingan hamda tugatish 
boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan bo‘lsa, tashqi boshqaruvchi 
tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirguniga qadar o‘z vazifasini 
bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish 
boshqaruvchisi tayinlangan sanadan e’tiboran uch ish kunidan 
kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin