99
Kreditorlarni talablarini qondirish navbati O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 56 moddasida belgilangan bo‘lib,
birinchi
navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib
chiqadigan
talablari
qondiriladi.
Mazkur
qoidani
belgilashda
mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza qilish va Mehnat kodeksi
normalari inobatga olingan.
Ikkinchi navbatda alimentlarni undirishdan va
mualliflik shartnomalari bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablar,
uchinchi navbatda esa tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan
fuqarolarning hayotiga va sogligiga zarar etkazilganligi uchun berilgan
talablari tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan
qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va sogliqqa etkazilgan zarar uchun
belgilangan tartibda javobgar deb topilgan
yuridik shaxs tugatilgan
taqdirda, tegishli to‘lovlar ularni qonun hujjatlarida belgilangan
qoidalarga ko‘ra jabrlanuvchiga to‘lash uchun kapitallashtirilishi lozim.
Tugatilayotgan yuridik shaxsning molmulki yo‘qligi yoki etarli emasligi
sababli to‘lovlarni kapitallashtirish mumkin bo‘lmagan hollarda,
belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat tomonidan qonunda nazarda
tutilgan tartibda to‘lanadi. (1015 m.) Har bir navbatdagi talab oldingi
navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
tartibda qanoatlantiriladi. (O‘z.R. FK 56- modda.) Biz yuqorida qayd etib
o‘tgan fuqarolarning talablari to‘liq
qondirilgandan keyin, qolgan
molmulk quyidagi tartibda taqsimlanadi: birinchidan, shu molmulk
qiymatidan sud qarorida kimning talabi birinchi bo‘lib
qondirilishi
ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu kreditorlarning qarzlari to‘lanadi; ikkinchidan,
qolgan molmulk qiymatidan talabnoma taqdim etish muddati o‘tib
ketgandan so‘ng, berilgan talablar qondirilishi mumkin.
Barcha kreditorlar bilan hisob kitob ishlari nihoyasiga etkazilgandan
so‘ng, tugatishning yakunlovchi bosqichi boshlanadi.
Tugatish komissiyasi muassislar va ishtirokchilar bilan kelishib,
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan tasdiqlangan tugatish
balansini tuzadi . Yuridik shaxsning kreditorlari talablari qondirilgandan
keyin qolgan molmulk uning shu molmulkka ashyoviy huquqlarga yoki
ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan
100
muassislariga va ishtirokchilariga topshiriladi. Shundan so‘ng
yuridik
shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat
reestriga kiritilib yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik
shaxsning maxsus huquq layoqati esa tugagan hisoblanadi.
Mazkur yuridik shaxsni tugatish bosqichlari birbiri bilan
chambarchas bogliq, biri ikkinchisini to‘ldirib boradi. Birontasining to‘gri
bajarilishiga e’tibor berilmasa, tugatish
jarayonining aniq va izchil
amalga oshirilishiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: