71
tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida o‘ziga
xos xususiyatlarini
birma-bir tahlil qilishga harakat qilamiz.
Amaldagi qonunlarimizga muvofiq xususiy va ommaviy mulk
shakllari mavjud. Ommaviy mulk davlat mulkidan iborat bo‘lib, u ikki xil
turdagi mulkdan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi mulki va munitsipal
mulkdan tashkil topadi.
Yuqoridagi mol-mulklar asosida davlat tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshiradi va ularni o‘z organlari orqali korxonalarning tadbirkorlik
faoliyati
yuritishiga berib, yangi subyekt korxonalarni tashkil etadi.
Shuningdek,
mulkdor
sifatida
davlat
tasarrufidan
chiqarish,
xususiylashtirish masalalarini o‘zining maxsus organlari vakolatiga
bergan.
Davlat mulki bo‘lgan maxsus ob’ekt - davlat xazinasiga O‘zbekiston
Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yigimlar va boshqa majburiy
to‘lovlar bo‘yicha davlat kreditor hisoblanadi. Shuningdek, davlat
nomidan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha
gazna mablaglari hisobidan
javobgar hisoblanadi. Davlatning vakolati tadbirkorlik subyektlariga
nisbatan boshqaruv faoliyati bo‘lib hisoblanadi.
Davlat insonlarning moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirishdek
ulkan vazifani bajarish maqsadida erkinlik asosidagi tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirishi bilan bir vaqtda, hisob-kitob yuritish, moliya,
soliq, subyektlar imtiyozlari kabi institutlarni tartibga solish ishini olib
boradi va ular yagona dastur sifatida ko‘rinadi.
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solish usuli
umumiy va alohida asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy asos bo‘lib
qonun chiqarish bo‘lib hisoblansa, alohida asosda turli-tuman sohalar
bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati subyektlariga nisbatan o‘z ta’sirini
o‘tkazadi, ya’ni iqtisodiy faoliyatning turli jihatlarini tartibga soladi.
Masalan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetkazib
berish va xarid qilish, byudjet manfaatlarini ko‘zlagan holda
qonunlar, ekologiya masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish to‘risidagi
qonunlarni qabul qilinishi orqali subyekt sifatida ko‘rinadi.
72
Tadbirkorlik faoliyatida davlatning ta’siri – bu tadbirkorlik
subyektlarini tuzish, bekor qilish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishni
nazorat qilish faoliyatidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat
tomonidan tadbirkorlik
faoliyatini tartibga solishning quyidagi shakllarini ajratish mumkin:
normativ huquqiy hujjatlar iqarish;
davlat buyurtmalari;
davlat kontrakti;
davlat tomonidan tartibga solishni belgilovchi hujjatlar.
Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlatning iqtisodiyotga
ta’sir etishining yana bir usuli bu bozor mexanizmini tashkil etib, unda
monopoliyaga yo‘l qo‘ymaslik, soliq tizimi orqali va har bir subyektining
huquqini himoya qilish, iqtisodiy erkinliklarining kafolatlashni
belgilashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: