Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish asoslari. 
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘risida”gi 
qonunning yangi tahriri (2012-yil 2-mayda qabul qilingan) da yuridik 
shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini olib boruvchi tadbirkorlik 
subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati 
ko‘lamini kengaytirdi va tadbirkorlik subyekti sifatida mustahkamladi. 
Qonunga ko‘ra, har qanday fuqaro tadbirkor hisoblanmaydi, faqat 
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va tadbirkor maqomini 
olgan jismoniy shaxslargina tadbirkor sifatida e'tirof etiladi.
Rossiya Federastiyasi Fuqarolik kodeksining 23-moddasi 1-qismida 
har qanday fuqaro qonun hujjatlarga asosan tadbirkorlik bilan 
shugullanish huquqiga ega bo‘lishligi va bunda ular tadbirkorlik 
faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan (yakka tadbirkor) sifatida va 
ushbu faoliyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganidan so‘nggina 
shugullanishga haqli ekanligi belgilangan.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan 
mulk huquqi asosida mustaqil mulkchilikda bo‘lgan mol-mulk asosida, 
shuningdek mulkka egalik qilish va (yoki) foydalanishga imkon 
beradigan boshqa ashyoviy huquqlar asosida amalga oshiriladi.


68 
Shunday qilib, Qonunning 7-moddasida yuridik shaxs tashkil 
etmasdan 
tadbirkorlik 
subyektlarining 
shakllari 
quyidagicha 
mustahkamlangan:

er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan 
amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;

ikki yoki undan ortiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 
foyda olish yoki qonunga zid bo‘lmagan boshqa maqsadga erishish uchun 
o‘z hissalarini qo‘shish va yuridik shaxs tuzmasdan, birgalikda ish qilish 
majburiyatini olgan oddiy shirkat;

yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligini 
yuritish.
Shu o‘rinda ushbu mavzu bo‘yicha bilimlarni yanada 
mustaxkamlash maqsadida qo‘yidagi savollarga e’tibor qaratsak. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday tashkil etiladi?
O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibi qanday bo‘ladi?
Uyda o‘tirgan holda tadbirkor bo‘lish mumkinmi?
Yakka tartibdagi tadbirkorlardan qanday soliqlar undiriladi?
Yakka tartibdagi faoliyat turini tashkil qilish va tadbirkorlardan 
olinadigan soliq to‘lovlari haqida mutaxassisning ta'kidlashicha, yakka 
tartibdagi tadbirkorlik (YaTT) faoliyatini tashkil qilish uchun Davlat 
xizmatlari agentligi markazlaridan biriga borish orqali yoki elektron 
shakldagi interaktiv xizmatlar yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Bugungi kunda tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tishi uchun 
ortiqcha hech qanday hujjatlar talab etilmaydi. Tadbirkorlik faoliyatini 
yarim soat yoki uzoi bilan bir soat muddatda ro‘yxatdan o‘tkazib 
tadbirkorlik guvohnomasi olish mumkin.
Tadbirkorlikni istagan shaxs ro‘yxatdan o‘tish uchun joylarda 
tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazida, ish haqi bazaviy hisoblash 
miqdorining 1 barobari miqdorida davlat boji to‘lashi, agar tadbirkor 
elektron shaklda mustaqil ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsa, bazaviy hisoblash 
miqdorining 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi kabi tartiblar joriy 
etildi.
Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million


69 
so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq to‘laydi.
Bir kalendar yilida olgan daromadi 100 million so‘mdan oshgan, 
biroq 1 milliard so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar, 
tovar aylanmasidan olinadigan daromad hisobidan soliq to‘lashga 
o‘tkaziladi.
Bir kalendar yilida tovarlar aylanmasidan olingan daromadi 1 
milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni yuridik 
shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, joylashgan joyi va faoliyat turidan kelib chiqib, 
Toshkent shahridagi tadbirkorlar uchun alohida, viloyat markazidagi 
tadbirkorlar uchun alohida va chekka hududlardagi tadbirkorlar uchun 
alohida qat'iy belgilangan soliq stavkasi belgilangan.
Bugungi kunda YaTT lar uchun qanday imtiyozlar mavjud:
YaTTlar faoliyatini boshlagandan keyin bir oy davomida 
soliqlardan ozod etiladi. Shuningdek, I, II guruh nogironligi bo‘lgan 
YaTTlar belgilangan soliq stavkasining 50 foizi miqdorida soliq to‘laydi.
Agar YaTT 2 yoki undan ortiq faoliyat turi bilan shuullansa (ya'ni 
bir paytda ham chakana savdo, ham xizmat ko‘rsatish) har biri uchun 
alohida alohida belgilangan qat'iy stavkada soliq to‘laydi, ammo bazaviy 
hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida umumiy bitta ijtimoiy soliq 
to‘lashi belgilangan.
YaTT o‘z faoliyat turidan kelib chiqib, 1 nafardan 3 nafargacha 
ishchi yollash imkoniyatiga egaligi, ya'ni chakana savdo bilan 
shuullanadigan tadbirkor 1 nafargacha, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan 
shuullanuvchi tadbirkor 3 nafargacha ishchi yollashi mumkin.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, 2021 yildan boshlab kiritilgan 
o‘zgarishlarga asosan yakka tartibdagi tadbirkordan soliq agenti sifatida 
yollangan xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
soligi (daromadning 12 foizi miqdorida) undiriladi. Ma'lumot uchun, 
hozirda YaTT yuzga yaqin faoliyat turlari bilan shuullanishi mumkin. 
2011 yil 6 yanvardagi Vazirlar Mahkamasining qarorida yakka tartibdagi 
tadbirkorlar shugullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari belgilangan.
Avvalroq, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini 
olish maqsadida davlat organlari tomonidan tadbirkorlarni nazorat 


70 
qilishning aniq 4 xil shakllari mavjudligi, bundan tashqari tadbirkorlik 
faoliyatini nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat funksiyalari 
ro‘yxati shakllantirilishi ma'lum qilingandi.
Bundan tashqari, joriy yilning oxirigacha yagona Tadbirkorlik 
kodeksi ishlab chiqilishi va kodeksda tadbirkorlikka oid litsenziyalash, 
ruxsatnoma berish, yer ajratishga doir masalalar ham aniq tartibda 
belgilanishi haqida ma'lumot berilgandi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin