66
To‘gri, bunday holat albatta achinarli,
lekin undan qutilib
bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yuridik shaxsni tugatish masalasi
haqiqatdan dolzarb mavzu bo‘lib bormoqda. Ushbu vaziyatga
mamlakatimizda to‘ri baho berilib, qonunda belgilangan tartib asosida hal
qilish uchun maxsus qonun meyorlari va chora tadbirlar ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
normalari yuridik
shaxslarni tugatishning fuqarolik-huquqiy tartibga solinishini to‘liq
mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat bo‘lsa, shu singari
mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan qishloq xo‘jalik
korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda esa yuridik shaxsni
tugatishda mazkur sohaning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinib
huquq normalari belgilangan.
Tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tuzish asosida tashkil qilgan
subyektlarni tugatishning umumiy tartib taomillari O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksida belgilangan xamda yuridik shaxslarni
tugatilishining ikki xil usuli ko‘rsatilgan.
Birinchisi ixtiyoriy usul bo‘lib, u quyidagi asoslarga ko‘ra amalga
oshiriladi:
muassislar (ishtirokchilari) yoki tasis hujjatlari bilan tugatishga
vakolat berilgan yuridik shaxs
organining qaroriga muvofiq;
yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi bilan; uni
tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan;
yuridik shaxsni tashkil etish choida qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l
qo‘yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo‘lmasa, sud
yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazishni haqiqiy emas deb topganda;
muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomonidan
tashkilotni tugatish uchun etarli bo‘lgan boshqa
sabablarni tan olishi
bilan.
Ikkinchisi-majburiy usulda sud qarori bo‘yicha quyidagilarga ko‘ra
tugatish amalga oshiriladi:
faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirish;
qonun tomonidan taqiqlab qo‘yilgan faoliyatni amalga oshirgan yoki
qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo‘pol ravishda buzish
holatlarida;
67
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq
kirib kelishi o‘z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga
jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli 6 oy mobaynida (savdo
vositachilik korxonasi esa - uch oy mobaynida)
bank hisobvaraqlari
bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bogliq moliya-xo‘jalik
faoliyatini amalga oshirilmagan, (dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan
mustasno) va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan etiboran bir
yil ichida ustav fondi ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda
shakllantirilmagan taqdirda ham uning tugatilishiga olib kelishi haqidagi
norma Fuqarolik kodeksida mustahkamlab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: