Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari, yakka tartibdagi 
tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan 
tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga 
oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan 
mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, 
shuningdek molmulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l 
qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) 
uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga 
haqlidir.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan 
shugullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. 
Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bitimlar 
tuzayotganida, 
yakka 
tartibdagi 
tadbirkor 
sifatida 
harakat 


42 
qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o‘zidan aniq 
anglashilmasa, ko‘rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi 
yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari bo‘yicha zimmasidagi 
javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda 
shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga 
haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi 
haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan 
biri erxotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan 
hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi 
o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning 
(xotinning) roziligi talab qilinadi.
Yuqoridagi qonuning 7-moddasi jismoniy shaxslarning yuridik 
shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish shakllarini belgilaydi. Unga muvofiq, jismoniy shaxslar yuridik 
shaxs tashkil etmagan holda birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini oilaviy 
tadbirkorlik, oddiy shirkat va dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga 
oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tganidan keyingina birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasining taraflari 
bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyatini oilaviy shaklida tashkil 
etishlari mumkin. Ushbu shaklni amalga oshirilishi, oddiy shirkat va 
dehqon xo‘jaligi tuzilishi, faoliyat ko‘rsatishi hamda faoliyatining 
tugatilishi bilan bogliq munosabatlar qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Oilaviy 
tadbirkorlikni 
amalga 
oshirish 
O‘zbekiston 
Respublikasining Oilaviy tadbirkorlik to‘grisida 26.04.2012 yildagi 
O‘RQ-327-son Qonunida belgilangan tartibda, oilaviy tadbirkorlik oila 
a’zolari tomonidan tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida 
daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik 
faoliyatidir. Oilaviy tadbirkorlik o‘z ishtirokchilarining ixtiyoriyligiga 
asoslanadi. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil 


43 
etmagan holda amalga oshirilishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etgan 
holda amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy 
shakli oilaviy korxonadir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik 
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yuridik 
shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari uch 
nafargacha doimiy ishchini yollab, ular bilan mehnat shartnomasi 
tuzishga, shuningdek mehnatga layoqatli yoshga to‘lgan boshqa yaqin 
qarindoshlarini, shu jumladan bolalari va nevaralarining erini (xotinini), 
akaukalari va opa-singillarini, ularning xotinini (erini) va bolalarini 
yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektining 
ishtirokchisi sifatida jalb etishga haqli. 3-modda.
Oilaviy tadbirkorlikning yuridik shaxs tashkil etgan shakli oilaviy 
korxona hisoblanadi. Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan 
tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va 
realizastiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy 
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan 
umumiy mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har 
birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik 
subyektidir. Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy 
mehnatiga asoslanadi.
Oilaviy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy 
shakllaridan biridir.
Oilaviy korxona faoliyatni faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda 
amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-
mulkka ega bo‘lishi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni 
olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda 
da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha 
qonunga 
muvofiq 
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk bilan 
javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki etarli 
bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli 
mol-mulk bilan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.


44 
Oilaviy korxona 
qonunchilikka 
muvofiq xodimlarni yollashni 
amalga oshirishi mumkin. (O‘zR MKning 2-§, 77-moddasi. Ishga qabul 
qilishga o‘n olti yoshdan yo‘l qo‘yiladi. (77-moddaning birinchi qismi 
O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-239-sonli 
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 52-son, 554-modda)
Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sogligiga 
hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon etkazmaydigan, ta’lim 
olish jarayonini buzmaydigan engil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida 
bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan 
birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma 
roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. (77moddaning ikkinchi 
qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 24 dekabrdagi
O‘RQ-239-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009 y., 52-son, 
554-modda)
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu 
Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan 
holda amalga oshiriladi.
Oilaviy 
korxona 
ishtirokchilarining 
va 
uning 
yollanma 
xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining 
qonunchilikda
 belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin 
emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki 
kishidan oz bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va 
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning 
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona” degan 
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma 
nomi uning qisqartirilgan nomini va “Oilaviy korxona” degan so‘zlarni 
yoki “OK” abbreviaturasini o‘z ichiga olishi kerak.
Oilaviy korxona ishtirokchilari sifatida oila boshligi, uning xotini 
(eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan 
boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), 
tugishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari 
(xotinlari) hamda bolalari, toga va amaki hamda amma va xolalari) 


45 
oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Faqat muomalaga 
layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Davlat 
organlarining 
mansabdor 
shaxslari, 
shuningdek 
qonunchilikda tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi taqiqlangan 
boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy 
korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.
Oilaviy korxona boshligi yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro 
munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligi ish ko‘radi.
Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligi bo‘lishi 
mumkin, unga oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari bir ovozdan ish 
muomalasida o‘z nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Oilaviy korxona boshligi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yo‘qotgan yoki uzoq vaqt bo‘lmagan taqdirda, u o‘z vazifasini vaqtincha 
bajarib turish vakolatini oilaviy korxonaning qolgan ishtirokchilari bilan 
kelishgan holda ulardan biriga berishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A. Karimov, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga 
bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish zarurati to‘grisida shunday deydi: keyingi yillarda... 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin