Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-BOB. TADBIRKORLIK HUQUQI SUBYEKTLARI



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2-BOB. TADBIRKORLIK HUQUQI SUBYEKTLARI 
  
1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va tasnifi.
2.Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatini tashkil qilish, davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish.
3.Yakka tartibdagi tadbirkor tadbirkorlik huquqining subyekti 
sifatida.
4. Tadbirkorlik huquqining subyekti sifatida davlat.
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar  
Bobni o‘zlashtirish uchun testlar  
  
1.Tadbirkorlik huquqi subyektlari tushunchasi, belgilari va 
tasnifi. 
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tushunchasi va maqomini aniqlash 
uchun avvalambor “huquq subyekti” va “fuqarolik huquqi subyekti” 
tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo‘ladi. Huquq 
subyekti keng huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi 
qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O‘z navbatida har bir 
huquq tarmoining o‘z subyektlari (davlat huquqida – saylovchilar va 
saylanuvchilar, mehnat huquqida - ish beruvchi va xodim, moliya 
huquqida - soliq to‘lovchi va soliq organi hamda boshqalar) bo‘lganidek, 
tadbirkorlik huquqining ham o‘z subyektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha subyektlari yagona “shaxslar” degan 
umumiy nom bilan ifodalanadi. “Shaxslar” ham o‘z navbatida uch 
guruhga bo‘linadi: birinchisi, fuqarolar (jismoniy shaxslar) bo‘lib, ular 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, 
shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar; ikkinchisi, yuridik shaxslar 
bo‘lib, ular foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan 
(tijoratchi tashkilot) yoki foyda olishni ana shunday maqsad qilib 
olmagan tashkilot (tijoratchi bo‘lmagan tashkilotlar) hisoblanadi. Ular 
O‘zbekiston Respublikasi, chet el yoki aralash (qo‘shma) korxonalar 
shaklida bo‘lishi mumkin; uchinchisi, davlat bo‘lib, u alohida subyekt 
sifatida bevosita o‘z nomidan, shuningdek uning nomidan ma’muriy 


39 
hududiy tuzilmalar yoki davlat organlari ishtirok etishlari mumkin. 
(O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 2-bo‘lim) 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin