30
Tadbirkorlik
huquqi
bilan
tartibga
solinadigan
ashyoviy
munosabatlar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash, taqsimlash va istemol
qilish bilan bevosita bog`liqdir. Ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lmagan,
shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan ashyolar tadbirkorlik
huquqiy ashyoviy munosabatlarning obyekti bo`la olmaydi.
Harakatlar deganda, misol uchun
fuqaro va tashkilotlarga
ko`rsatiladigan xizmatlarni tushunish mumkin. Bunday xizmatlar
tadbirkorlik huquqi bilan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning
obyekti hisoblanadi. Talab qilish huquqiga ega bo`lgan fuqaro yoki
tashkilotlarning talablari zimmasiga majburiyat olgan shaxslarning hatti-
harakatlari bilan qanoatlantiriladi. Masalan, mahsulot yetkazib berish
shartnomasi bo`yicha mahsulot yetkazib berish bilan bog`liq hatti
harakatning amalga oshirilishi va boshqalar.
Tadbirkorlik
huquqiy
munosabatlarning
obyekti
sifatida
subyektning mutlaq faoliyati alohida o`rin tutadi. Mazkur munosabat
obyektini shunday tushunmoq lozimki, tadbirkorlik subyektlari o`z
tadbirkorlik faoliyatini qonunga muvofiq
yuritadi va boshqa barcha
shaxslar uning tadbirkorlik faoliyatini yuritishiga to`sqinlik qilishi
taqiqlanadi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar obyektlarining yana biri
tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan nomulkiy nematlar, yani firma,
tovar belgisi, tijorat siri va boshqalar hisoblanadi. Bunday nematlardan
subyektlarning erkirodasidan tashqari hech bir shaxs foydalanishga, tovar
ishlab chiqariladigan nomni o`zgartirishga, tijorat siri xususida axborot
olishga haqli emas.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarining mazmunini munosabatda
ishtirok etuvchilarning subyektiv huquqlari va burchlari tashkil etadi.
Subyektiv huquq deganda, muayyan huquqiy munosabatda qatnashuvchi
shaxsga tegishli bo`lgan huquq tushuniladi. Subyektiv huquq obyektiv
huquq
normalari, yani davlat tomonidan o`rnatilgan tartib qoidalar
asosida vujudga keladi va ularga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Subyektiv huquq shaxsga o`z xohishini erkin amalga oshirish
imkoniyatini beradi. Masalan, fuqaro xususiy mulk asosida ashyodan
foydalanishga yoki uni qonun hujjatlariga zid bo`lmagan tarzda o`z
31
ixtiyoricha tusarruf qilishga haqli bo`ladi. Bundan tashqari, subyektiv
huquq shaxsning boshqalardan o`z huquqlarini buzilmasligini talab qilish
imkoniyatini nazarda tutadi. Masalan, mulk egasining subyektiv huquqi
bir tomondan, o`z
mulkini egallash, foydalanish va tasarruf etish bilan
bog`liq huquqlarni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, u subyektiv huquq
egasi sifatida o`z huquqlarining buzilmasligini har kimdan talab qila
oladi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning mazmunini huquqlar bilan
bir qatorda majburiyatlar ham tashkil etadi.
Majburiyat fuqarolik huquqiy munosabat bo`lib, unga asosan bir
shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni
amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish,
ishni bajarish,
xizmatlar ko`rsatish, pul to`lash va hokazo yoki muayyan harakatdan
o`zini saqlashga majbur bo`ladi, kreditor esa qarzdordan o`zining
majburiyatlarini bajarishni talab qilishga huquqiga ega bo`ladi. Bir
shaxsda subyektiv huquqning bo`lishi, boshqa birovda bu huquqqa
yarasha, albatta majburiyat bo`lishini taqozo qiladi va aksincha, har
qanday majburiyat uni bajarishni talab qilishga haqli bo`lgan shaxsning
mavjud bo`lishini bildiradi. Chunonchi, mulk egasi o`ziga qarashli mol-
mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`lish bilan bir qatorda u boshqa har
qanday shaxsdan bu huquqlardan foydalanishda to`sqinlik qilmasliklarini
talab qila oladi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning vujudga kelish asosi
sifatida yuridik faktlar muhim rol o`ynaydi. Yuridik faktlar deb, fuqarolik
huquqi va majburiyatlarning vujudga kelishi, o`zgarishi va bekor
bo`lishiga qaratilgan harakatlar tushuniladi. Shunday ekan, boshqa huquq
normalari singari tadbirkorlik huquqi normalari ham o`z-o`zidan
tadbirkorlik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirmaydi. Tadbirkorlik
huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o`zgarishi yoki bekor bo`lishi
malum holatlar bilan belgilanadi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 8-moddasida
fuqarolik huquq va burchlarning vujudga kelish asoslari o`z ifodasini
topgan bo`lib, bular bevosita tadbirkorlik huquqi va majburiyatlarini
vujudga kelish asosi ham hisoblanadi. Fuqarolik Kodeksida
32
ko`rsatilganidek, fuqarolik huquqi va burchlari qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolik va yuridik
shaxslarning, garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo`lmasada, lekin
fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko`ra
fuqarolik huquqi va burchlarini keltirib
chiqaradigan harakatlardan
vujudga keladi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlar vujudga kelishi uchun huquqiy
normalarda to`g`ridan-to`g`ri nazarga tutilgan, shuningdek huquqiy
normalarda nazarda tutilmagan bo`lsada, lekin tadbirkorlik qonun
hujjatlarining umumiy asoslari va mazmuniga muvofiq keladigan
muayyan faktlar mavjud bo`lishi lozim. Tadbirkorlik huquqiy
munosabatlarni vujudga keltiradigan, o`zgartiradigan va bekor qiladigan
asoslar sifatida ko`rilgan yuridik faktlar to`rt guruhga: mamuriy hujjatlar,
yuridik hatti-harakatlar, hodisalar va boshqa harakatlarga bo`linishi
mumkin.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi
mazmuni, obyektiga qarab bir necha turlarga ajratish mumkin.
Chunonchi:
-mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatlar;
-mutlaq-nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar (tadbirkorlik
yuritish, operativ boshqarish);
-o`z tadbirkorlik faoliyatini yuritish bo`yicha
mutlaq huquqiy
munosabatlar;
-nomulkiy huquqiy munosabatlar;
-nisbiy huquqiy munosabatlar;
Dostları ilə paylaş: