27
borasida tadbirkorlik yurituvchi subyektlar ishtirokida yuzaga keladigan
va tadbirkorlik huquqiy normalari bilan tartibga solib turiladigan
munosabatlar
tushuniladi.
Tadbirkorlik
huquqiy
munosabatlar
birinchidan,
ijtimoiy
tusdagi
munosabat,
ikkinchidan,
bunday
munosabatlar tadbirkorlik yurituvchi subyektlarning o`zaro huquqlar va
yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalari,
uchinchidan, bunday
munosabatlar irodaviy bo`lsa,
to`rtinchidan, tadbirkorlik huquqi
normalarida davlat irodasi va manfaatlari aks ettirilganligi uchun davlat
ularning bajarilishini nazorat qiladi va qo`riqlaydi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabat ishtirokchilari aksariyat hollarda
o`zlariga tegishli mulkka egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etishda
muayyan mustaqillikka ega bo`lib, bir-birlariga nisbatan teng huquqli
shaxslar hisoblanadi. Bundan tashqari, tadbirkorlik huquqiy munosabatda
qatnashuvchi shaxslarning
huquqlari buzilgan taqdirda, bu huquqlar
odatda sudga ariza yoxud davo ariza taqdim qilish yo`li bilan himoya
qilinadi.
Har bir huquq sohasining huquqiy munosabatlari o`ziga xos
subyektiga, obyektiga va munosabat mazmunini belgilovchi subyektiv
huquq va majburiyatlariga ega. Gap tadbirkorlik huquqi to`g`risida ketar
ekan, iqtisodiy muomala ishtirokchilarining o`zaro huquqiy aloqadorligi
ma’no va mazmunini aniq belgilash maqsadida lozim darajada
tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning barcha yuqoridagi kabi muhim
toifalarini (kategoriyalarini) chuqur tadqiq etish fan oldida turgan muhim
vazifalardan sanaladi. Haqiqatan, tadbirkorlik
huquqiy munosabatlar
tabiati xilma-xil hisoblanganligi uchun ham, uning tushunchasi va
vujudga kelishi haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli-tumandir.
Tadbirkorlik huquqi korxona va tashkilotlar o`rtasida vujudga
keladigan bo‘lib, tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish va amalga
oshirishda,
ularning
bo`linmalari
o`rtasida
vujudga
keladigan
munosabatlarni
tartibga
soladi.
Bu
munosabatlar
tadbirkorlik
munosabatlari bo`lib, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish
jarayonida vujudga keladi, lekin ishlab chiqarish
jarayonida nafaqat
xo`jalik, balki shu bilan birga mehnat munosabatlari yoki fuqarolarning
tobora oshib borayotgan moddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan
28
boshqa munosabatlar ham vujudga keladi. Takidlash joizki, tadbirkorlik
huquqining predmetini ishlab chiqarish munosabatlarining hammasi
emas, balki faqat bir qismi, u ham bo`lsa tadbirkorlik munosabatlari
tashkil etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati turli
mulkchilikka asoslangan subyektlar o`rtasida yuzaga kelmoqda. Bu
sohada vujudga keladigan tadbirkorlik munosabatlari o`z ichiga nafaqat
mulkiy yoki shaxsiy munosabatlarni, balki
korxona va tashkilotlarni,
ularning bo`linmalari faoliyatini tashkil etish, boshqarishdek muhim
jihatlarni ham qamrab oladi. Bu esa, tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishda vujudga keladigan gorizontal tadbirkorlik munosabatlari bilan
birga uni boshqarishda yuzaga keladigan vertikal tadbirkorlik
munosabatlariga
ham
taalluqli
bo`ladi.
Tadbirkorlik
huquqiy
munosabatlar elementlari shu munosabat subyektlari, obyektlari va uning
mazmunidan iborat bo`ladi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning subyektlari bo`lib ana shu
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar hisoblanadi. Bular yuridik shaxs
huquqiga ega bo`lgan korxona va tashkilotlar,
shuningdek ularning
bo`linmalari hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqiy munosabatlarining subyektlari xususida ayrim
olimlarning fikrlari mavjud. Professor V.V. Laptev, tadbirkorlik
faoliyati ishtirokchilari korxonalar, tashkilotlar, ishlab chiqarish
birlashmalari va boshqa tadbirkorlik organlari tashkil qiladi. Ular bir
vaqtning o`zida tadbirkorlik huquqining subyektlari va tadbirkorlik
munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib ham hisoblanadi. V.V. Laptev
80-yillardagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib ana shu fikrini aytgan.
Bugungi kunda esa bozor munosabatlari
tadbirkorlik huquqiy
munosabatlarni ham va uning subyektlarini ham kengaytirib yubordi.
Shunga ko`ra, tadbirkorlik huquqiy munosabatlarning subyektlari
qatoriga barcha turdagi korxonalar, jumladan fuqarolarning xususiy
mulkiga asoslangan (jamoa, oila) korxonalar, ishlab chiqarish
kooperativlari, aksiyadorlik jamiyatlari,
masuliyati cheklangan jamiyat,
o`zga tadbirkorlik jamiyatlari yoki shirkatlari, shuningdek dehqon
xo`jaliklari, fermer xo`jaliklari va boshqalar kiradi. Tadbirkorlik huquqiy
29
munosabatlarning subyektlari faqat shular bilan cheklanib qolmaydi,
balki bozor munosabatlari kundan kunga rivojlanib, takomillashib borar
ekan, bu jarayon tadbirkorlarning o`zga tarzdagi guruhlarining yuzaga
kelishiga va ularning fuqarolik muomalasiga yanada ko`proq jalb
etilishiga olib keladi. Tadbirkorlik munosabatlarining yana bir muhim
subyekti mavjudki, u ham bo`lsa yuridik shaxs
tuzmasdan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari to`g`risida»gi 2012 yil 2 mayda qabul qilingan qonunda1 o`z
aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: