11
Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tudirib
berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash va rabatlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi
eng muhim yo‘nalishidir.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. Karimov qayd etganidek
“...Soha rivoji uchun mustahkam qonunchilik va huquqiy baza
shakllantirilgani va muntazam takomillashtirilib borilayotgani, biznes
uchun imtiyoz va preferentsiyalar berish, ishlab chiqarishni texnik va
texnologik qayta jihozlash hamda modernizatsiya qilish masalalarida
davlat tomonidan tizimli ravishda yordam ko‘rsatilayotganligini
ta’kidlash lozim”.
O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq
jarayonlar Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi, Bojxona kodeksi, Yer
kodeksi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisida”,
Mulkchilik to‘grisidagi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy huquqiy bazasi to‘grisida”, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkat xo‘jaligi) to‘grisida”, “Fermer xo‘jaligi to‘grisida”, “Dehqon
xo‘jaligi to‘grisida”gi va boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlri asosida
tartibga solinadi. Ushbu huquqiy munosabatlarni tadbirkorlik huquqi
modul fani o‘rganadi, u bozor iqtisodiyotining shakllanish jarayonida
muhim huquqiy vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida shakllanganiga xam
o‘ttiz yil to‘ldi. O‘tgan davr moboynida Respublikamizda tadbirkorlik
faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtirilib borilmoqda. Shu bilan
birga, tadbirkorlik faoliyatining ilmiy-nazariy tushunchalari va huquqiy
asoslari tobora rivojlanib bormoqda. Shu nuqtai nazardan jamiyatni
rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri, davlatning iqtisodiy
salohiyatini tadbirkorlik asosida mustahkamlab, unda mulkdorlar sinfini
tobora kengaytirishga qaratildi. Ayrim manbalarga ko‘ra, tadbirkorlik
tushunchasi uzoq tarixiy axamiyatga ega bo‘lib, uni Amir Temurning
quyidagi so‘zlari bilan izohlash mumkin:
“ishbilarmon mardlik va shijoat
Dostları ilə paylaş: