Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Birinchisi tashkiliy-huquqiy, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va x.z  bo‘lsa, ikkinchi jixati



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Birinchisi tashkiliy-huquqiy, ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va x.z 
bo‘lsa, ikkinchi jixati esa uning faoliyatni bevosita yuritishi, ya’ni 
shartnomaviy munosabatlarga kirishish, ishlab chiqarish, ish bajarish va 
xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish hisoblanadi.
Ba’zi manbalarda keltirilishicha, tadbirkorlik keng ma’noda shaxsiy 
va ijtimoiy manfaatni qondirishga asoslangan aqliy faoliyat hamdir
20
.
Ayrim 
olimlar 
tadbirkorlik 
faoliyatining 
tashkiliy-huquqiy 
jihatlarini o‘rganishida – ushbu faoliyat qonun hujjatlar doirasida 
korxona, firma tashkil qilish, foyda olish maqsadida mahsulot ishlab 
chiqarish bilan shugullanuvchi faoliyat ekanligini ta’kidlaydilar
21

Xususan, prof.U. Tadjixanov tadbirkorlik faoliyatini - puxta o‘ylab 
tuzilgan, ishlab chiqilgan amaliy choralar asosida ish tutadigan faoliyatdir 
deb ta’riflaydi. Prof.K.Sindorov tadbirkorlik shaxsiy manfaatni 
qondirishga asoslangan, o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) 
olishga qaratilgan hamda tavakkalchilik va tashabbuskorlik faoliyatini 
amalga oshiradigan, boshqa ijtimoiy subyektlar topshirigi bilan amalga 
oshiriladigan faoliyatdan farqli o‘laroq, yangilikka intiladigan 
shaxslarning tashabbuskor faoliyatidir
22
, deb ta’kidlaydi.
Prof.I.B. Zokirov tadbirkorlik faoliyati yuridik shaxslar, fuqarolar 
yoki fuqaro tomonidan o‘z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari 
20
Қаранг. Мустақиллик изоҳли илмий-оммабоп луғат. – Тошкент: 1998.- 204 б.
21
Мирсаидов М.С. Тадбиркорлик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. - 185 б.
22
Қаранг. Юридик энциклопедия. – Тошкент: 2001. 418-419-б; К.О.Синдоров, И.Жуманазаров. 
Тадбиркорлик субъектларини текширишнинг ҳуқуқий асослари. (қонунчилик ва суд амалиёти) –
Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. 11-12-б.


16 
asosida shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida qonunlar doirasida 
amalga oshiriladigan tashabbuskor xo‘jalik faoliyati degan ta’rifni ilgari 
suradi
23
. Ustozning ushbu fikrlarida tadbirkorlik faoliyati subyektlarining 
xarakatlarida sof fuqarolik-huquqiy mazmunga egaligini xisobga olib, 
tadbirkorlik huquqi fani tadbirkorlikning o‘ziga xos belgilari va 
xususiyatlarini yanada chuqurroq tadqiq etish lozimligini anglatadi.
Huquqshunos olimlar I.V. Yershova va T.M. Ivanovalar 
tadbirkorlik faoliyatida quyidagi belgilar mavjudligini ta’kidlaydilar
24

Jumladan, mulkiy va tashkiliy mustaqillik, tavakkalchilik, davomli 
daromad (foyda) olish, daromadlarni mulkdan foydalanish orqali 
mahsulot yoki tovar sifatida sotishdan, ish bajarish yoki xizmat 
ko‘rsatishdan hamda tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
orqali harakat qilishini tushuntiradi. Bundan tashqari ayrim olimlarning 
fikricha, tadbirkorlik mustaqil faoliyat bulib, ushbu faoliyatdan 
ko‘zlangan asosiy maqsad xo‘jalik tavakkalchiligi asosida muayyan 
faoliyatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va undan doimiy hamda davomli 
ravishda daromad (foyda) olishga qaratilganlik faktlari ham mavjud 
bo‘lishini bildiradi
25
. V.A.Oygenzixt tavakkalchilik asosida ish tutishni 
fuqarolik - huquqiy nuqtai nazardan o‘rganib, uni insonning o‘z harakatini 
o‘zi tanlash asosida belgilashini, uning o‘z harakatini bila turib biror bir 
maqsadga erishish yo‘lida harakat qilishni, o‘z oldida duch keladigan 
to‘siqlar sari qadam qo‘yib borishni hamda shaxsning o‘z harakatini 
fahmlab ilgari boruvchi faoliyat deb tushuntiradi
26
. O‘zbekiston 
Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘grisida”gi qonunning 3-moddasida, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) 
- tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida 
23
Зокиров И.Б. Ўзбекистон Республикасининг Фуқаролик ҳуқуқи. Дарслик. –Тошкент: 2007. 149-
б.
24
Ершова И.В., Иванова Т.М. Предпринимательское право. Учебное пособие. – М .:
Юриспруденция, 1999. 4 с
25
Предпринимательское право. Учебное пособие для вузов. – М.: 2000. Коллектив авторов. Изд. 
“Приор”.
26
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть обшая) , Изд-во “ИРФОН” – 
Душанбе, 1972.


17 
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat ekanligi tadqiq 
etilgan.
Yuqorida o‘rganilgan barcha belgilar tadbirkorlik faoliyatiga xos 
bo‘lib, bunda mulkdor o‘z ishonchi va erkiga asoslanib mustaqil 
faoliyatini amalga oshiradi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, 
tavakkalchilik termini rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, AQShda 
ijobiy xarakterga ega bo‘lib, ularda tijoratchilikda ko‘proq qo‘llanib, birja 
o‘yinlarini o‘tkazishda omad yoki yutuq olishni bildiradi. Shuningdek, 
AQShda bu borada maxsus ”Tadbirkorlikda tavakkalchilik“ deb 
nomlangan maxsus jurnalning ham mavjudligini bunga asos sifatida 
keltirish mumkin
27
.
Tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik asosida ish yuritishda eng 
avvalo, har bir ushbu faoliyatni boshlovchi shaxs tavakkalchilik darajasini 
hisobga olib, bozor konyunkturasini puxta o‘rganish talab qilinadi aks 
holda tadbirkorlikdan ko‘zlagan foydaga erisha olmasdan kutilmagan 
noxush vaziyatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin.
Demak, tadbirkorlik faoliyatida tavakkalchilik belgisi har qanday 
shaklda tashkil topgan tadbirkorning o‘z ishonchi va qobiliyatiga qarab, 
o‘z mulkini va faoliyatini tavakkal qilib, undan cheklanmagan miqdorda 
foyda (daromad) olishga qaratadi. Tadbirkorning tavakkalchilik asosida 
ish tutishi raqobatga bardosh bera olishni hamda kutilmagan harakatlarda 
o‘z mulki va muassislari bilan birgalikda to‘liq javobgar bo‘lish 
majburiyatini yuklaydi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatining muhim 
belgilari ichida tadbirkorlikda tashabusskorlik, mulkiy va tashkiliy 
mustaqillik belgilari ham muhim huquqiy va iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi.
Bizning nazarimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi har qanday 
shaxsda xususiy mulkka ega bo‘lish, iqtisodiy erkinlik, tashbbuskorlik, 
tavakkalchilik, mulkiy mustaqillik, muomala layoqatiga ega bo‘lishlik, 
doimiy uzluksiz xarakterga oid daromad (foyda) olish, tadbirkorlikning 
27
Ойгензихт В.А. Проблема риска в гражданском праве. (Часть общая) , Изд-во “ИРФОН” –
Душанбе,1972. – С.39.


18 
davlat ro‘yxatidan o‘tganlik fakti bilan bir qatorda unda novatorlik 
(innovastiya) belgisi ham bo‘lishi lozim.
Novatorlik belgisi ham tadbirkorlik faoliyatining muhim 
belgilaridan biri hisoblanadi. “innovastiya’’ so‘zi ingliz tilidan olingan 
bo‘lib, uning ma’nosi yangilik, yangilik yaratish degan tushunchalarni 
anglatadi. Ushbu termin iqtisod va huquq fanlari sohasining rivojlanishi 
tufayli 1980 yillarda Evropa mamlakatlarida fanga kirib kelgan. Mazkur 
termin O‘zRsi FKning 1031-moddasida mustahkamlangan. Innovastiya 
faoliyatining tadbirkorlik faoliyatiga xos jihatlarini uning belgilaridan 
bilish mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin