Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatning



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Mutlaq ashyoviy huquqiy munosabatning obyekti ashyo 
hisoblanib, bu tarzdagi munosabatlar uchun xarakterli xususiyat shundan 
iboratki, subyekt qonun yo`l qo`ygan asoslarda o`zining mulkka bo`lgan 
huquqini, yani egalik, foydalanish va tasarruf etish bo`yicha xulq-atvorini 
belgilovchi harakatni amalga oshiradi.
Tadbirkorlik 
huquqi 
bilan 
tartibga 
solinadigan 
ashyoviy 
munosabatlar ishlab chiqarish, tovar ayriboshlash, taqsimot va ishlab 
chiqarish istemol bilan chambarchas bog`liqdir. Ishlab chiqarishdan 
tashqaridagi, shaxsiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan 


33 
predmetlar tadbirkorlik huquqiy ashyoviy munosabatlar obyekti bo`la 
olmaydi. Masalan, savdo tashkilotlari tomonidan aholiga sotish uchun 
olingan tovarlar mulk huquqi obyekti bo`lib hisoblanadi. Bu tarzdagi mol-
mulk fuqaro egaligiga o`tishi bilan fuqarolik huquqi qoidalari bilan 
tartibga solinadigan fuqaro mol-mulki obyektiga aylanadi.
Mutlaq - nisbiy ashyoviy huquqiy munosabatlar jumlasiga 
tadbirkorlik yuritish va operativ boshqarishni kiritish mumkin. Bundan 
tashqari, umrbod meros qilib qoldiriladigan mulk, tadbirkorlik faoliyatini 
yurgizish uchun ijara va boshqa tartibda mulkka ega bo`lishlik 
munosabatlarini kiritish mumkin. Bunday mulkdorlar munosabati mutlaq 
nisbiydir. Chunki, bu munosabat subyektlari o`zlarining mulkiy 
huquqlarini o`zgalarning erkisiz amalga oshira olmaydi, ular mulk egasi 
bilan nisbiy huquqiy munosabatda bo`lib, ushbu mulklarni egallaydi, 
foydalanadi va tasarruf etadi.
O`zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini yuritishdagi 
mutlaq huquqiy munosabatlar subyekti o`z faoliyatini erkin yuritish 
asosida vujudga kelib, mazkur faoliyat munosabat obyekti sifatida 
maydonga chiqadi. Bunda tadbirkorlik yuritishni qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradigan shaxs uchun majbur shaxs 
bo`lmaydi. Boshqa barcha shaxslar tadbirkorlik (tadbirkorlik) faoliyatini 
amalga oshirayotgan subyekt faoliyatiga to`sqinlik qilmasliklari lozim 
bo`ladi. Bunga misol qilib, o`z tadbirkorlik faoliyatini yuritayotgan 
tadbirkorlik yurituvchi subyekt tomonidan ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning bahosini belgilashi, tannarxini shakllantirishi, belgilangan 
normativ hujjatlarga binoan sanitariya, gigiyena, ekologik, yong`inga 
qarshi talablar bo`yicha va o`zga faoliyatlarni amalga oshirishda vujudga 
keladigan mutlaq huquqiy munosabatlarni keltirish mumkin. Mabodo, 
tadbirkorlik yurituvchi subyekt belgilangan tartibga xilof ish tutsa, 
vakolatli davlat organi yo`l qo`yilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish bilan 
bog`liq hatti-harakatni amalga oshirishi, jumladan zararlarni undirishni 
talab qilishi mumkin. Bunday holda vujudga keladigan munosabatlar 
albatta nisbiy xarakterda bo`ladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin