Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Soxta tadbirkorlik uchun jinoiy javobgarlik.
Soxta tadbirkorlik jinoyati korxonalar yoki boshqa tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug`ullanuvchi to‘zilmaning qonunda, o`z Ustavida 
belgilangan faoliyatini taminlovchi ijtimoiy munosabatlardan kelib 
chiqadi. Soxta tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyati g`oyasiga tajovo‘z 
qiladi. Ushbu jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, soxta tadbirkorlik 
nafaqat iqtisodiyot asoslariga, tadbirkorlik faoliyati g`oyasining o`ziga 


385 
ham tajovo‘z qiladi, “odamlarning bozorga va uning boshqacha xo`jalik 
yuritish usullaridan afzalligiga bo`lgan ishonchiga putur yetkazadi”.
Ushbu jinoyat tadbirkorlik Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni amalga 
oshirish maqsadini ko`zlamasdan, korxonalar yoki tadbirkorlik bilan 
shug`ullanuvchi tashkilotlarni to‘zishda ifodalanadi. O`zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksining 40-moddasiga muvofiq, foyda 
olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) 
yoki foyda olishni maqsad qilib olmagan (tijoratchi bo`lmagan tashkilot) 
yuridik shaxs bo`lishi mumkin. Tijoratchi tashkilot bo`lgan yuridik shaxs 
xo`jalik shirkati va jamiyati, ishlab chiqarish kooperativi, unitar korxona 
hamda qonunlarda nazarda tutilgan boshqacha shaklda to‘zishi mumkin. 
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-moddasida esa 
yuridik shaxs o`zining tasis hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat 
maqsadlariga muvofiq fuqarolik huquqi layoqatiga ega bo`ladi. Yuridik 
shaxsning maxsus huquq layoqati, uning ustavi, nizomi yoki qonun 
hujjatlari bilan belgilangan bo`ladi.
Har bir to‘zilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik to‘zilmasi faqat 
o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyat turlari bilan shug`ullanishi kerak. Soxta 
tadbirkorlikda esa uni to‘zuvchilar o`z Ustavida ko`rsatilgan faoliyatni 
amalga oshirish maqsadini ko`zlamaydi, balki korxona boshqa 
maqsadlarni ko`zlab to‘ziladi.
Tijoratchi tashkilotni to‘zish deganda, to‘ziladigan tijoratchi 
tashkilotning kerakli tasis hujjati va uni vakolatli organlardan ro`yxatdan 
o`tkazish uchun kerak bo`lgan hujjatlarni yig`ish bilan bog`liq bo`lgan 
tashkilotchilik 
jarayoni 
(masalan, 
bozor 
tashkil 
etish 
uchun 
hokimiyatning roziligi talab etiladi) tushuniladi. Tijoratchi tashkilot 
davlat ro`yxatidan o`tgan paytdan boshlab to‘zilgan hisoblanadi3. Agar 
tashkilot aybdorga bog`liq bo`lmagan holda davlat ro`yxatidan o`tmagan 
bo`lsa, uning harakatlarini JK 25-moddasi 2-bandi va JK 179-moddasi 
bilan ustavda ko`rsatilgan faoliyatni amalga oshirmaslik maqsadida 
tashkilot to‘zish (soxta tadbirkorlik) jinoyatiga suiiqasd deb kvalifikasiya 
qilinadi. Biroq bunda aybdorning ustav faoliyatini amalga oshirmaslik 
qasdini aniqlash zarur, aks holda uning harakatlari Jinoyat kodeksining 
ushbu moddasi bilan kvalifikasiya qilinmaydi. Korxonani to‘zish 


386 
(vujudga keltirish) faktining o`zi to`la qonunga asoslangan bo`ladi, uning 
Ustavi, zaruriy tasis hujjatlari qabul qilinadi, ro`yxatdan o`tkaziladi, biroq 
ishni boshlash vaqti kelganda, bunday korxona o`z Ustavida ko`rsatilgan 
faoliyat bilan umuman shug`ullanmaydi yoki Ustavida ko`rsatilmagan 
faoliyat bilan shug`ullanadi. Ustavda belgilangan faoliyatni amalga 
oshirish 
maqsadining 
yo`qligi 
tasis 
hujjatlarida 
ko`rsatilgan 
majburiyatlarni bajarmaslikda namoyon bo`ladi. Ustavda ko`rsatilgan 
faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko`zlamasdan korxona yoki boshqa 
tadbirkorlik to‘zilmasi to‘zilgan paytdan etiboran jinoyat tamom bo`lgan 
deb topiladi.
Soxta tadbirkorlik jinoyati qasddan qonuniy tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug`ullanmaslik va qarz-kredit olish – foydani (daromadni) 
soliqlardan ozod qilish (pasaytirish) yoki boshqa mulkiy naf ko`rish 
jinoyat maqsadining zaruriy alomati hisoblanadi.
Ustav faoliyati deganda, faoliyatning shunday turi tushuniladiki, 
tadbirkorlik tashkiloti tomonidan uni amalga oshirish uchun barpo etiladi 
va bu uning tasis hujjatlarida qayd etiladi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, 
tasis hujjatining turi va shaklidan qati nazar, unda qayd etilgan faoliyat 
turlari ustavga oid hisoblanadi. Niyat yo`qligini, sodir etilgan harakatlar 
haqiqiy emasligini aniqlashning o`ziga xosligi va murakkabligi fuqarolik-
huquqiy bitimning haqiqiy emasligini baholashda yo‘zaga keladigan shu 
kabi tegishli masalalarga monand bo`lib, ustav faoliyatini amalga 
oshirishni ko`zlamay yuridik shaxsni tashkil etishni ham amalda xuddi 
shunday deb atash mumkin. Bu kabi niyat mavjudligidan yuridik 
shaxsning 
tasis 
hujjatlaridan 
kelib 
chiqadigan 
majburiyatlarni 
O`zbekiston Respublikasi FK 6-moddasida tartibga solingan ish 
muomalasi odatlariga muvofiq, zarur va yetarli bo`lgan vaqt mobaynida 
bajarmaslik ham dalolat beradi.
Soxta tadbirkorlik to`g`risidagi ishlarni ko`rishda shaxsning tasis 
hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirmay turib noqonuniy 
kreditlar olish, soliqlardan ozod bo`lish, egallashga huquqi bo`lmagan 
boshqa mulkiy foyda ko`rish maqsadini ko`zlaganligi hisobga olinishi 
lozim. Bunday maqsadning aniqlanishi shaxsning xatti-harakatlarini 
Jinoyat kodeksining 179-moddasi hamda talon-toroj etishga suiqasd 


387 
qilish va soliq to`lovlari to`lashdan bo`yin tovlash va hokazolar uchun 
javobgarlikni ko`zda tutuvchi moddalari majmui bilan kvalifikasiya 
qilishga asos bo`lishi mumkin.
Shunday qilib, subyektiv jihat quyidagi tarkibiy qismlar birligidan 
iborat bo`ladi:
1) 
tashkilotni to‘zishdan bevosita ko`zlangan niyat; 
2) 
tashkilot ro`yxatga olingunga qadar paydo bo`lgan niyat, – 
ustav faoliyatini amalga oshirmaslik niyati; 
3) 
alohida maqsad – mulkiy foyda olish niyatining mavjudligi.
Sanab o`tilgan tarkibiy qismlardan birortasi mavjud bo`lmas ekan, 
aybdor harakatlarining ijtimoiy xavfliligini takidlash mumkin bo`lmaydi. 
Bunda mazkur jinoyat sabablari, odatda, g`arazli ekanligiga qaramay, 
boshqacha bo`lishi ham mumkin. Jinoyatga baho berishda ular tasir 
ko`rsatmaydi.
Ushbu jinoyat yo‘zasidan 16 yoshga to`lgan va soxta tadbirkorlik 
bilan shug`ullangan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin. 
Agar soxta tadbirkorlik bilan shug`illanish maqsadida to‘zilgan korxona 
va tashkilotlarga raxbarlikni amalga oshirish yuklatilgan raxbarlari xam 
bilganlari xolda faoliyat amalga oshiriladigan taqdirda raxbarlari xam 
jinoyatning subyektlari bo`lishi mumkin. O`zbekiston Respublikasi 
Jinoyat kodeksining 179-moddasiga ko`ra, soxta tadbirkorlik jinoyatini 
sodir etgan shaxslar eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yo‘z 
baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huqukdan 
mahrum qilish yoki uch yilgacha ahloq to‘zatish ishlari yoxud uch 
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.
Soxta tadbirkorlik tashkiloti aybdor foydasiga g`ayriqonuniy mol-
mulkni egallash, aldash va ishonchni suiistemol qilish yo`li bilan mol-
mulkni tortib olish harakatlarini amalga oshirish uchun to‘zilgan bo`lsa, 
aybdor JK 168-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi, chunki bu 
firibgarlik hisoblanadi.
Soliq to`lashdan ozod etilgan soxta tadbirkorlik tashkilotining 
tasischilari va rahbarlari, JK 184-moddasi – soliq to`lashdan bo`yin 
tovlash jinoyati bo`yicha javobgarlikka tortilishi kerak. Agar soxta 
tadbirkorlik jamiyatini to‘zishdan maqsad taqiqlangan faoliyatni (diniy 


388 
talimotlar berish, orden va medal, muhr va shtamplar, giyohvand, qattiq 
tasir qiluvchi va zaharli moddalarni tayyorlash va boshqalarni) amalga 
oshirish bo`lsa, aybdor shaxs jinoyatlar majmui tariqasida JK 179-
moddasi va tegishli jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 
moddalar bilan javobgarlikka tortiladi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin