46
hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish chora-
tadbirlari to‘risida” 29.07.2009 yil 216-sonli qarorida ham ko‘rsatilgan
29
.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining belgilari.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quyidagi belgilari mavjud:
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi; muayyan faoliyat turlari bilan
shuullanishlari uchun albatta ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo‘lishligi;
o‘z mol-mulkiga ega bo‘lishligi; tadbirkorlik huquq va majburiyatlariga
ega bo‘lishligi; o‘z mol-mulki doirasida mustaqil javobgarligi; o‘zlarining
buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish
imkoniyatiga ega ekanligi hisoblanadi.
2.Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatini tashkil qilish, davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va tugatish.
Tadbirkorlik huquqi subyektlari faoliyatining tashkil qilinishi va
tugatilish tartib-taomillari O‘zRsi Konstitustiyasi, O‘zRning Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisidagi qonuni, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodksi, O‘zRning Mulkchilik to‘grisidagi qonuni
va boshqa ushbu soxaga oid qonun hujjatlar asosida tashkil qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartiblari
O‘zRning tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘grisidagi
qonuning 2 va 6-boblarida belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.
Qonunning 13-moddasida, tadbirkorlik faoliyati
subyektlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan «bir darcha»
prinstipi bo‘yicha va, qoida tariqasida, xabardor qilish asosida,
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza
beruvchini tadbirkorlik
faoliyati subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish
maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoki unga
qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga
haqli emas.
29
https://lex.uz/docs/-1502759
47
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati
subyekti sifatida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi
mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur
organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan
qonunga
xilof deb topilgan taqdirda, ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan
o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik
tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi va ma’naviy zarar uchun
kompensastiya to‘laydi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning dastlabki qadami, bu
qonun hujjatlarida
belgilangan tartiblarda,
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
asosida amalga oshirilishi hisoblanadi. Albatta tadbirkorlik subyektini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tadbirkorlikning eng asosiy talablaridan biri
bo‘lib, bu jarayon uni mustaqil subyekt sifatida rasman tan olishlikni
bildiradi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki,
tadbirkorlik faoliyati
subyektlarining huquqiy asoslari hamda ushbu soxaga oid ilmiy - huquqiy
nazariyalar tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqiy ongini va
madaniyatini yanada oshirishga xizmat qilishi lozim. Jumladan, bu borada
I. Karimov “
Tadbirkorlar o‘rtasida huquqiy tushuntirish ishlari sust olib
Dostları ilə paylaş: