Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Nazorat qiluvchi organlar va ularning vakolatlari



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

2-§. Nazorat qiluvchi organlar va ularning vakolatlari  
Nazorat qiluvchi organlar - tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
davlat tomonidan nazorat qilishga oid qonun hujjatlari bilan vakolat 


260 
berilgan vazirliklar va idoralardir. Nazorat qiluvchi organlarga soliq va 
moliya idoralari, prokuratura, ichki ishlar, bojxona, statistika organlari va 
davlat nazorat inspektsiyalari nazorat qiluvchi organlar sirasiga kiradi.
Xo‘jalik (Tadbirkorlik) subyektlarini tekshirishni tashkil qilishni 
yanada takomillashtirish bo‘yicha tekshirishlar sonini kamaytirish, turli 
nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda 
parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar, 
xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar etkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l 
qo‘ymaslik shuningdek, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u 
haqdagi Nizom tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi 
nazorat 
organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi – maxsus 
vakolatli organ hisoblanadi va u chiqargan qarorlarning tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar 
uchun majburiy hisoblanadi.
Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat: tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishning, shu jumladan, 
kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir-
birining ishini takrorlashiga yo‘l qo‘ymaydigan muvofiqlashtiruvchi 
rejalarini ishlab chiqish;
nazorat 
qiluvchi 
organlarning 
tekshiruvlar 
o‘tkazishning 
muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilishini nazorat qilish hamda 
rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay 
o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin