264
subyektlar tomonidan hisobga olinmagan (tasdiqlovchi hujjatlarga ega
bo‘lmagan) mahsulotlar (tovarlar) sotilishi, tadbirkorlik faoliyatini
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning davlat soliq
inspektsiyalarida hisobga turishdan bo‘yin tovlashi mexanizmlarini
o‘rganish va aniqlash; xo‘jalik yurituvchi
subyektlar tomonidan
byudjetga soliqlar va to‘lovlarning to‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida
to‘lanishini tekshirish.
Valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida xorijiy
valyutada operatsiyalarni amalga oshirishda qonun buzilishlarini
aniqlash, oldini olish, bartaraf etish va profilaktik chora-tadbirlarni
ko‘rish; xorijiy valyuta mablaglarining noqonuniy aylanishi,
yashirib
qolinishi, chetga chiqib ketish kanallarini, hamda xorijiy valyutani sotish
bo‘yicha majburiyatlardan bo‘yin tovlash yo‘llarini o‘rganish va aniqlash;
respublika hududida rezidentlar va norezidentlar tomonidan xorijiy
valyutada ish haqi to‘lash va hisob-kitob qilish hollarini aniqlash va
ularning oldini olish.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki Departament tadbirkorlik
subyektlari soliq va valyuta bo‘yicha amalga oshiradigan faoliyati ustidan
davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi
hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini nazorat qiluvchi
davlat organlari qatoriga litsenziyalovchi organlar, ya’ni qonun
hujjatlariga muvofiq litsenziyalashni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli
organlar ham kiradi. Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi: faoliyatning ayrim turlarini
qonun hujjatlariga
muvofiq litsenziyalash; qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning
tegishli turlarini litsenziyalash tartibi to‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat qilish;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish; litsenziyalarning amal qilishini
to‘xtatib turish, qayta tiklash; litsenziyalarning
amal qilishini tugatish;
litsenziyalarni bekor qilish; litsenziyalar reestrini yuritish. Tadbirkorlik
subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishda
litsenziyalovchi organlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga
rioya etilishi ustidan nazorat qilish alohida ahamiyatga ega.
265
Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat
amalga oshirilayotganda litsenziyalovchi organlar o‘z vakolatlari
doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
litsenziatlar litsenziya talablari va shartlariga
rioya etayotganligi
ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiruvlar
o‘tkazish;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan
guvohlik beruvchi faktlar mavjud bo‘lgan hollarda, litsenziat litsenziya
talablari va shartlariga rioya etayotganligi ustidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkazish; litsenziya
talablari
va
shartlariga
rioya
etilishi
ustidan
tekshiruvlar
o‘tkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar bo‘yicha litsenziatdan
zarur ma’lumotlarni talab qilish va olish;
tekshiruv natijalari asosida litsenziat yo‘l qo‘ygan litsenziya
talablari va
shartlarining aniq
qoidabuzilishlarini ko‘rsatgan holda
dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) tuzish; litsenziat zimmasiga
aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi
qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini
belgilash.
Dostları ilə paylaş: