litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish.
Nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar litsenziat
tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilishlariga yo‘l
qo‘yilganligini aniqlaganlari taqdirda o‘z vakolatlari doirasida
litsenziyani bergan litsenziyalovchi organga aniqlangan qoidabuzarliklar
haqida xabar qiladilar.
3-§. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati
shakllari
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish
quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: tekshirish, shu jumladan taftish,
nazorat tartibida tekshirish; statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni
tahlil qilish; idora qaramoidagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish.
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa
axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish,
266
shuningdek idora qaramoidagi organlarni tekshirishdan o‘tkazish qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirish – deganda tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunlar
hamda o‘z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday
bajarilayotganligini nazorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat
qilishi tushuniladi.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) deganda - soliq
va valyuta to‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik subyektlarining buxgalteriya,
moliya, statistika, bank hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslash
tushuniladi.
Tadbirkorlik subyekti belgilangan tartibda taqdim etgan moliya va
soliq hisobotini, shuningdek tadbirkorlik subyektining faoliyati to‘risida
davlat soliq xizmati organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish
hamda tahlil etish asosida o‘tkaziladigan kameral nazorat natijalari
bo‘yicha qoidabuzarliklar aniqlangan hollardagina davlat soliq xizmati
organlari tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini
tekshirish tashabbusi bilan chiqishi mumkin. O‘tkazilayotgan tadbirkorlik
subyektlari faoliyatini tekshirishlar ularning to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi
uchun to‘sqinlik qilmasligi kerak. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini
tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so‘roviga ko‘ra mazkur
birlashmalar vakillarining ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan
tadbirkorlik subyektlarini tekshirish palata vakillari ishtirokida amalga
oshirilishi mumkin.
Tekshirishlarni o‘tkazish uchun asos sifatida - nazorat qiluvchi
organlar tomonidan yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini rejali tekshirish, shu jumladan, moliya-xo‘jalik faoliyatini
tekshirishlar uchun, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarni istisno
etganda, quyidagilar asos bo‘ladi: maxsus vakolatli organ yoki uning
tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan, tadbirkorlik subyektlari
faoliyatini tekshirishni o‘tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejasidan
267
ko‘chirma; nazorat qiluvchi organning muvofiqlashtiruvchi reja asosida
chiqarilgan,
tekshirish maqsadi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi va
tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrui.
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari
tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish uchun
qo‘zatilgan jinoiy ish mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tekshiruvga
tadbirkorlik subyektlarining faqat qo‘zatilgan jinoyat ishi bilan bogliq
faoliyati qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruvni tayinlash
to‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlarining yuridik
shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yuridik shaxslarni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning yuridik shaxs tugatilish
jarayonida ekanligi to‘risidagi bildirishi asosida davlat soliq xizmati
organlari tomonidan amalga oshiriladi, tekshirish muddati o‘ttiz kalendar
kunidan oshmasligi kerak.
Bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash bo‘lgan
avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yiimlar,
ijara haqi to‘liq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal
xotirali nazoratkassa mashinalaridan, to‘lovlarni plastik kartochkalar
asosida
qabul
qilish
bo‘yicha
hisob-kitob
terminallaridan
foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga rioya
etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar davlat soliq xizmati
organlarining faqat qonun hujjatlarida vakolat berilgan bo‘linmalari
tomonidan mazkur bo‘linmalar boshliqlarining buyruqlari asosida
o‘tkazilib, keyinchalik bu haqda maxsus vakolatli organ yoki uning
tegishli hududiy bo‘linmasi qisqa muddatli tekshiruv o‘tkazilgan kundan
e’tiboran bir ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari tekshiruv o‘tkazish uchun asosga
ega bo‘lmagan shaxslarning tekshiruv o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaslik,
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga
kirmaydigan masalalar bo‘yicha ularning talablarini bajarmaslik hamda
tekshiruv predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni
tanishtirmaslik huquqiga ega. Tekshirishlar natijalari dalolatnoma
268
(ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirilib, tekshirish tugagan kuni uning bir
nusxasi tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoldiriladi.
Statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish -
tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga
muvofiq yuritadi. Hisobot tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra
qoozda va (yoki) elektron shaklda tayyorlanishi mumkin. Tadbirkorlik
subyektlarining elektron shaklda taqdim etilgan hisoboti tadbirkorlik
subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Davlat
tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron shaklda hisob yuritilishini
dasturiy ta’minotni imtiyozli shartlarda yoki bepul tarqatish orqali
rabatlantiradi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari va
davlat soliq xizmati organlariga, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, davlat
soliq xizmati organlariga belgilangan shakllarda hisobot taqdim etadi.
Davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlarini belgilashi
man etiladi.
Endilikda tadbirkorlik soxasidagi
tekshiruvlarni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentning 2019 yil 15 martdagi “Tadbirkorlik
faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura
organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘grisida”gi
PF–
5690
-son Farmoniga asosan biznes – ombudsman muvofiqlashtiradi.
Ushbu xujjatga muvofiq endilikda birinchidan, 2019 yil 1 apreldan
boshlab, Bosh prokuratura tekshiruvlarni muvofiqlashtirishni to‘xtatdi.
Ushbu vakolatlar Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil
tasarrufiga o‘tkazildi. Biznesombudsmanning tekshiruvlarga oid
qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy
hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, tekshiruvlar 2 guruhga bo‘linadi:
vakolatli organ bilan kelishilgan holda o‘tkaziladigan (4
turdagi);
269
tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga
ma’lumotlarni kiritish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida
o‘tkaziladigan (29 turdagi). 27.07.2018 yildagi
Dostları ilə paylaş: |