Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil26 dekabrdagi PF-
5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 28.12.2018 y., 06/18/5607/2385-son)  


273 
Mazkur farmon asosida endilikda Qoraqalpogiston Respublikasi 
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Savdo-sanoat 
palatasining 
hududiy 
boshqarmalari bilan birgalikda ushbu bandda ko‘rsatilgan shaxslarning 
tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklashda, shuningdek, ularning 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda 
faol yordam bersin, bajarilgan ishlar natijalari to‘grisidagi oylik 
hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritib 
borish belgilandi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan 
faoliyat olib borayotgan jismoniy shaxslardan tegishli faoliyat turi 
bo‘yicha belgilangan stavkadan kelib chiqib hisoblangan bir yillik 
miqdordagi qat’iy belgilangan soliqni bir yo‘la undirish tartibi bekor 
qilindi.
Shuningdek, yuqoridagi PF-5490-sonli farmon asosida O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga qo‘yidagi vazifalarni bajarish 
yuklatildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi 
kurashish departamenti, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oliy sud 
bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari — yuridik 
shaxslarga hisoblangan undirish umidsiz bo‘lgan soliq va boshqa 
majburiy to‘lovlar, mazkur qarzdorlik uchun hisoblangan penyalar 
bo‘yicha qarzdorlikni, shuningdek, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari 
(sud chiqimlari bundan mustasno) bo‘yicha qarzdorlikni xatlovdan 
o‘tkazsin, keyinchalik ko‘rsatilgan qarzdorliklarni belgilangan tartibda 
hisobdan chiqarish choralarini ko‘rish; O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudi, Bosh prokuraturasi, Markaziy banki, Moliya vazirligi hamda 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko‘maklashish 
va 
raqobatni 
rivojlantirish davlat qo‘mitasiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan va ikki oy davomida tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini 
to‘xtatish tartibi, moliya-xo‘jalik faoliyatni amalga oshirmayotgan 
korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish, shuningdek, faoliyat 
ko‘rsatmayotgan tashkilotlar va muassislari uzoq muddat bedarak bo‘lgan 


274 
tashkilotlarning umidsiz qarzdorligini hisobdan chiqarish mexanizmlarini 
takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish huquqi 
berildi.
Yuqoridagi farmon asosida 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab, 
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bogliq 
bo‘lmagan rejali tekshiruvlar va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 
o‘tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilindi.
2018 yil 1 sentyabrdan e’tiboran, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini 
tekshirish tashabbusi bilan chiqish, tegishli tadbirkorlik subyektlari 
tomonidan qonunbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, 
tekshiruvni tashabbus qilishni nazarda tutuvchi “xavfni tahlil etish” tizimi 
natijalari asosida amalga oshirish tartiblari belgilandi.
 
(5-bandning 
uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 
martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2019 y., 06/19/5690/2772-
son)  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5490-sonli farmoni 
asosida, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar, Tekshiruvlarni elektron 
ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxat (keyingi o‘rinlarda -TEROYaT) 
ga olinishi belgilandi.
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatga 
olinmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlar 
noqonuniy hisoblanadi shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida 
o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari nazorat qiluvchi organlar 
tomonidan tekshiruv tamomlangandan keyin uch kun davomida 
Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimiga kiritish lozim.
2018 
yil 

apreldan 
tadbirkorlik 
subyektlari 
faoliyatida 
o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi 
organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilishining qonuniyligi ustidan 
nazorat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ) tomonidan amalga 


275 
oshirilmoqda
32
. Farmonnning 5
1
-bandiga asosan belgilandiki, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va 
Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zgatilgan jinoiy 
ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning 
faqat qo‘zgatilgan jinoiy ish bilan bogliq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi 
mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘grisidagi qarorda ko‘rsatilishi 
lozim. Auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarfxarajatlar ana 
shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi. Hududiy 
soliq organlari tomonidan boshqa tumanlar (shaharlar)da ro‘yxatga 
olingan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish binolari, savdo 
shoxobchalari qaerda joylashganidan va xizmatlar ko‘rsatiladigan (ishlar 
bajariladigan) joydan qat’iy nazar, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini 
tekshirish takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmagan holda, tadbirkorlik subyekti 
ro‘yxatga olingan joydagi tegishli soliq organlari bilan bir vaqtda amalga 
oshiriladi.
 (5
1
-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 
apreldagi PF-6218-sonli 
Farmoniga 
asosan kiritilgan, Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021 y., 06/21/6218/0398-son)
Qonunchilik buzilishi holatlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning 
murojaatlari asosida yoki nazorat qiluvchi organlar tashabbusi bilan 
tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xavf-tahlili natijalari asosida 
o‘tkaziladigan tekshiruvlar (kameral va sayyor soliq tekshiruvi hamda 
soliq auditi bundan mustasno).
Yuqoridagi 
farmon 
asosida, 
tadbirkorlik 
subyektlarida 
tekshiruvlarni o‘tkazish muddati bir kundan o‘n kungacha belgilandi.
Shunga bir izox sifatida aytish mumkinki masalan, tadbirkorlik 
subyektlari faoliyatini tegishli tekshiruvdan o‘tkazishning eng uzoq 
muddati nazorat qiluvchi organlarning asoslantirilgan talabnomasi 
asosida faqat bir marta O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
ruxsati bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda tegishli tekshiruvning 
uzaytirilgan muddati asosiy muddatidan oshmasligi kerak.
32
2018 
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 
15 martdagi PF-5690-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan 
to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 
16.03.2019 y., 06/19/5690/2772son) 


276 
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni vakolatli organ 
bilan kelishish, TEROYaTda ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda amalga 
oshiriladi.(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 
noyabrdagi PF-6118son 
Farmoni 
tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020 y., 06/20/6118/1562-son)  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi PF-
5490-son Farmoniga qilingan ikkinchi ilovada, tekshiruvlarni elektron 
ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli 
organni xabardor etish tartibida o‘tkaziladigan tekshiruvlar ro‘yxati 
tasdiqlandi.
Masalan, tekshiruvlarning turlari - qonunchilik buzilishi holatlari 
bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari asosida yoki 
nazorat qiluvchi organlar tashabbusi bilan tadbirkorlik subyektlari 
faoliyatining xavf-tahlili natijalari asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar 
(kameral va sayyor soliq tekshiruvi hamda soliq auditi bundan mustasno). 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin