Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni o‘tkazish



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni o‘tkazish 
muddatlari


279 
O‘zR Prezidentining 5490-sonli farmoni talablari bo‘yicha1-kundan 
10 kungacha belgilandi. O‘zR JPKning 187-7-moddasiga ko‘ra taftish 
o‘tkazish muddati o‘ttiz kalendar kundan iborat. Zarur bo‘lgan hollarda, 
tekshirilayotgan subyektning hujjatlari hajmi, faoliyatining turi va 
ko‘lamlari hisobga olingan holda, taftish muddati taftish o‘tkazuvchi 
shaxsning asoslantirilgan iltimosnomasiga ko‘ra tergovchining, 
prokurorning qarori yoki sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Taftishning umumiy muddati uni o‘tkazish muddatlari uzaytirilishi 
inobatga olingan holda, dastlabki tergov va sud majlisida jinoyat ishini 
muhokama qilishning ushbu Kodeksda belgilangan muddatlaridan 
oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tadbirkorlik faoliyatining 
jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya 
qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir 
qo‘shimcha choratadbirlar to‘grisida 2016 yil 5-oktyabrdagi PF-4848-
sonli farmoni asosida respublikada kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya 
qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada 
mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik 
to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investistiya va ishbilarmonlik 
muhitini yaxshilash maqsadida: kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka 
keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining 
aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi 
olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va 
huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada 
rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va 
davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. "Халқ 
сўзи", 2016 йил 6 октябрь.,"Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами", 2016 йил 10 октябрь, 40-сон, 467-модда. 
Shuningdek, davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza 
qiluvchi va nazorat qiluvchi tuzilmalarga o‘z faoliyatida yuqorida 
ko‘rsatilgan talabni hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va 
qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining so‘zsiz amalga oshirilishini 
ta’minlash maqsadida, o‘z vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili 


280 
asosida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish hamda 
ularga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlarni takomillashtirishga va 
ularning samaradorligini oshirishga doir asoslangan takliflarni kiritib 
borish belgilandi. 
Tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va 
to‘sqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz to‘xtatib qo‘yganlik 
uchun mansabdor shaxslarning javobgarligi to‘grisidagi qonun hujjatlari 
normalari talablari qat’iy bajarilishini, shuningdek, tadbirkorlik 
subyektlariga etkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilishini 
ta’minlash biriktirildi.
Ushbu farmon asosida Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatining 
jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza 
qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir 
kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Kompleks chora-tadbirlar 
dasturida
nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi 
yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi. 
Tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin