301
Ushbu shartlarning mazmuni shartnomaning turiga va uning qanday
holatga nisbatan tuzilishiga bog`liq bo`ladi va O‘zR FKi va amaldagi
normativ hujjatlar qoidalari asosida shakllanadi.
Tadbirkorlik shartnomasining uchinchi qismi shunday shartlarni o`z
ichiga oladiki, ularni shartnomada ko`zda tutish majburiy emas. Ammo,
bunday shartlar mavjud bo`lgan taqdirda taraflar huquq va
majburiyatlariga, shuningdek ularni bajarish tartibiga sezilarli tasir qiladi.
Tadbirkorlik shartnomasining qo`shimcha shartlariga – shartnomani
amal qilish muddati;
taraflarning javobgarligi; majburiyatlarning
bajarilishini taminlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor
qilishning asoslari va oqibatlari; shartnoma bo`yicha
malumotlarni sir
saqlash haqidagi; nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi.
Taraflarning shartnoma bo`yicha o`z majburiyatlarini bajarish
muddatlari ko`rsatilgan taqdirda ham tadbirkorlik shartnomasining amal
qilish muddati ko`rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat shartnomani
amal qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani
bajarishdan bosh tortganlik uchun talabnoma va davo qilish muddatini
boshlanishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Shartnoma
shartlari
buzilgan
taqdirda
taraflarning
o`z
majburiyatlarini bajarishlarini taminlash maqsadida shartnomada
tarafalarning javobgarligi ko`zda tutiladi. Odatda,
har bir shartnomada
javobgarlik kelishilgan shartlarning birini bajarmagan tarafga nisbatan
neustoyka (jarima, penya) ko`rinishida sanksiya belgilanishi bilan
ifodalanadi.
Tadbirkorlik shartnomasining qo`shimcha shartlaridan yana biri –
bu majburiyatlarning bajarilishini taminlash usullaridir. Amaldagi
qonunchilikka
muvofiq
tadbirkorlik
shartnomasining
bajarilishi
neustoyka, garov, qarzdorning mol-mulkini ushlab qolish,
kafillik,
kafolat, zakalat hamda qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda
tutilgan boshqacha usullar bilan taminlanishi mumkin.
Odatda tadbirkorlik shartnomalari faqat taraflarning kelishuviga
muvofiq bekor qilinishi mumkin, ammo taraflar shartnomada uni bir
tarafning tashabbusi bilan ham bekor qilish to`g`risidagi
shartlarni
kiritishlariga yo`l qo`yiladi.
302
Shuningdek shartnomada uning qaysi shartlari sir saqlanishi va
taraflar tomonidan oshkor qilinishi mumkin emasligi belgilab qo`yilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: