312
to`g`risida”gi 1998 yil 29 avgustdagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021 yil 29-iyundagi PQ-5168-son Davlat organlari va
tashkilotlariga
yuridik
xizmat
ko‘rsatish
faoliyatini
yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘grisidagi qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14-sentyabrdagi “Shartnomaviy
munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘risida” gi
farmoni, va boshqa normativ hujjatlar shartnomaviy munosabatlarning
huquqiy jihatdan taminlanishini tashkil etishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlik shartnomasi subyektlariga huquqiy xizmat ko`rsatish
ularning yuridik xizmatlari yoki shu maqsadda shartnoma asosida jalb
etilgan advokatlar tomonidan amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qonunga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
yuridik xizmati vakolatiga:
tadbirkorlik
shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va
bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
tadbirkorlik
shartnomalari
bajarilishi
ustidan
o`zaro
tekshiruvlar o`tkazilishini nazorat qiladi;
tadbirkorlik yurituvchi subyekt rahbariga imzolash uchun
taqdim etilayotgan tadbirkorlik shartnomalari loyihalarining va ular bilan
bog`liq huquqiy tusdagi boshqa hujjatlarning qonun hujjatlari talablariga
muvofiqligini
tekshiradi;
tayyorlangan tadbirkorlik shartnomasi va u bilan bog`liq
huquqiy tusdagi boshqa hujjat loyihasi qonun hujjatlari talablariga mos
emasligi aniqlangan taqdirda, o`z etirozini asoslagan holda uni
qo`shimcha ravishda ishlab chiqish uchun qaytaradi;
shartnomaviy munosabatlarni
takomillashtirish yuzasidan
takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish kabi vakolatlar kiradi.
Tadbirkorlik shartnomalari ularni imzolash uchun tayyorlash
jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yuridik xizmati yoki jalb
etilgan advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan
tekshiruv o‘tkazilib, tuzilayotgan xar bir shartnoma ular tomonidan
imzolanishi kerak.
Qonun hujjatlariga ko‘ra tuzilayotgan shartnoma, eng kam ish haqi
miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi xo`jalik shartnomalari
313
yuridik xizmatning yoki advokatning
yozma xulosasidan keyingina
tuziladi.
Shartnomaning xulosa qismida quyidagilar ko`rsatilishi lozim:
tadbirkorlik shartnomasida ko`rsatilgan munosabatlar qaysi
qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi;
tadbirkorlik shartnomasi shartlarining qonun hujjatlari
talablariga mos kelish-kelmasligi;
taraflarning javobgarligi meyori va nizolarni hal etish tartibi
qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmasligi.
Tadbirkorlik faoliyatiga asossiz
aralashuvlarning oldini olish,
shuningdek shartnoma tuzish erkinligi prinsipiga rioya qilinishni
taminlash maqsadida amaldagi qonunlar bilan davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining tadbirkorlik shartnomalarini tuzish hamda
bajarish jarayonidagi vakolatlari aniq belgilab qo`yilgan.
Masalan, mahalliy davlat qokimiyati organlari o`z vakolatlari
doirasida: davlat ehtiyojlari
uchun tovarlar yetkazib berish, ishlar
bajarish, xizmatlar ko`rsatish shartnomalarini, shuningdek kontraktasiya
shartnomalarini tuzish va bajarish ishlarini muvofiqlashtirib boradi;
tadbirkorlik yurituvchi subyektlar o`rtasidagi shartnoma munosabatlarini
rivojlantirish uchun sharoit yaratish chora-tadbirlarini ko`rishlari shart.
Davlat boshqaruv organlari xususan, adliya organlari o‘z vakolatlari
doirasida, tadbirkorlik shartnomalarini tuzishda yordam ko`rsatishi va
tadbirkorlik shartnomalari hamda ularni bajarishning ahvoli to`g`risidagi
statistika malumotlarini umumlashtiradi, qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollarda tadbirkorlik shartnomalarining
bajarilish jarayonini
nazorat qiladi, tadbirkorlik subyektlari yuridik xizmatlarining ishini
tashkil etishga, yuridik maslahatchilarning malakasini oshirishga
ko`maklashadi, tadbirkorlik shartnomasini tuzish, bajarish, o`zgartirish va
bekor qilish jarayonida qonun hujjatlarining buzilishiga yo`l qo`yilganligi
fakti aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarni belgilangan tartibda
javobgarlikka tortish masalasini qo`yadi.
Demak, adliya idoralari xam tadbirkorlik shartnomalarini bajarilishi
jarayonlarini nazorat qilish vakolatiga ega.
314
Tadbirkorlik shartnomalarini tuzish, bajarish, o`zgartirish va bekor
qilishga qaratilgan qonun hujjatlariga rioya
etilishi ustidan nazoratni
qonunlarga muvofiq prokuratura organlari amalga oshiradilar. Bu
organlar aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish,
tadbirkorlik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan
zarur chora-tadbirlarni ko`radilar.
Adliya
organlari
tadbirkorlik
subyektlariga
shartnoma
majburiyatlarini tuzish va bajarish chog`ida huquqiy yordam ko`rsatadi,
shuningdek o`z vakolatlari doirasida tadbirkorlik shartnomalarining
bajarilish jarayonini nazorat qiladi.
Dostları ilə paylaş: