Uchinchidan, mediatsiya vositasida hal qilinadigan nizolarda har
ikkala taraf uchun ham maqbul kelishuvga erishiladi. Sud tartibida
koʻriladigan nizolar boʻyicha bir taraf foydasiga chiqarilgan qaror
ikkinchi tarafning ziyoniga xizmat qiladi. Natijada bir ishni koʻrish
appelyatsiya, kassatsiya, nazorat tartiblari bilan oylab, hatto yillab
choʻzilib ketishi mumkin. Mediatsiyani qoʻllashda taraflar ixtiyoriy
ravishda mediativ kelishuv tuzish orqali nizoni hal qilish yoʻllari va
usullari, kelishuvda belgilangan majburiyatlarni bajarish muddatlari
hamda ushbu majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlarini ham belgilab
qoʻyishlari mumkin. Xususan,“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunning 29-
moddasida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalari boʻyicha
taraflar kelib chiqqan nizo yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va
muddatlari xususida oʻzaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, taraflar
oʻrtasida yozma shaklda mediativ kelishuv tuzilishi, mediativ kelishuv
uni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, ushbu kelishuv
unda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan
ixtiyoriy ravishda bajarilishi, mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda
taraflar oʻz huquqlari himoya qilinishini soʻrab sudga murojaat etishga
haqliligi, mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari taraflar
tomonidan ushbu kelishuvning oʻzida belgilab qoʻyilishi mumkinligi
belgilangan.
Nizolarni hal qilishda mediatsiyani qoʻllashning keng yoyilishi
sudlar uchun ham foydadan xoli boʻlmaydi. Ish hajmining noreal darajada
koʻpligi barcha davlatlar sudlari uchun umumiy muammo hisoblanadi.
Jumladan, Hindistonda har bir sudyaga 2147ta ish toʻgʻri keladi. Koʻrib
329
chiqilishi kerak boʻlgan ishlarning umumiy soni 31,280,000tani tashkil
etadi. Bu ishlarning Hindiston sudlari tomonidan koʻrib chiqilishi 2330-
yilga kelib tugallanishi mumkin. Xitoy xalq respublikasida 2012-yilda
sudlar ish yurituvida 200 000dan ortiq ish mavjud edi. Janubiy Afrikada
2004-2005-yillar davomida sudlarga 128 000ta daʼvo arizasi kelib
tushgan va shulardan 62%i oʻsha davr oraligʻida hal qilingan.
Germaniyada esa, 4771 nafar quyi turuvchi sudyalar tomonidan koʻrilgan
ishlar bor yoʻgʻi 1416 nafar yuqori turuvchi sudyalar tomonidan
appelyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi. Nizolarni mediatsiya vositasida hal
qilish sudlar ish hajmining sezilarli darajada kamayishiga olib keladi.
Buni xalqaro tajriba ham isbotlaydi. Xususan, Dehli va Bangalor
mediatsiya markazlari tashkil etilgan paytda ikki oy davomida 39 969ta
ishni, Dubay mediatsiya markazi esa, bir oy davomida sudlar ish
yurituvida boʻlgan ishlarning 1/3 qismini mediatsiya tartib-taomillarini
qoʻllagan xolda koʻrib chiqdi. Bundan koʻrinib turibdiki, mediatsiyani
qoʻllash nafaqat nizolashayotgan taraflar, balki sudlar uchun ham ijobiy
taʼsirga ega.
Oʻzbekiston Respublikasida mediatorning faoliyati professional va
noprofessional asosda tashkil etiladi. “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi
Qonunning 12-moddasida professional mediator sifatida birinchidan,
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan,
ikkinchidan, Professional mediatorlar reyestriga kiritilgan shaxs faoliyat
koʻrsatishi mumkinligi belgilangan. Noprofessional asosdagi mediator
faoliyatini yigirma besh yoshga toʻlgan va mediator vazifalarini
bajarishga rozilik bergan shaxs amalga oshirishi mumkin. Qiyoslash
uchun Rossiya Federatsiyasida ham mediatorlik faoliyati professional va
noprofessional asosda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidan
farqli oʻlaroq, Rossiya qonunchiligida har ikki asosda faoliyatni amalga
oshiradigan mediatorlar uchun ham yoshga doir talablar belgilangan.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasida shaxs professional mediator boʻlishi
uchun 25 yoshga, noprofessional mediatorlik faoliyatini amalga oshirishi
uchun 18 yoshga toʻlgan hamda toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlishi
lozim. Oʻzbekiston Respublikasida Professional mediatorlar reyestri
330
hududiy adliya boshqarmalari tomonidan yuritiladi va reyestr hamma
uchun ochiq holatda tegishli adliya organlari hamda Adliya vazirligining
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Shaxsni Professional mediatorlar
roʻyxatiga kiritish tartibining soddaligi mediatorlik faoliyatini davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir misolidir. “Professional
mediatorlar reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi
Nizomning (roʻyxat raqami 3092-son, 2018-yil 29-noyabr) 6-bandiga
muvofiq maxsus oʻquv kursini tugatgan shaxs doimiy yashash joyidagi
adliya organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
-Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish
haqidagi ariza;
-pasport nusxasi;
-Nizomning 2-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
-maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi.
Professional mediatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Reyestrga
kiritish uchun toʻlov undirilmaydi.
Xulosa qilib aytganda, nizolarni hal qilishning muqobil usuli
sifatida mediatsiya xalqaro tajribada sinovdan oʻtib, oʻzining bir qator
afzalliklari bilan dunyo mamlakatlari milliy qonunchiligidan munosib
oʻrin egallab kelmoqda. Koʻplab davlatlar mediatsiya toʻgʻrisidagi
oʻzlarining qonunlarini qabul qilishdi va mamlakat doirasida hamda
xalqaro miqyosdagi mediatsiya markazlarini tashkil etishdi. Bunga
Singapur, Buyuk Britaniya, Hindiston kabi davlatlarni misol qilib
keltirish mumkin. Bu jarayondan Oʻzbekiston ham chetda qolmadi.
Xususan, 2018-yil 12-iyunda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul
qilindi. 2019-yil 31-yanvarda Adliya vazirining 54-mh-son Buyrugʻi
bilan tasdiqlangan “Mediatorlarni tayyorlash dasturi” doirasida
professional mediatorlarni tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Mediatsiya
Oʻzbekiston qonunchiligida yangi institutlardan ekanligini hisobga olgan
xolda ushbu institutni yana-da rivojlantirish uchun bajarilishi lozim
boʻlgan bir qator vazifalar mavjuddir.
Tadbirkorlik nizolarini hal qiluvchi navbatdagi organ O‘zbekiston
respublikasining iqtisodiy sudi tashkil qiladi. Iqtisodiy sudlar tomonidan
ko‘rib hal qilinadigan ishlar ro‘yxati O‘zR Iqtisodiy prosessual kodeksida
331
keltirilgan. Unga ko‘ra, tuzilishi majburiyligi qonunda nazarda tutilgan
shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar to‘risidagi;
shartnoma taraflari tomonidan ko‘rib chiqilishi sudga o‘tkazilishi
kelishilgan shartnomani tuzishda yuzaga kelgan kelishmovchiliklar
haqidagi; shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘risidagi; bitimni
haqiqiy emas deb topish haqidagi; majburiyatlar bajarilmaganligi yoki
lozim darajada bajarilmaganligi to‘risidagi; mulk huquqini tan olish
haqidagi; mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-
mulkni boshqa shaxsning ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish
to‘risidagi; intellektual faoliyat obyektlari va fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar, tovarlar,
ishlar va xizmatlarga mulkiy huquqlari buzilganligi haqidagi;
mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari
egalik qilishdan mahrum etish bilan bogliq bo‘lmagan holda buzilganligi
to‘risidagi; zararning o‘rnini qoplash haqidagi; ishchanlik obro‘sini
himoya qilish to‘risidagi; undirish so‘zsiz (akseptsiz) tartibda amalga
oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas
deb topish haqidagi; agar qonunda jarimalarni so‘zsiz (akseptsiz) tartibda
undirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, nazorat qiluvchi organlar tomonidan
yuridik shaxslar va fuqarolardan jarimalar undirish to‘risidagi xamda
nazorat qiluvchi organlar tomonidan qonun hujjatlari talablarini buzgan
holda so‘zsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablaglarini
budjetdan qaytarish kabi nizolarni hal etish belgilangan.
Xo‘jalik tadbirkorlik nizolarni hal qilishning navbatdagi turi
xakamlik sudlarida hal qilish hiusoblanadi. Mazkur tartib-taomillar ushbu
kodeksning 29 moddasida o‘z ifodasini topgan. Unga ko‘ra, fuqarolik
huquqiy munosabatlaridan kelib chiqib, yuzaga keladigan yoki yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lgan nizo
taraflarning kelishuviga binoan, iqtisodiy sud hal qiluv qarori
chiqarguniga qadar hakamlik sudiga ko‘rish uchun topshirilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasida
fuqarolik huquqlarini himoya qiluvchi organlar sifatida hakamlik sudlari
ham ko`rsatilgan bo`lib, bu tadbirkorlik yurituvchi subyektlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlarini qo`riqlashning turli-tuman shakllari
332
ichida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Hakamlik
sudlari to`g`risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan hakamlik sudi (doimiy
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) -
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu
jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida vujudga keluvchi tadbirkorlik
nizolarini hal etuvchi nodavlat organi sifatida tan olindi.
Hakamlik sudlari orqali tadbirkorlik nizolarini hal etish fuqarolik
huquqlarini qo`riqlashning nodavlat mexanizmi bo`lib, bu tarzda
nizolarni hal etishning qator afzalliklari mavjud. Bu afzalliklar avvalo
shunda namoyon bo`ladiki, birinchidan, nizo tez ko`rilsa, ikkinchidan,
kam xarajatli bo`ladi, yani davlat boji yoki boshqa sud xarajatlari davlat
tomonidan o`rnatilgan tartibda va miqdorda to`lanishi talab etilmaydi,
uchinchidan, nizo malum ixtisosga va malakaga ega bo`lgan shaxslar
tomonidan ko`rib chiqiladi, to`rtinchidan, nizo o`tkaziladigan joy va vaqt
taraflar bilan kelishib belgilanadi, beshinchidan, har bir tarafning o`zi
nizoni hal etish uchun hakam tanlaydi va hokazo. Bu kabi afzalliklar
tadbirkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik sudi
tomonidan hal etilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Hakamlik sudi ikki turda, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi va muvaqqat
hakamlik sudi, yani aniq bir ishni ko`rish uchun hamda doimiy faoliyat
ko`rsatish uchun tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |