3-§. Tadbirkorlik nizolarini sud tartibida hal etish va sud
hujjatlarini qayta ko`rish
Yuqorudagi paragraflarda ko‘rib chiqqanimizdek, tadbirkorlik
soxasida kelib chiqadigan nizolar agar ular o‘rtasida o‘zaro kelishuv
bitimi yoki mediativ kelishuv bo‘lmasa nizolar iqtisodiy sudlar
tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Iqtisodiy sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun
bo`yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yoxud davlat organlari va boshqa
organlarning arizalariga asosan iqtisodiy sudlarda ish qo‘zgatilishi
mumkin.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal
qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib
shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro munosabatlarini
ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko`rganlaridan so`nggina
tadbirkorlik sudida ish qo`zgatish mumkin. Bunda prokuror, davlat
organlari va boshqa organlarning arizalari bo`yicha ish qo`zgatish taraflar
yuqoridagi choralarni ko`rgan-ko`rmaganliklaridan qatiy nazar amalga
oshiriladi.
Iqtisodiy sudlarida ishlar oshkora, ochiq, adolatli va qonuniy
tartibda ko`rib chiqadi. Davlat sirini yoki tijorat sirini saqlash zarur
bo`lgan taqdirda ishni yopiq sud majlisda ko`rishga yo`l qo`yiladi. Ishni
yopiq sud majlisida ko`rish to`g`risida sud tomonidan ajrim chiqariladi.
340
Taraflarning kelishuvi. Nizolarni sudda hal etish jarayonida nizo
taraflarning kelishuvi bilan ham hal etilishi mumkin. O`zbekiston
Respublikasi Iqtisodiy prosessal kodeksining 16-bobida taraflarni
yarashtirish tartib-taomillari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, sud
taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, ularga iqtisodiy sud
ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga
ko‘maklashadi. Shu bilan birga ushbu kodeksda da’vogar va
javobgarlarning kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish tartib
taomillari keltirilgan, bunda taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki
mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki
mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi
mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday
bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa
birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud
hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi
mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan
hisoblanadi. Mazkur Kodeks 49-moddasining oltinchi qismi, 50-
moddasining birinchi qismi, 63-moddasining birinchi qismida aniq ifoda
etilgan.
Kelishuv bitimining shakli va mazmuni yozma shaklda tuziladi va
kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan
imzolanadi.
Kelishuv
bitimida
taraflar
tomonidan
kelishilgan
majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi qoidalar
ko‘rsatilishi kerak.
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan
majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga
(harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas.
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib
yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa
shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq yoki qisman voz
kechish yoxud qarzni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash
341
haqidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi
mumkin.
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart
mavjud bo‘lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida,
ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi.
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada
tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib
qo‘yiladi.
Iqtisodiy sudlarda birinchi instansiya bo`yicha ishlar, qoida
tariqasida, sudyaning yakka o`zi tomonidan ko`riladi. Davo arizasini
qabul qilish masalasini sudyaning yakka o`zi hal qiladi va qonun
talablarga rioya etgan holda berilgan davo arizasini tadbirkorlik sudining
ish yuritishiga qabul qiladi yoki uni rad etish yoxud davo arizasini
qaytarish to`grisida ajrim chiqaradi. Sudya ishni yuritish to`g`risida
manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning
mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan
nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va malumotlarni taqdim
etishni taklif etadi. Ushbu bosqichda sudya ishda qatnashuvchi shaxslarga
juda xilma-xil harakatlarni bajarishni taklif etishi mumkin. Masalan,
hisob-kitoblarni pul talabnomalariga solishtirib chiqish, huquqiy
pozisiyani aniqlash yoki belgilash, davo arizasiga javob berish, boshqa
tomonga yoki bir-biriga ayrim hujjatlarni berish, ekspertiza o`tkazilishida
tushuntirilishi kerak bo`lgan masalalarni taqdim etish va boshqalar. U
taraflarni murosaga keltirish choralarini ko`radi. Ishni sudda ko`rishga
tayyorlash to`g`risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan
ortiq bo`lmagan muddatda ko`rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi
kerak. Birinchi instansiya tadbirkorlik sudi nizoni mazmunan hal qilishda
hal qiluv qarori qabul qiladi. Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy
va asoslantirilgan bo`lishi kerak.
Hal qiluv qarori prosessual huquq normalariga to`liq rioya qilgan
holda, moddiy huquq normalariga amal qilib, shu nizoli huquqiy
munosabatlarni qo`llash lozim yoki zarur bo`lgan holatlarda asosli
ravishda qonunni qo`llash, mos keladigan munosabatlarni tartibga solish,
342
yohud qonun-chilikning umumiy, bosh va mazmunidan kelib chiqadigan
bo`lsa, qonuniy hisoblanadi.
Iqtisodiy sud nizolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va
qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O`zbekiston
Respublikasining halqaro shartnomalariga asosan hal qiladi. Agar halqaro
shartnomada
O`zbekiston
Respublikasi
qonunchiligida
nazarda
tutilgandan boshqacha qoida o`rnatilgan bo`lsa, bunday hollarda halqaro
shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
Iqtisodiy sud O`zbekiston Respublikasi qonuni va halqaro
shartnomalariga binoan chet el davlatlarining huquq normalarini
qo`llaydi. Hal qiluv qarori qonuniy bo`lishi uchun tadbirkorlik sudi
normativ hujjatlardan nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi o`sha
huquqiy normalarni topishi lozim. Buning uchun tomonlarning faktga
asoslangan o`zaro munosabatlarini to`g`ri yuridik baholashi lozim.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori O`zbekiston
Respublikasi nomi bilan qabul qilinadi. Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori
kirish, bayonnoma, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo`ladi.
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro
etiladi. Davlat organlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish
organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi hal qiluv
qarorlari, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to`g`risidagi ajrimlar
darhol ijro etiladi.
Iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlarini qayta ko‘rish sudining hal
qiluv qarorlari ustidan iqtisodiy protsessual kodeksning 34-bobida
belgilangan tartibda apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish)
tartibida qayta ko‘rilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga
jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal
qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy
kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga
haqlidir.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida
ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan
343
taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv
qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal
qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli, bundan
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar,
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar
mustasno.
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin . Iqtisodiy sudlov ishlarini
yuritishning tarkibiy qismi bo‘lib, apellyasiya instansiyasida ishni
birinchi instansiya sudida ko`rib chiqish qoidalari bo`yicha ko`rib
chiqiladi, va bunda apellyasiyani ko`rib chiqishning mohiyatidan kelib
chiqadigan ayrim istisnolar bo`lishi mumkin.
Apellyasiya shikoyatini ko`rib chiqishda qonunda belgilangan ishni
birinchi instansiya sudida ko`rib chiqishni tartibga soluvchi meyorlar
qo`llaniladi. Birinchi instansiya sudidan farqli o`laroq, apellyasiya sudi
barcha ishlarni kollegial tartibda ko`rib chiqadi, bunda qoida tariqasida
sud raisi yoki uning o`rinbosari yoxud biror sudya raislik qiladi.
Apellyasiya sudi hal qiluv qarorini to`laligicha yoki qisman bekor qilishi
va shikoyatni ko`rmasdan qoldirishi yoki ishni yuritishni tugatishi
mumkin.
Birinchi instansiya sudi qonunda ko`rsatib o`tilgan holatlar bo`lgani
holda ish yuritishni tugatmagan yoki davoni ko`rmasdan qoldirmagan
bo`lsa va ishni mazmunan ko`rib, hal qiluv qarori chiqargan bo`lsa,
apellyasiya instansiyasi sudi bunday qarorni to`la yoki qisman bekor
qilishi hamda ishni yuritishni tugatishi yoxud davoni to`la yoki qisman
ko`rmasdan qoldirishi mumkin.
Agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinmasa
va o`zgartirilmasa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi va aynan u ijro
etilishi kerak.
Qaror qabul qilingan kunidan etiboran besh kunlik muddatda ishda
ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi malum qilinadigan buyurtma
344
xat orqali yuboriladi yoki tilxat bilan topshiriladi. Jo`natish uchun
ajratilgan bu muddat IPKda apellyatsiya shikoyatini ko`rish uchun
ajratilgan bir oylik muddatga kirmaydi.
Apellyasiya instansiyasining qarori ustidan kassasiya tartibida
shikoyat qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |