Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Iqatisodiy sud qarorlarini kassatsiya instansiya sudida qayta



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Iqatisodiy sud qarorlarini kassatsiya instansiya sudida qayta 
ko‘rish iqtisodiy sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda 
apellyasiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar 
kassatsiya shikoyati va prokurorning kassasiya protesti asosida qayta 
ko‘rib chiqilishi mumkin.
Sud hujjatlarini yuqori instansiya sudlarida qayta ko‘rish, qonunda 
ko`zda tutilgan tekshiruvlarning boshqa barcha shakllaridan farqli 
ravishda sud hujjatlari kassatsiya instansiyasi tomonidan faqat 
qonuniyligi jihatidan tekshiriladi.
Shikoyat qilish huquqini amalga oshirish ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning erk irodalariga bog`liq. Qonunda belgilangan tartib va 
muddatda 
kassasiya 
shikoyatining 
berilishi 
ishning 
kassatsiya 
instansiyasi tomonidan albatta ko`rib chiqilishiga olib keladi.
Qarorning moddiy va prosessual huquq normalariga to`g`ri havola 
qilinganligi borasidagi asoslovchi qismi; chiqarilgan qo`shimcha qaror 
shikoyat berish uchun mustaqil predmet bo`lishi mumkin. Ajrimlar 
ustidan qonunda nazarda tutilgan holatlardagina shikoyat qilinishi 
mumkin. Qonun hal qiluv qarori (qaror) ustidan kassasiya shikoyati berish 
huquqini davogar, javobgar, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil 
talablar bilan arz qiluvchi yoki arz qilmaydigan uchinchi shaxslarga, 
shuningdek qonunda sanab o`tilgan, ishda ishtirok etuvchi barcha 
shaxslarga beradi.
Davlat va jamoat manfaatlarini himoya qilib davo qo`zg`atuvchi 
prokuror, davlat organlari, mahalliy o`zini-o`zi boshqarish organlari va 
boshqa organlar sudning hal qiluv qarori (qarori) ustidan kassasiya 
tartibida tegish-licha protest va shikoyat keltirishlari mumkin. Kassatsiya 
instansiyasi sud hujjatlarini moddiy va prosessual huquq normalarini 
qo`llash va ularga rioya etishning to`g`riligi nuqtai nazaridan tekshiradi.


345 
Kassatsiya shikoyatining maqsadi javobgar manfaatlarini himoya 
qilishga qaratilgan bo`lib, keyinchalik bekor qilingan yoki o`zgartirilgan 
noqonuniy qarorni ijro etish bilan zarar yetkazishning oldini oladi. 
Kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarori (qaror)ni o`zgartirish, yangi qaror 
qabul qilish huquqiga ega. Shuning uchun, agar kassatsiya instansiyasi 
qarori birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (yoki apellyasiya 
instansiyasining qarori) ijro etilganidan so`ng qabul qilinsa, mazkur sud 
hujjatlari bo`yicha olingan barcha narsalarni qaytarishlik faqatgina sud 
hujjatining qaytarma ijrosi institutidan foydalanish yo`li bilan mumkin 
bo`ladi. Bu esa ancha murakkab jarayondir. Bundan tashqari dastlabki 
davo bo`yicha javobgarga qaytarilish lozim bo`lgan pul mablag`i ham, 
mulk ham amalda qolmagan bo`lishi mumkin.
Moddiy yoki prosessual huquq normalarining buzi-lishi yoxud 
noto`g`ri qo`llanilishi tadbirkorlik sudining hal qiluv qarorini yoki 
qarorini o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual 
huquq 
normalarining 
buzilishi 
yoki 
noto`g`ri 
qo`llanilishi, agar bu buzilish noto`g`ri hal qiluv qarori yoki qarorni qabul 
qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lsa, hal qiluv qarorini 
yoki qarorni o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual 
huquq 
normalarining 
buzilishi 
yoki 
noto`g`ri 
qo`llanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish 
uchun asos bo`ladi:
ish iqtisodiy sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko`rilgan bo`lsa; ish 
iqtisodiy sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va joyi 
to`g`risida 
tegishli 
ravishda 
xabardor 
qilinmagan 
shaxslardan 
birontasining yo`qligida ko`rilgan bo`lsa; ishni ko`rishda sud ishi 
yuritiladigan til to`g`risidagi qoidalar buzilgan bo`lsa; iqtisodiy sud hal 
qiluv qarorini yoki qarorni qabul qilishda qaysi qonun hujjatlariga amal 
qilganligi hal qiluv qarorida yoki qarorda ko`rsatilmagan bo`lsa; 
tadbirkorlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning 
huquq va majburiyatlari to`g`risida hal qiluv qarori yoki qaror qabul 
qilgan bo`lsa; hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan 
imzolanmagan bo`lsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda 
ko`rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo`lsa; hal qiluv 


346 
qarori ishni ko`rgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul 
qilingan bo`lsa; ishda sud majlisining bayonnomasi bo`lmasa yoki u 
qonunda ko`rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo`lsa.
Iqtisodiy sudining dalillarni taminlash to`g`risidagi iltimosnomani 
qanoatlantirishni rad etish haqidagi; davoni taminlash yoki davoni 
taminlashni rad etish to`g`risidagi; davoni taminlashni bekor qilish 
to`g`risidagi; ish yuritishni to`xtatish to`g`risidagi; ish yuritishni tugatish 
to`g`risidagi; davoni ko`rmasdan qoldirish to`g`risidagi; o`tkazib 
yuborilgan prosessual muddatni tiklashni rad etish to`g`risidagi; jarima 
solish to`g`risidagi; davo arizasini qabul qilishni rad etish to`g`risidagi; 
davo arizasini qaytarish to`g`risidagi; qo`shimcha hal qiluv qarorini qabul 
qilishni rad etish to`g`risidagi; hal qiluv qarorini tushuntirib berish va 
yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni 
tuzatish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar bo`yicha qayta ko`rish 
to`g`risidagi arizani qaytarish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar 
bo`yicha ishni qayta ko`rish to`g`risidagi arizani qanoatlantirishni rad 
etish haqidagi; ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o`tkazib yuborilgan 
muddatini tiklash to`g`risidagi; sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki 
uni bo`lib-bo`lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o`zgartirish yoki 
arizani qanoatlantirishni rad etish to`g`risidagi ajrimlariga kassasiya 
shikoyati keltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, apellyasiya shikoyatini qaytarish to`g`risidagi va 
kassasiya shikoyatini (protestini) qaytarish to`g`risidagi ajrimlari faqat 
kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Agar apellyasiya shikoyati 
ajrim bilan emas, balki xat bilan qaytarilgan bo`lsa, bu ushbu xatni olgan 
tomonni unga nisbatan kassasiya tartibida shikoyat keltirish huquqidan 
mahrum etmaydi. Amaldagi qonunda ilk bor xususiy ajrimlarga nisbatan 
shikoyat keltirish qoidasi nazarda tutilgan. Ajrimga nisbatan keltirilgan 
kassasiya shikoyati (protest)ni ko`rib chiqish muddatlari, tartibi 
tadbirkorlik sudining hal qiluv qarori va qarorlari ustidan kassasiya 
shikoyati (protesti) keltirish kabidir.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin