347
4-§. Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi
Qonuniy kuchga kirgan har qanday sud hujjatlari O`zbekiston
Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning
o`zini-o`zi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va
fuqarolar tomonidan IPKda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda
ijro etiladi.
Iqtisodiy sud hujjatlarining ijrosi O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiy protsessual kodeksi, Sudlar to‘grisidagi O‘zbekiston
Respublikasining qonunlarida
belgilangan tartibda ya’ni “Sud
hujjatlarining majburiyligi” asosida xamda O‘zbekiston Respublikasining
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi
29.08.2001 yildagi 258-II-sonli Qonuni asosida ijro etiladi.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari,
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor
shaxslar,
fuqarolar
uchun
majburiydir
hamda
O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro
etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy sudlarning sud hujjatlarini ijro etish IPKning beshinchi
bo‘limida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, ya’ni, “Sud hujjatlarini ijroga
qaratish” asosida sud hujjatlari qonuniy kuchga kirgach ijroga qaratiladi,
bundan qonunchilikda belgilangan tartibda darhol ijroga qaratish hollari
mustasno
34
.
Da’voni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, kelishuv bitimini
tasdiqlash, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy tartibda ijroga
qaratish uchun ijro varaqasini berish, chet davlat sudining, arbitrajning hal
qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrim darhol ijro
etilishi lozim
35
.
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
sud hujjatining ijrosi sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida
amalga oshiriladi.
34
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35
(O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi O‘RQ-769-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 17.05.2022-y., 03/22/769/0421-son)
348
Ijro varaqasi sud tomonidan berilib, undiruvchining sud hujjatini
majburiy tartibda ijro ettirish huquqini tasdiqlovchi hujjat ijro
varaqasidir
36
.
Ijro varaqasini berish tartibi xam ushbu kodeks tartiblari asosida
berilib, unda agar sud hujjatini ijro etish turli joylarda yoxud bir nechta
undiruvchi foydasiga amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, sud
undiruvchilarning iltimosiga ko‘ra ijro etish joyi yoxud sud hujjatining
ushbu ijro varaqasi bo‘yicha ijro etilishi lozim bo‘lgan qismini ko‘rsatgan
holda bir nechta ijro varaqasini beradi.
Pul summalarini bir necha javobgardan undirish to‘g‘risidagi sud
hujjati asosida javobgarlarning soni bo‘yicha bir nechta ijro varaqasi
beriladi. Bunda, agar solidar javobgarlardan undirish nazarda tutilayotgan
bo‘lsa, har bir ijro varaqasida undiruvning umumiy summasi ko‘rsatilishi
va solidar javobgar ekanligi ko‘rsatilgan holda javobgarlarning hammasi
sanab o‘tilishi kerak. Ijro varaqasi sud hujjatini qabul qilgan sud
tomonidan beriladi.
Sud hujjati qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida ijro
varaqasi undiruvchiga beriladi yoki uning iltimosnomasiga ko‘ra davlat
ijrochisiga ijro etish uchun yuboriladi. Budjetga mablag‘larni undirish
uchun ijro varaqasi qarzdor turgan joydagi davlat ijrochisiga sud hujjati
qonuniy kuchga kirganidan so‘ng besh kun ichida yuboriladi. Ijro
varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin
37
.
Ijro varaqasining mazmunida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi
kerak:
1) ijro hujjatini bergan sudning nomi;
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning raqami;
3) ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjati qabul qilingan sana;
Oldingi tahrirga qarang.
36
Qarang: Mazkur Kodeksning 336 — 338-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va
boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, 7-moddasi birinchi qismining
1 — 4-bandlari.
37
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston
Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro
etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma
qarorining 3-bandi.
349
4) undiruvchi va qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining
ismi), ularning joylashgan eri (pochta manzili) yoki yashash joyi, qarzdor
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan jismoniy shaxslarning shaxsini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor
yuridik shaxsning soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) ijro varaqasini ijro etish tartibi va usuli, agar bu haqda sud
hujjatida ko‘rsatilgan bo‘lsa;
7) sud hujjati kuchga kirgan sana;
8) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga taqdim etish muddati.
Ijro varaqasi sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri
bilan tasdiqlanadi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati, ijro varaqasi sud hujjati
qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran yoki sud hujjatining ijrosi
kechiktirilgan yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etilgan taqdirda, muddat tugagan
kundan e’tiboran uch yil ichida ijroga taqdim etilishi mumkin.
Agar sud hujjatining ijrosi to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lsa, uning ijrosi
to‘xtatib qo‘yilgan vaqt ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun
belgilangan muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi, agarda ijro
varaqasi ijroga taqdim etilganda xamda ijro varaqasi qarzdor tomonidan
qisman ijro etilganda uziladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati uzilganidan so‘ng
muddatning o‘tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilguniga qadar
o‘tgan vaqt yangi muddatga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ijro varaqasi uni to‘liq yoki qisman ijro etish imkoniyati yo‘qligi
sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini muddat
uzilganidan keyin ijroga taqdim etishning yangi muddati ijro varaqasi
undiruvchiga qaytarilgan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o‘tkazib yuborilgan
muddatini tiklashga qonunchilikda yo‘l qo‘yiladi, unga muvofiq, agar ijro
varaqasini ijroga taqdim etish muddatini o‘tkazib yuborgan undiruvchi
ijro varaqasini bergan sudga yoki u ijro etiladigan joydagi sudga o‘tkazib
350
yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishga
haqli.
Muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb
topilgan taqdirda, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Undiruvchining ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatini tiklash
to‘g‘risidagi arizasi u sudga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oylik
muddatda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Undiruvchi, qarzdor sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida ariza
kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay chiqarilgan sud
ajrimi orqali, ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda
xabardor qilinadi. Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda
xabardor qilingan mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko‘rib
chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, uning
ko‘chirma nusxasi undiruvchi va qarzdorga yuboriladi.Ajrim ustidan
shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Dostları ilə paylaş: |