354
10. BOB. TADBIRKORLIK MUNOSABATLARIDA
JAVOBGARLIK MASALALARI
1.Tadbirkorlik
munosabatlarda
javobgarlik
tushunchasi.
Javobgarlikning asoslari va turlari.
2.Tadbirkorlik munosabatlarda shartnomaviy majburiyatlarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun mulkiy
javobgarlik.
3.Tadbirkorlik
faoliyatida
moliyaviy,
mamuriy
va jinoiy
javobgarlik.
4.Tadbirkorlik sohasidagi huquqbuzarliklari uchun moliyaviy
javobgarligini erkinlashtirish masalalari.
1.Tadbirkorlik munosabatlarda javobgarlik tushunchasi.
Javobgarlikning asoslari va turlari.
Tadbirkorlik munosabatlarda javobgarlik
tushunchasi keng
tushuncha bo‘lib, uni xususiy huquqiy va ommaviy huquqiy javobgarlik
shakllarga bo‘lish mumkin. Xususiy huquqiy javobgarlik asosan
shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadi. Ommaviy huquqiy esa
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
bilan yuzaga keladigan
munosabatlarda yuzaga keladi. Bunga misol qilib, tadbirkorlik faoliyatini
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, soliq, er ajratish, bank, sugurta, ekologiya,
qurilish va h.k.
Tadbirkorlik munosabatlarida javobgarlik tadbirkorlik faoliyati
erkinligining
kafolatlari
tugrisidagi
qonunda
nazarda
tutilgan
majburiyatlardan vujudga kelib, bularga qo‘yidagilarda o‘z
ifodasini
topadi:
o‘zlari
tuzgan
shartnomalardan
kelib
chiqadigan
majburiyatlarni bajarishi;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi;
mehnat shartnomasi (kontrakt) bo‘yicha ishlayotgan
shaxslarning mehnat haqini qonunchilikda Mehnatga haq to‘lash
yagona
tarif setkasining
birinchi razryadi bo‘yicha
belgilangan miqdordan oz
bo‘lmagan miqdorda belgilashi, ular bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishi,
355
shuningdek ish beruvchi sifatida o‘z fuqarolik javobgarligini sugurta
qilishi;
mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi,
ekologiya, sanitariya va gigiena sohasidagi
qonunchilik va normativ
hujjatlar talablariga rioya etishi;
raqobat to‘grisidagi va iste’molchilarning huquqlarini himoya
qilish haqidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
realizastiya qilinadigan
mahsulot va xizmatlar uchun
sertifikatlarga ega bo‘lishi;
joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari
o‘zgarganligi to‘grisida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor
qilishi;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonunchilik
talablariga muvofiq yuritishi;
o‘z faoliyati to‘grisidagi hisobotlarni
tegishli davlat
organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi shart.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq
boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: