360
mumkin bo‘lgan foydaning qarzdor o‘z majburiyatini
bajarmaganligi
sababli olinmagan daromadlari kreditorning ko‘rgan zarari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining Plenumi qarori
ham mavjud zarar tarkibiga faqatgina tegishli shaxs tomonidan aniq
yetkazilgan zararlarnigina emas, balki shaxsning buzilgan huquqini
tiklashi uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlar ham kirishini
belgilaydi. Ayni paytda bunday xarajatlarning
zaruriyligi va ularning
taxminiy miqdori javobgarlik miqdorini belgilovchi tovar, ishdagi hamda
xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklarni bartaraf etishga ketadigan smeta
(kalkulyastiya) sifatidagi va majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
darajasini belgilovchi shartnoma, asoslantirilgan hisob-kitob kabi
boshqa
dalillar bilan tasdiqlangan bo‘lishi ham kerak. Olinmay qolgan
daromadning miqdori (boy berilgan foyda), agarda majburiyat bajarilgan
bo‘lganida, kreditor qilishi lozim bo‘lgan oqilona xarajatlar hisobga
olinib aniqlanadi.
Majburiyat huquqida zararning to‘la ravishda to‘lanishi (qoplanishi)
tamoyili belgilanadi.
Shu bilan birga, fuqarolar o‘rtasidagi
munosabatlarda sud zararning undirilishi tartibini belgilashda har ikki
tomonning mulkiy ahvolini, xususan, qarzdorning mulkiy ahvolini
e’tiborga olib, majburiyatning bajarilishini kechiktirishga yoki uni bo‘lib-
bo‘lib bajarilishini belgilashga ham haqli. Bu to‘grisida Fuqarolik
prostessual qonunining tegishli moddasida qoida belgilangan. Unda
alohida hollarda ish bo‘yicha hal qiluv qarorini chiqargan sud yoki hal
qiluv qarorini ijro etish joyidagi sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning
arizasi bo‘yicha taraflarning mulki ahvoliga yoki boshqa holatlarga qarab,
hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etishga,
shuningdek uni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirishga
haqli deb
ko‘rsatilgan.
Faqatgina bevosita zararlar undirilishi kerak, bilvositalari esa
undirilishi lozim emas, chunki huquqbuzarlik va ularning yuzaga kelishi
o‘rtasidagi sababiy boglanish huquq tomonidan hisobga olish uchun etarli
emas.
FKning 332-moddasiga asosan majburiyatning ayrim turlari
bo‘yicha hamda muayyan faoliyat turi bilan bogliq majburiyatlar bo‘yicha
361
qonunda zararni to‘la qoplashga bo‘lgan huquq cheklab qo‘yilishi
mumkin (cheklangan javobgarlik).
Masalan, yuk tashuvchi transport tashkiloti tashish uchun qabul
qilgan mulkni yo‘qotganda, yuzaga kelgan zararni yuk jo‘natuvchiga yoki
oluvchiga yo‘qotilgan ashyo qiymati baravarida to‘laydi.
Agar yuk
zararlantirilgan bo‘lsa, u holda zararlangan yukning qiymati qanchaga
kamaygan bo‘lsa, shu summa miqdorida to‘laydi. Holbuki, yuk
yuboruvchi yoki yuk oluvchining zararlari faqat yo‘qotilgan yukning
qiymati yoki qiymatining kamayishi natijasida kelgan zarardangina iborat
bo‘lmay, yana yuklarni saqlash uchun kerakli ombor binolarini ijaraga
olish bilan bogliq xarajatlardan, xodimlarning bekor turgan davrida ularga
to‘langan ish haqidan yuk tashuvchining aybi bilan materiallar va
uskunalarning o‘z vaqtida olinmasligi natijasida sodir bo‘lgan boshqa
zararlardan iborat bo‘lishi mumkin edi. Ammo transport tashkilotlariga
nisbatan cheklangan javobgarlik belgilanganligi sababli keyingi zararlar
e’tiborga olinmaydi.
Cheklangan javobgarlik transport tashkilotlari va ba’zi boshqa
tashkilotlar uchun ham belgilanishi mumkin. Chunonchi, elektr quvvatini
etarli miqdorida etkazib berolmagan elektr stanstiyasi faqat berilmagan
elektr quvvati qiymati miqdorida javobgar bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar
o‘rtasidagi majburiyat munosabatlarida ko‘proq tatbiq etiladigan mulkiy
sankstiya – neustoykadir.
Neustoykani undirish uchun faqat qarzdorning o‘z majburiyatini
bajarmaganligi ko‘rsatilsa kifoya va bunday majburiyatning
bajarilmasligi natijasida etkazilgan konkret
moddiy zarar miqdorini
isbotlash talab qilinmaydi. Agar muayyan majburiyat uchun belgilangan
javobgarlik miqdori qonunda aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa, bunday
javobgarlikni cheklash to‘grisida o‘zaro kelishishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Majburiyat bo‘yicha javobgarlikning turlari ushbu majburiyatning
xususiyatlari, qaysi maqsadni ko‘zlab va uni amalga oshirish uchun
tuzilgan bo‘lishi, nimaga, ya’ni qaysi yuridik faktga asosan vujudga
kelgan bo‘lishi bilan ifodalanadi. Masalan,
majburiyat shartnomaga
asoslangan yoki shartnomadan tashqari bo‘lishiga qarab javobgarlik
shartnomaviy yoki noshartnomaviy, javobgarlik bir necha shaxslar
362
o‘rtasida bo‘lingan bo‘lishiga qarab ulushli,
solidar va subsidiar
xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: