Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs
tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko`rsatadi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul
qilganida, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va
hakamlik sudyalari ro`yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb
hisoblanadi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik
shaxs uning tashkil etilganligi to`g`risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik
sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi o`z nomi yozilgan
blanka va yumaloq muhrga, O`zbekiston Respublikasi hududida hisob-
333
kitob varaqlari, valuta hisob varaqlariga hamda boshqa bank
hisobvaraqlariga ega bo`lishi mumkin.
Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib
chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib,
nizo ko`rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o`z faoliyatini
tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hayatda ko`rib
chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda ko`rib
chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi
tashkil etilganligi to`g`risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan
yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar
yuboradi.
Demak, hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib
chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida
vujudga keluvchi tadbirkorlik nizolarini hal etishligi belgilangan.
Hakamlik
sudlari
mamuriy,
oila
va
mehnat
huquqiy
munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda
tutilgan boshqa nizolarni hal etishga haqli emas. Hakamlik sudi nizolarni
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi.
Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi
odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari
yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to`g`ridan-to`g`ri
tartibga solinmagan bo`lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo`llaniladigan
ish muomalasi odati mavjud bo`lmasa, hakamlik sudi shunga o`xshash
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo`llaydi
(qonun o`xshashligi), mazkur hollarda qonun o`xshashligidan foydalanish
imkoniyati bo`lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq
va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o`xshashligi)
hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Hakamlik bitimi mavjud bo`lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining
hal qiluviga topshirilishi mumkin. Ushbu sud bitimi yozma shaklda
tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo`lgan
shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin.
334
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib chiqqan yoki
kelib chiqishi mumkin bo`lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik
sudida ko`rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo
doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan
bo`lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko`rsatilishi lozim.
Yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, nizoning xolis hal
qilinishini taminlashga qodir bo`lgan, nizoning pirovard natijasidan
bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo`lmagan, hakamlik bitimi
taraflaridan mustaqil bo`lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini
bajarishga rozilik bergan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik
sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin.
Nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik
malumotga ega bo`lishi kerak. Nizo hayatda hal qilinayotganda hakamlik
sudi tarkibining raisi oliy yuridik malumotga ega bo`lishi kerak.
Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan so`ng hakamlik sudi
tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalarining ko`pchilik ovozi bilan hal qiluv
qarori qabul qiladi.
Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida e'lon qilinadi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan etiboran
kuchga kiradi.
Agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid bo`lmasa hamda boshqa
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi
hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv
bitimini tasdiqlash to`g`risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Kelishuv
bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi.
Taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan
so`ng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan
bo`lsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko`rib
chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida o`z aksini topmagan
davo talablari bo`yicha qo`shimcha hal qiluv qarori qabul qilish
to`g`risidagi ariza bilan o`n kun ichida aynan o`sha hakamlik sudiga bu
haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etishi mumkin.
Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan
etiboran o`n kun ichida uni ko`rib chiqishi kerak.
335
Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar
yuzasidan ajrim chiqaradi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal
qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv
qarorida belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo`lsa, u majburiy
ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi
O`zbekiston Respublikasi Qonuniga
33
muvofiq, vakolatli sud bergan ijro
varaqasi asosida amalga oshiriladi.
O`Rsi FKning 10-moddasida hakamlik sudi orqali fuqarolik
huquqlarini himoya qilish imkoniyati nazarda tutilgan bo`lsa,
O`zbekiston Iqtisodiy prosessual kodeksida fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan
hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga
binoan, tadbirkorlik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga
ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi to`g`risida norma mavjud, shuning
uchun amaldagi Iqtisodiy prosessual kodeksiga kiritilib, unda tadbirkorlik
sudi tomonidan ko`riladigan hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan
bog`liq ishlar doirasi ajratilib, ularga:
1)
hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish
to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar;
2)
hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish
uchun ijro varaqalari berish to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar kiritildi.
Takidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari
to`g`risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan joylarda barcha savdo-sanoat
palatalari huzurida va Toshkent shahrida joylashgan huquqiy
muammolarni o`rganish Markazi mutaxassislari Kengashi qarori bilan
Markaz huzurida hakamlik sudi tashkil etilgan va uning Reglamenti,
hakamlik sudi to`g`risida Nizom, hakamlik yig`imlari va chiqimlari
to`g`risidagi Nizom, shuningdek uning faoliyatini tartibga soluvchi
boshqa hujjatlar tasdiqlangan.
33
https://lex.uz/docs/-26477
336
Mazkur hakamlik sudlari Reglamentiga binoan, u fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan, tadbirkorlik sudiga taalluqli bo`lgan,
taraflarning kelishuvi bilan hakamlar sudi ko`rishiga kelishilgan nizolarni
ko`radi. Hakamlik sudlariga yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar
murojaat qilish huquqiga egadirlar. Qonunning mavjudligi esa
tadbirkorlikni mamlakatimizda yanada rivojlanishini, qolaversa hakamlik
sudlarining mustaqilligini taminlaydi.
Doimiy faoliyat ko`rsatadigan hakamlik sudlari O`zbekiston
Respublikasining 29.08.2001 yildagi «Birjalar va birja faoliyati
to`g`risida»gi qonuniga binoan, birjalar huzurida tuzilishi mumkin.
Mazkur modda mazmuniga binoan, birja azolari, birja savdolarining
ishtirokchilari va ularning mijozlari o`rtasida birja savdosi qoidalarida
nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar birjaning
hakamlik komissiyasi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Nizolarni ko`rib
chiqish uchun hakamlar komissiyasi tomonidan yig`im undirish
taqiqlanadi. Ushbu modda birjalar huzurida hakamlik sudlari tashkil etish
va ishtirokchilar o`rtasida birja faoliyati yuzasidan vujudga keladigan
nizolarni ko`rib chiqib, hal etish imkoniyatini beradi. Qonun hujjatlari
bilan bu kabi komissiya yoki hakamlar sudlari vakolatiga birja bitimlarini
tuzish bilan bog`liq nizolarni ko`rib chiqish ham berilishi mumkin. Bir
narsani takidlash joizki, birjaning hakamlik komissiyalari o`zlariga
berilgan bunday vakolatlardan lozim darajada foydalana olmoqdalar,
deyish qiyin.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy prosessual kodeksining 25-
moddasi ish nafaqat tadbirkorlik sudi ish yurituviga qabul qilinishidan
oldin, balki birinchi instansiya sudi ish yurituvining istagan bosqichida
ham, xattoki, qaror qabul qilingunga qadar ham, tomonlar ishni hakamlik
sudiga berish to`g`risida bitim tuzishlari mumkinligini nazarda tutadi.
Bunda IPKning 88-moddasi 2-bandiga binoan, ishda ishtirok etuvchi
shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko`rish uchun topshirish
to`g`risidagi kelishuvi bo`lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati
yo`qolmagan bo`lsa va agar ishning tadbirkorlik sudida ko`rilishiga
qarshi bo`lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni
337
mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to`g`risida iltimosnoma
bilan murojaat qilsa, tadbirkorlik sudi davoni ko`rmasdan qoldiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi
qarori bilan mamlakatimiz 1958 yil 10 iyundagi “Xorijiy mamlakatlar
hakamlar qarorlarini etirof etish va ijro etish to`g`risida”gi Nyu-York
Konvensiyasini ratifakasiya qildi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida
“har bir ahdlashuvchi davlat taraflarning arbitraj muhokamasining
predmeti bo`lishi mumkin bo`lgan aniq bir shartnomaviy yoki boshqa
huquqiy munosabatdan kelib chiqqan yoxud kelib chiqishi mumkin
bo`lgan barcha yoki bazi nizolarni arbitrajga berish majburiyati
ko`rsatilgan yozma bitimni tan oladi” deb ko`rsatilgan. Shunday ekan,
mazkur
Konvensiyaga
qo`shilish
xorijiy
hakamlar
qarorlarini
O`zbekiston hududida va aksincha, O`zbekiston hakamlar qarorlarini
xorijiy mamlakatlar hududida tan olinishiga imkoniyat yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |