Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs 
tomonidan tashkil etilishi mumkin va uning huzurida faoliyat ko`rsatadi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yuridik shaxs doimiy 
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etish haqida qaror qabul 
qilganida, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudining qoidalarini va 
hakamlik sudyalari ro`yxatini tasdiqlaganida tashkil etilgan deb 
hisoblanadi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudini tashkil etgan yuridik 
shaxs uning tashkil etilganligi to`g`risidagi hujjatlar nusxalarini hakamlik 
sudi joylashgan yerdagi adliya organiga yuboradi.
Doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi o`z nomi yozilgan 
blanka va yumaloq muhrga, O`zbekiston Respublikasi hududida hisob-


333 
kitob varaqlari, valuta hisob varaqlariga hamda boshqa bank 
hisobvaraqlariga ega bo`lishi mumkin.
Muvaqqat hakamlik sudi hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib 
chiqqan muayyan nizoni hal etish uchun ular tomonidan tashkil etilib, 
nizo ko`rib chiqilganidan keyin muvaqqat hakamlik sudi o`z faoliyatini 
tugatadi. Hakamlik sudida raislik qiluvchi (nizo hayatda ko`rib 
chiqilayotganda) yoxud hakamlik sudyasi (nizo yakka tartibda ko`rib 
chiqilayotganda) hakamlik bitimi nusxasini va muvaqqat hakamlik sudi 
tashkil etilganligi to`g`risidagi xabarnomani mazkur sud joylashgan 
yerdagi adliya organiga hakamlik muhokamasi boshlanguniga qadar 
yuboradi.
Demak, hakamlik sudlari fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib 
chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida 
vujudga keluvchi tadbirkorlik nizolarini hal etishligi belgilangan.
Hakamlik 
sudlari 
mamuriy, 
oila 
va 
mehnat 
huquqiy 
munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shuningdek qonunda nazarda 
tutilgan boshqa nizolarni hal etishga haqli emas. Hakamlik sudi nizolarni 
O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida hal qiladi. 
Hakamlik sudi shartnoma shartlariga muvofiq va ish muomalasi 
odatlarini hisobga olgan holda hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Agar hakamlik bitimi taraflarining munosabatlari qonun hujjatlari 
yoki hakamlik bitimi taraflarining kelishuvi bilan to`g`ridan-to`g`ri 
tartibga solinmagan bo`lsa va bu munosabatlarga nisbatan qo`llaniladigan 
ish muomalasi odati mavjud bo`lmasa, hakamlik sudi shunga o`xshash 
munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini qo`llaydi 
(qonun o`xshashligi), mazkur hollarda qonun o`xshashligidan foydalanish 
imkoniyati bo`lmagan taqdirda esa hakamlik bitimi taraflarining huquq 
va majburiyatlari qonun hujjatlarining mazmunidan (huquq o`xshashligi) 
hamda halollik, oqillik va adolat talablaridan kelib chiqqan holda 
belgilanadi.
Hakamlik bitimi mavjud bo`lgan taqdirda, nizo hakamlik sudining 
hal qiluviga topshirilishi mumkin. Ushbu sud bitimi yozma shaklda 
tuziladi. Hakamlik bitimi shartnomaning tarkibiy qismi bo`lgan 
shartnoma sharti yoki alohida bitim tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. 


334 
Hakamlik bitimida hakamlik bitimi taraflari o`rtasida kelib chiqqan yoki 
kelib chiqishi mumkin bo`lgan barcha yoxud ayrim nizolar hakamlik 
sudida ko`rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoida, shuningdek agar nizo 
doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi hal qiluviga topshiriladigan 
bo`lsa, mazkur hakamlik sudining nomi ko`rsatilishi lozim.
Yigirma besh yoshdan kichik bo`lmagan, nizoning xolis hal 
qilinishini taminlashga qodir bo`lgan, nizoning pirovard natijasidan 
bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo`lmagan, hakamlik bitimi 
taraflaridan mustaqil bo`lgan va hakamlik sudyasi majburiyatlarini 
bajarishga rozilik bergan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi hakamlik 
sudyasi etib saylanishi (tayinlanishi) mumkin.
Nizoni yakka tartibda hal qiluvchi hakamlik sudyasi oliy yuridik 
malumotga ega bo`lishi kerak. Nizo hayatda hal qilinayotganda hakamlik 
sudi tarkibining raisi oliy yuridik malumotga ega bo`lishi kerak.
Hakamlik sudi nizo holatlari tekshirilganidan so`ng hakamlik sudi 
tarkibiga kiruvchi hakamlik sudyalarining ko`pchilik ovozi bilan hal qiluv 
qarori qabul qiladi.
Hal qiluv qarori hakamlik sudining majlisida e'lon qilinadi. 
Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan etiboran 
kuchga kiradi.
Agar kelishuv bitimi qonun hujjatlariga zid bo`lmasa hamda boshqa 
shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasa, hakamlik sudi 
hakamlik muhokamasi taraflarining iltimosnomasiga binoan kelishuv 
bitimini tasdiqlash to`g`risida hal qiluv qarori qabul qiladi. Kelishuv 
bitimining mazmuni hakamlik sudining hal qiluv qarorida bayon qilinadi.
Taraflardan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini olganidan 
so`ng, agar hakamlik muhokamasi taraflari boshqacha shartlashmagan 
bo`lsalar, hakamlik muhokamasi davomida arz qilingan va ko`rib 
chiqilgan, ammo qabul qilingan hal qiluv qarorida o`z aksini topmagan 
davo talablari bo`yicha qo`shimcha hal qiluv qarori qabul qilish 
to`g`risidagi ariza bilan o`n kun ichida aynan o`sha hakamlik sudiga bu 
haqda boshqa tarafni xabardor qilgan holda murojaat etishi mumkin. 
Nizoni hal qilgan hakamlik sudi tarkibi mazkur ariza olingan kundan 
etiboran o`n kun ichida uni ko`rib chiqishi kerak.


335 
Hakamlik sudi nizoning mazmuniga daxl qilmaydigan masalalar 
yuzasidan ajrim chiqaradi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori mazkur hal 
qiluv qarorida belgilangan tartibda va muddatlarda ixtiyoriy ijro etiladi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik sudining hal qiluv 
qarorida belgilangan muddatda ixtiyoriy ijro etilmagan bo`lsa, u majburiy 
ijro etilishi kerak. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish 
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida"gi 
O`zbekiston Respublikasi Qonuniga
33
muvofiq, vakolatli sud bergan ijro 
varaqasi asosida amalga oshiriladi.
O`Rsi FKning 10-moddasida hakamlik sudi orqali fuqarolik 
huquqlarini himoya qilish imkoniyati nazarda tutilgan bo`lsa, 
O`zbekiston Iqtisodiy prosessual kodeksida fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin bo`lgan 
hamda iqtisodiy sudga taalluqli bo`lgan nizo taraflarning kelishuviga 
binoan, tadbirkorlik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlik sudiga 
ko`rish uchun topshirilishi mumkinligi to`g`risida norma mavjud, shuning 
uchun amaldagi Iqtisodiy prosessual kodeksiga kiritilib, unda tadbirkorlik 
sudi tomonidan ko`riladigan hakamlik sudining hal qiluv qarori bilan 
bog`liq ishlar doirasi ajratilib, ularga:
1) 
hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini bekor qilish 
to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar;
2) 
hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish 
uchun ijro varaqalari berish to`g`risidagi arizalar bo`yicha ishlar kiritildi.
Takidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi “Hakamlik sudlari 
to`g`risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan joylarda barcha savdo-sanoat 
palatalari huzurida va Toshkent shahrida joylashgan huquqiy 
muammolarni o`rganish Markazi mutaxassislari Kengashi qarori bilan 
Markaz huzurida hakamlik sudi tashkil etilgan va uning Reglamenti, 
hakamlik sudi to`g`risida Nizom, hakamlik yig`imlari va chiqimlari 
to`g`risidagi Nizom, shuningdek uning faoliyatini tartibga soluvchi 
boshqa hujjatlar tasdiqlangan.
33
https://lex.uz/docs/-26477


336 
Mazkur hakamlik sudlari Reglamentiga binoan, u fuqarolik huquqiy 
munosabatlardan kelib chiqadigan, tadbirkorlik sudiga taalluqli bo`lgan, 
taraflarning kelishuvi bilan hakamlar sudi ko`rishiga kelishilgan nizolarni 
ko`radi. Hakamlik sudlariga yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlar 
murojaat qilish huquqiga egadirlar. Qonunning mavjudligi esa 
tadbirkorlikni mamlakatimizda yanada rivojlanishini, qolaversa hakamlik 
sudlarining mustaqilligini taminlaydi.
Doimiy faoliyat ko`rsatadigan hakamlik sudlari O`zbekiston 
Respublikasining 29.08.2001 yildagi «Birjalar va birja faoliyati 
to`g`risida»gi qonuniga binoan, birjalar huzurida tuzilishi mumkin. 
Mazkur modda mazmuniga binoan, birja azolari, birja savdolarining 
ishtirokchilari va ularning mijozlari o`rtasida birja savdosi qoidalarida 
nazarda tutilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar birjaning 
hakamlik komissiyasi yoki sud tomonidan hal qilinadi. Nizolarni ko`rib 
chiqish uchun hakamlar komissiyasi tomonidan yig`im undirish 
taqiqlanadi. Ushbu modda birjalar huzurida hakamlik sudlari tashkil etish 
va ishtirokchilar o`rtasida birja faoliyati yuzasidan vujudga keladigan 
nizolarni ko`rib chiqib, hal etish imkoniyatini beradi. Qonun hujjatlari 
bilan bu kabi komissiya yoki hakamlar sudlari vakolatiga birja bitimlarini 
tuzish bilan bog`liq nizolarni ko`rib chiqish ham berilishi mumkin. Bir 
narsani takidlash joizki, birjaning hakamlik komissiyalari o`zlariga 
berilgan bunday vakolatlardan lozim darajada foydalana olmoqdalar, 
deyish qiyin.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy prosessual kodeksining 25-
moddasi ish nafaqat tadbirkorlik sudi ish yurituviga qabul qilinishidan 
oldin, balki birinchi instansiya sudi ish yurituvining istagan bosqichida 
ham, xattoki, qaror qabul qilingunga qadar ham, tomonlar ishni hakamlik 
sudiga berish to`g`risida bitim tuzishlari mumkinligini nazarda tutadi. 
Bunda IPKning 88-moddasi 2-bandiga binoan, ishda ishtirok etuvchi 
shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga ko`rish uchun topshirish 
to`g`risidagi kelishuvi bo`lib, hakamlik sudiga murojaat qilish imkoniyati 
yo`qolmagan bo`lsa va agar ishning tadbirkorlik sudida ko`rilishiga 
qarshi bo`lgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni 


337 
mazmunan hal etishni hakamlik sudiga topshirish to`g`risida iltimosnoma 
bilan murojaat qilsa, tadbirkorlik sudi davoni ko`rmasdan qoldiradi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 22 dekabrdagi 
qarori bilan mamlakatimiz 1958 yil 10 iyundagi “Xorijiy mamlakatlar 
hakamlar qarorlarini etirof etish va ijro etish to`g`risida”gi Nyu-York 
Konvensiyasini ratifakasiya qildi. Mazkur Konvensiyaning 2-moddasida 
“har bir ahdlashuvchi davlat taraflarning arbitraj muhokamasining 
predmeti bo`lishi mumkin bo`lgan aniq bir shartnomaviy yoki boshqa 
huquqiy munosabatdan kelib chiqqan yoxud kelib chiqishi mumkin 
bo`lgan barcha yoki bazi nizolarni arbitrajga berish majburiyati 
ko`rsatilgan yozma bitimni tan oladi” deb ko`rsatilgan. Shunday ekan, 
mazkur 
Konvensiyaga 
qo`shilish 
xorijiy 
hakamlar 
qarorlarini 
O`zbekiston hududida va aksincha, O`zbekiston hakamlar qarorlarini 
xorijiy mamlakatlar hududida tan olinishiga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin