345
Kassatsiya shikoyatining maqsadi javobgar
manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan bo`lib, keyinchalik bekor qilingan yoki o`zgartirilgan
noqonuniy qarorni ijro etish bilan zarar yetkazishning oldini oladi.
Kassatsiya instansiyasi hal qiluv qarori (qaror)ni o`zgartirish, yangi qaror
qabul qilish huquqiga ega. Shuning uchun, agar kassatsiya instansiyasi
qarori birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori (yoki apellyasiya
instansiyasining qarori) ijro etilganidan so`ng qabul qilinsa, mazkur sud
hujjatlari bo`yicha olingan barcha narsalarni qaytarishlik faqatgina sud
hujjatining qaytarma ijrosi institutidan foydalanish yo`li bilan mumkin
bo`ladi. Bu esa ancha murakkab jarayondir.
Bundan tashqari dastlabki
davo bo`yicha javobgarga qaytarilish lozim bo`lgan pul mablag`i ham,
mulk ham amalda qolmagan bo`lishi mumkin.
Moddiy yoki prosessual huquq normalarining buzi-lishi yoxud
noto`g`ri qo`llanilishi tadbirkorlik sudining hal qiluv qarorini yoki
qarorini o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual
huquq
normalarining
buzilishi
yoki
noto`g`ri
qo`llanilishi, agar bu buzilish noto`g`ri hal qiluv qarori yoki qarorni qabul
qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo`lsa, hal qiluv qarorini
yoki qarorni o`zgartirish yoxud bekor qilish uchun asos bo`ladi.
Prosessual
huquq
normalarining
buzilishi
yoki
noto`g`ri
qo`llanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish
uchun asos bo`ladi:
ish iqtisodiy sud tomonidan noqonuniy tarkibda ko`rilgan bo`lsa; ish
iqtisodiy sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va joyi
to`g`risida
tegishli
ravishda
xabardor
qilinmagan
shaxslardan
birontasining yo`qligida ko`rilgan bo`lsa; ishni ko`rishda sud ishi
yuritiladigan til to`g`risidagi qoidalar buzilgan bo`lsa;
iqtisodiy sud hal
qiluv qarorini yoki qarorni qabul qilishda qaysi qonun hujjatlariga amal
qilganligi hal qiluv qarorida yoki qarorda ko`rsatilmagan bo`lsa;
tadbirkorlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning
huquq va majburiyatlari to`g`risida hal qiluv qarori yoki qaror qabul
qilgan bo`lsa; hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan
imzolanmagan bo`lsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda
ko`rsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan bo`lsa; hal qiluv
346
qarori ishni ko`rgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul
qilingan bo`lsa; ishda sud majlisining bayonnomasi bo`lmasa
yoki u
qonunda ko`rsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan bo`lsa.
Iqtisodiy sudining dalillarni taminlash to`g`risidagi iltimosnomani
qanoatlantirishni rad etish haqidagi; davoni taminlash yoki davoni
taminlashni rad etish to`g`risidagi; davoni taminlashni bekor qilish
to`g`risidagi; ish yuritishni to`xtatish to`g`risidagi; ish yuritishni tugatish
to`g`risidagi; davoni ko`rmasdan qoldirish to`g`risidagi; o`tkazib
yuborilgan prosessual muddatni tiklashni rad etish to`g`risidagi; jarima
solish to`g`risidagi; davo arizasini qabul qilishni rad etish to`g`risidagi;
davo arizasini qaytarish to`g`risidagi; qo`shimcha hal qiluv qarorini qabul
qilishni rad etish to`g`risidagi; hal qiluv qarorini
tushuntirib berish va
yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni
tuzatish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar bo`yicha qayta ko`rish
to`g`risidagi arizani qaytarish to`g`risidagi; yangi ochilgan holatlar
bo`yicha ishni qayta ko`rish to`g`risidagi arizani qanoatlantirishni rad
etish haqidagi; ijro varaqasini ijroga taqdim etishning o`tkazib yuborilgan
muddatini tiklash to`g`risidagi; sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki
uni bo`lib-bo`lib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini o`zgartirish yoki
arizani qanoatlantirishni rad etish to`g`risidagi ajrimlariga kassasiya
shikoyati keltirilishi mumkin.
Bundan tashqari, apellyasiya shikoyatini qaytarish to`g`risidagi va
kassasiya shikoyatini (protestini) qaytarish to`g`risidagi ajrimlari faqat
kassasiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Agar apellyasiya shikoyati
ajrim bilan emas, balki xat bilan qaytarilgan bo`lsa, bu ushbu xatni
olgan
tomonni unga nisbatan kassasiya tartibida shikoyat keltirish huquqidan
mahrum etmaydi. Amaldagi qonunda ilk bor xususiy ajrimlarga nisbatan
shikoyat keltirish qoidasi nazarda tutilgan. Ajrimga nisbatan keltirilgan
kassasiya shikoyati (protest)ni ko`rib chiqish muddatlari, tartibi
tadbirkorlik sudining hal qiluv qarori va qarorlari ustidan kassasiya
shikoyati (protesti) keltirish kabidir.
Dostları ilə paylaş: