338
prosessual kodeksining 6-moddasida mustahkamlangan bo`lib, unda, agar
qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish
(talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada
nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda
hal etish choralarini ko`rgandan so`nggina, iqtisodiy sudda ish qo`zg`atish
mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari
va boshqa organlarning
arizalari bo`yicha ish qo`zg`atishni taraflar yuqoridagi choralarni
ko`rganko`rmaganligidan qatiy nazar amalga oshiradilar.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 384-moddasi 2-
qismiga muvofiq, shartnomani o`zgartirish va bekor qilish haqidagi
talablar bo`yicha nizoni sudgacha hal etish tartibi shartnomaning o`zida
ko`rsatilgan bo`lsa, taraflar talabnoma yuborish tartibini saqlagan holda
sudda davo qo`llashga haqli bo`ladilar.
Talabnoma tadbirkorlik subyektning rahbari yoki rahbarning
o`rinbosari tomonidan imzolanadi. Talabnoma
buyurtma yoki qimmatli
xat
tarzida,
telegraf,
teletayp
orqali,
shuningdek,
talabnoma
jo`natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini ogohlantiradigan
boshqa aloqa vositalaridan foydalanilgan holda jo`natiladi yoxud tilxat
olib topshiriladi.
Takidlash joizki, mazkur qonunning
ushbu moddasi tadbirkorlik
shartnomasi
bo`yicha
talabnomalar
yuborish
bilan
bog`liq
munosabatlarnigina tartibga soladi. Binobarin, yuklarni tashish va aloqa
xizmatlari
ko`rsatishga
doir
operasiyalardan
kelib
chiqadigan
talabnomalarni transport va aloqa tadbirkorlik yurituvchi subyektlarga
bildirish tartibi va muddatlari tegishli qonun hujjatlarida belgilab
qo`yiladi.
Tadbirkorlik shartnomasi bo`yicha o`ziga talabnoma bildirilgan
tadbirkorlik yurituvchi subyekt talabnomani olgan kundan boshlab bir oy
muddat ichida unga javob qaytarishi shart.
Talabnomaga javob
tadbirkorlik yurituvchi subyekt rahbari yoki rahbarning o`rinbosari
tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. Talabnomaga javob
buyurtma yoki qimmatli xat tarzida, telegraf, teletayp orqali, shuningdek
talabnoma jo`natilganligini qayd etadigan, qabul qilib oluvchini
339
ogohlantiradigan boshqa vositalardan foydalanilgan holda jo`natiladi yoki
tilxat olib topshiriladi.
Talabnoma to`liq yoki
qisman tan olingan taqdirda, tadbirkorlik
yurituvchi subyekt arz qiluvchiga o`zi tan olgan summani ixtiyoriy
ravishda o`tkazadi. Agar talabnomani tan olish to`g`risidagi javobda tan
olingan summa o`tkazilishi haqida malumot bo`lmasa, talabnoma
bildirilgan taraf javob olganidan so`ng yigirma kun muddat o`tgach, bank
muassasiga qarzdor tan olgan summani so`zsiz tartibda o`tkazish
to`g`risidagi farmoyishni taqdim etishga haqli. Farmoyishga qarzdorning
javobi ilova qilinadi.
Dostları ilə paylaş: