Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Ikkinchidan, mediatsiya tartib-taomillari qoʻllanilganda ishga 
taalluqli barcha maʼlumotlar mutlaqo sir tutiladi. Oʻrtadagi nizo va unga 
oid faktlardan faqatgina taraflar va ularning vakillari hamda mediator 
xabardor boʻlishi mumkin va ularga qonun bilan bu axborotlarni oshkor 
qilmaslik majburiyati yuklatiladi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi 
“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasida mediatsiya 
ishtirokchilari mediatsiya jarayonida oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan 
maʼlumotlarni ularni taqdim etgan mediatsiya tarafining, uning huquqiy 
vorisining yoki vakilining yozma roziligisiz oshkor qilishga haqli 
emasligi, mediatsiya ishtirokchilari oʻzlariga mediatsiya jarayonida 
maʼlum boʻlib qolgan holatlar haqida guvoh sifatida soʻroq qilinishi 
mumkin emasligi, shuningdek ulardan mediatsiyaga taalluqli axborotni 
talab qilib olish mumkin emasligi, 25-moddasida mediatsiyani qoʻllash 
chogʻida mediator taraflarning roziligisiz nizoning mohiyati boʻyicha 
oshkora bayonotlar berishga haqli emasligi, 27-moddasida agar mediator 
taraflarning biridan mediatsiyaga taalluqli axborotni olgan boʻlsa, u bu 
axborotni faqat uni taqdim etgan tarafning roziligi bilan boshqa tarafga 
oshkor qilishi mumkinligi belgilangan. Maxfiylik prinsipi ayniqsa oilaviy 


328 
nizolar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq munosabatlardan kelib 
chiqadigan nizolarda muhim ahamiyatga ega. Chunki, biron-bir 
tadbirkorlik subyektining boshqa bir tadbirkorlik subyekti yoxud mijoz 
bilan nizolashayotganligining oshkor boʻlishi ushbu tadbirkorlik 
subyektining ishchanlik obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi, potensial 
mijozlar hamda hamkorlarning unga boʻlgan ishonchi yoʻqolishi, u bilan 
shartnomaviy munosabatga kirishishdan oʻzlarini tiyishiga olib kelishi 
mumkin. Nizoni mediatsiya usulida hal qilish bunday salbiy oqibatlardan 
ishonchli himoya boʻlib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin