332
ichida muhim o`rin tutadi. O`zbekiston Respublikasining “Hakamlik
sudlari to`g`risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan hakamlik sudi (doimiy
faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudi yoki muvaqqat hakamlik sudi) -
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu
jumladan tadbirkorlik subyektlari o`rtasida vujudga keluvchi tadbirkorlik
nizolarini hal etuvchi nodavlat organi sifatida tan olindi.
Hakamlik sudlari orqali tadbirkorlik nizolarini hal etish fuqarolik
huquqlarini qo`riqlashning nodavlat mexanizmi bo`lib, bu tarzda
nizolarni hal etishning qator afzalliklari mavjud. Bu afzalliklar avvalo
shunda namoyon bo`ladiki, birinchidan, nizo tez ko`rilsa, ikkinchidan,
kam xarajatli bo`ladi, yani davlat boji yoki boshqa sud xarajatlari davlat
tomonidan o`rnatilgan tartibda va miqdorda to`lanishi talab etilmaydi,
uchinchidan, nizo malum ixtisosga va malakaga ega bo`lgan shaxslar
tomonidan ko`rib chiqiladi, to`rtinchidan, nizo o`tkaziladigan joy va vaqt
taraflar bilan kelishib belgilanadi, beshinchidan, har bir tarafning o`zi
nizoni hal etish uchun hakam tanlaydi va hokazo. Bu kabi afzalliklar
tadbirkorlik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni hakamlik sudi
tomonidan hal etilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.
Hakamlik sudi ikki turda, doimiy faoliyat ko`rsatuvchi va muvaqqat
hakamlik sudi, yani aniq bir ishni ko`rish uchun hamda doimiy faoliyat
ko`rsatish uchun tashkil etilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: