Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


-§. Tadbirkorlik nizolarini sud tartibida hal etish va sud



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3-§. Tadbirkorlik nizolarini sud tartibida hal etish va sud 
hujjatlarini qayta ko`rish 
Yuqorudagi paragraflarda ko‘rib chiqqanimizdek, tadbirkorlik 
soxasida kelib chiqadigan nizolar agar ular o‘rtasida o‘zaro kelishuv 
bitimi yoki mediativ kelishuv bo‘lmasa nizolar iqtisodiy sudlar 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Iqtisodiy sud manfaatdor shaxslarning, prokurorning, qonun 
bo`yicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektning yoxud davlat organlari va boshqa 
organlarning arizalariga asosan iqtisodiy sudlarda ish qo‘zgatilishi 
mumkin.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal 
qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib 
shartnomada nazarda tutilgan bo`lsa, taraflar o`zaro munosabatlarini 
ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko`rganlaridan so`nggina 
tadbirkorlik sudida ish qo`zgatish mumkin. Bunda prokuror, davlat 
organlari va boshqa organlarning arizalari bo`yicha ish qo`zgatish taraflar 
yuqoridagi choralarni ko`rgan-ko`rmaganliklaridan qatiy nazar amalga 
oshiriladi.
Iqtisodiy sudlarida ishlar oshkora, ochiq, adolatli va qonuniy 
tartibda ko`rib chiqadi. Davlat sirini yoki tijorat sirini saqlash zarur 
bo`lgan taqdirda ishni yopiq sud majlisda ko`rishga yo`l qo`yiladi. Ishni 
yopiq sud majlisida ko`rish to`g`risida sud tomonidan ajrim chiqariladi.


340 
Taraflarning kelishuvi. Nizolarni sudda hal etish jarayonida nizo 
taraflarning kelishuvi bilan ham hal etilishi mumkin. O`zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiy prosessal kodeksining 16-bobida taraflarni 
yarashtirish tartib-taomillari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, sud 
taraflarning kelishuvi uchun choralar ko‘radi, ularga iqtisodiy sud 
ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga 
ko‘maklashadi. Shu bilan birga ushbu kodeksda da’vogar va 
javobgarlarning kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish tartib 
taomillari keltirilgan, bunda taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki 
mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki 
mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi 
mumkin. 
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday 
bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa 
birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud 
hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi 
mumkin. 
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan 
hisoblanadi. Mazkur Kodeks 49-moddasining oltinchi qismi, 50-
moddasining birinchi qismi, 63-moddasining birinchi qismida aniq ifoda 
etilgan. 
Kelishuv bitimining shakli va mazmuni yozma shaklda tuziladi va 
kelishuv bitimini tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan 
imzolanadi. 
Kelishuv 
bitimida 
taraflar 
tomonidan 
kelishilgan 
majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari haqidagi qoidalar 
ko‘rsatilishi kerak. 
Taraflar tomonidan kelishuv bitimi shartlari bo‘yicha qabul qilingan 
majburiyatlarning bajarilishi taraflarni bir-biriga yoki boshqa voqealarga 
(harakatlarga) bog‘liq qilib qo‘yishi mumkin emas. 
Kelishuv bitimida javobgar tomonidan majburiyatlarni kechiktirib 
yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish to‘g‘risidagi, talab qilish huquqidan boshqa 
shaxs foydasiga voz kechish haqidagi, qarzdan to‘liq yoki qisman voz 
kechish yoxud qarzni tan olish to‘g‘risidagi, sud xarajatlarini taqsimlash 


341 
haqidagi shartlar va qonunga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ko‘rsatilishi 
mumkin. 
Agar kelishuv bitimida sud xarajatlarini taqsimlash haqidagi shart 
mavjud bo‘lmasa, sud bu masalani kelishuv bitimini tasdiqlash chog‘ida, 
ushbu Kodeksda belgilangan umumiy tartibda hal etadi. 
Kelishuv bitimi uni tuzgan shaxslar sonidan bitta ortiq nusxada 
tuziladi va imzolanadi. Ushbu nusxalardan biri ish materiallariga qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Iqtisodiy sudlarda birinchi instansiya bo`yicha ishlar, qoida 
tariqasida, sudyaning yakka o`zi tomonidan ko`riladi. Davo arizasini 
qabul qilish masalasini sudyaning yakka o`zi hal qiladi va qonun 
talablarga rioya etgan holda berilgan davo arizasini tadbirkorlik sudining 
ish yuritishiga qabul qiladi yoki uni rad etish yoxud davo arizasini 
qaytarish to`grisida ajrim chiqaradi. Sudya ishni yuritish to`g`risida 
manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning 
mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan 
nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va malumotlarni taqdim 
etishni taklif etadi. Ushbu bosqichda sudya ishda qatnashuvchi shaxslarga 
juda xilma-xil harakatlarni bajarishni taklif etishi mumkin. Masalan, 
hisob-kitoblarni pul talabnomalariga solishtirib chiqish, huquqiy 
pozisiyani aniqlash yoki belgilash, davo arizasiga javob berish, boshqa 
tomonga yoki bir-biriga ayrim hujjatlarni berish, ekspertiza o`tkazilishida 
tushuntirilishi kerak bo`lgan masalalarni taqdim etish va boshqalar. U 
taraflarni murosaga keltirish choralarini ko`radi. Ishni sudda ko`rishga 
tayyorlash to`g`risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan 
ortiq bo`lmagan muddatda ko`rilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi 
kerak. Birinchi instansiya tadbirkorlik sudi nizoni mazmunan hal qilishda 
hal qiluv qarori qabul qiladi. Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy 
va asoslantirilgan bo`lishi kerak.
Hal qiluv qarori prosessual huquq normalariga to`liq rioya qilgan 
holda, moddiy huquq normalariga amal qilib, shu nizoli huquqiy 
munosabatlarni qo`llash lozim yoki zarur bo`lgan holatlarda asosli 
ravishda qonunni qo`llash, mos keladigan munosabatlarni tartibga solish, 


342 
yohud qonun-chilikning umumiy, bosh va mazmunidan kelib chiqadigan 
bo`lsa, qonuniy hisoblanadi.
Iqtisodiy sud nizolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va 
qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O`zbekiston 
Respublikasining halqaro shartnomalariga asosan hal qiladi. Agar halqaro 
shartnomada 
O`zbekiston 
Respublikasi 
qonunchiligida 
nazarda 
tutilgandan boshqacha qoida o`rnatilgan bo`lsa, bunday hollarda halqaro 
shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
Iqtisodiy sud O`zbekiston Respublikasi qonuni va halqaro 
shartnomalariga binoan chet el davlatlarining huquq normalarini 
qo`llaydi. Hal qiluv qarori qonuniy bo`lishi uchun tadbirkorlik sudi 
normativ hujjatlardan nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi o`sha 
huquqiy normalarni topishi lozim. Buning uchun tomonlarning faktga 
asoslangan o`zaro munosabatlarini to`g`ri yuridik baholashi lozim.
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori O`zbekiston 
Respublikasi nomi bilan qabul qilinadi. Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori 
kirish, bayonnoma, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo`ladi. 
Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro 
etiladi. Davlat organlarining, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish 
organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish to`g`risidagi hal qiluv 
qarorlari, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash to`g`risidagi ajrimlar 
darhol ijro etiladi.
Iqtisodiy sudlarning hal qiluv qarorlarini qayta ko‘rish sudining hal 
qiluv qarorlari ustidan iqtisodiy protsessual kodeksning 34-bobida 
belgilangan tartibda apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) 
tartibida qayta ko‘rilishi mumkin. 
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga 
jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal 
qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instansiya sudining qonuniy 
kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga 
haqlidir. 
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida 
ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan 


343 
taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv 
qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik 
subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal 
qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli, bundan 
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, 
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar 
mustasno. 
Sudning hal qiluv qarori ustidan to‘liq yoki qisman shikoyat 
qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Iqtisodiy sudlov ishlarini 
yuritishning tarkibiy qismi bo‘lib, apellyasiya instansiyasida ishni 
birinchi instansiya sudida ko`rib chiqish qoidalari bo`yicha ko`rib 
chiqiladi, va bunda apellyasiyani ko`rib chiqishning mohiyatidan kelib 
chiqadigan ayrim istisnolar bo`lishi mumkin.
Apellyasiya shikoyatini ko`rib chiqishda qonunda belgilangan ishni 
birinchi instansiya sudida ko`rib chiqishni tartibga soluvchi meyorlar 
qo`llaniladi. Birinchi instansiya sudidan farqli o`laroq, apellyasiya sudi 
barcha ishlarni kollegial tartibda ko`rib chiqadi, bunda qoida tariqasida 
sud raisi yoki uning o`rinbosari yoxud biror sudya raislik qiladi. 
Apellyasiya sudi hal qiluv qarorini to`laligicha yoki qisman bekor qilishi 
va shikoyatni ko`rmasdan qoldirishi yoki ishni yuritishni tugatishi 
mumkin.
Birinchi instansiya sudi qonunda ko`rsatib o`tilgan holatlar bo`lgani 
holda ish yuritishni tugatmagan yoki davoni ko`rmasdan qoldirmagan 
bo`lsa va ishni mazmunan ko`rib, hal qiluv qarori chiqargan bo`lsa, 
apellyasiya instansiyasi sudi bunday qarorni to`la yoki qisman bekor 
qilishi hamda ishni yuritishni tugatishi yoxud davoni to`la yoki qisman 
ko`rmasdan qoldirishi mumkin.
Agar birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinmasa 
va o`zgartirilmasa, hal qiluv qarori qonuniy kuchga kiradi va aynan u ijro 
etilishi kerak.
Qaror qabul qilingan kunidan etiboran besh kunlik muddatda ishda 
ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi malum qilinadigan buyurtma 


344 
xat orqali yuboriladi yoki tilxat bilan topshiriladi. Jo`natish uchun 
ajratilgan bu muddat IPKda apellyatsiya shikoyatini ko`rish uchun 
ajratilgan bir oylik muddatga kirmaydi.
Apellyasiya instansiyasining qarori ustidan kassasiya tartibida 
shikoyat qilinishi mumkin.

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin