Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

Qarzdorning zararni to‘lash majburiyati
FKning 
324-moddasida 
qarzdor 
majburiyatni 
butunlay 
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditorga 
etkazilgan zararni to‘lashi shartligi normalangan. Qarzdorning 
majburiyatni bajarmasligi natijasida vujudga kelgan va to‘lanishi lozim 
bo‘lgan kreditorning xarajatlari deganda, kreditor tomonidan mazkur 
majburiyat yuzasidan qilingan xarajatlar va qarzdorning o‘z vazifasini 
bajarmaganligi bilan bogliq xarajatlar tushuniladi. Chunonchi, mahsulot 
etkazib beruvchi tomonidan mahsulotning belgilangan muddatlarda 
etkazib berilmasligi tufayli mahsulot oluvchi korxonaning faoliyat 
ko‘rsatib turishi vaqtida qilingan xarajatlar to‘lanishi lozim.
Majburiyatni bajarish yuzasidan topshirilgan mulk shartnoma 
shartlariga muvofiq kelmaganda va kreditor bunday hollarda mulkni 
qarzdorga qaytarish yoki majbur bo‘lganida kreditor zararlarining 
undirilishidan qat’i nazar, mulk uchun to‘langan pul summalarining 
o‘ziga qaytarilishini talab qilish huquqiga ega.


367 
Kreditor qarzdorning o‘z vazifasini bajarganligi tufayli yo‘qotgan 
mulkining qiymatini yoki mulkning zararlanishi natijasida uning qiymati 
kamayishidan kelgan summalarning to‘lanishini talab qilishi mumkin. 
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida shartnomaviy narxlar amal 
qiladi. Uning asosiy xususiyati shundan iboratki, ba’zi hollarda 
majburiyat vujudga kelgan paytdagi narx bilan zararni undirish vaqtidagi 
baholar o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Qonunda ushbu holatlar ham 
ko‘zda tutiladi. FKning 324-moddasi 2-qismi mazmuniga ko‘ra, agar 
qonun hujjatlari yoki shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan 
bo‘lsa, zararni aniqlashda majburiyat bajarilishi kerak bo‘lgan joyda, 
qarzdor kreditorning talablarini ixtiyoriy qanoatlantirgan kunda, bordi-yu, 
talab ixtiyoriy qanoatlantirilmagan bo‘lsa, da’vo qo‘zgatilgan kunda 
mavjud bo‘lgan narxlar e’tiborga olinadi. Sud vaziyatga qarab, zararni 
to‘lash haqidagi talabni qaror chiqarilgan kunda mavjud bo‘lgan narxlarni 
e’tiborga olgan holda qanoatlantirishi mumkin.
Kreditor tomonidan olinmagan va to‘lanilishi qarzdordan talab 
qilishga haqli bo‘lgan daromadlar deganda, qarzdor o‘z majburiyatini 
lozim darajada bajarmaganida kreditorning olishi mumkin bo‘lgan 
daromadlar tushuniladi. Bu ayniqsa, pul majburiyatini bajarmaganlik 
uchun javobgarlik belgilashda yaqqol namoyon bo‘ladi. FKning 337-
moddasiga asosan boshqa shaxslarning pul mablaglarini gayriqonuniy 
ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni 
boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish 
yoki jamgarish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablaglar 
summasiga foiz to‘lanishi kerak.
Foizlar miqdori kreditor yashaydigan joyda, kreditor yuridik shaxs 
bo‘lganida esa, uning joylashgan erida pul majburiyati yoki uning tegishli 
qismi bajarilgan kunda mavjud bo‘lgan bank foizining hisob stavkasi 
bilan belgilanadi. Qarz sud tartibida undirib olinganida, sud kreditorning 
talabini da’vo qo‘zgatilgan kundagi yoki qaror chiqarilgan kundagi bank 
foizining hisob stavkasiga qarab qondirishi mumkin. Ushbu qoidalar 
qonunda yoki shartnomada boshqa foiz miqdori belgilanmagan bo‘lsa 
qo‘llaniladi. Kreditorning pul mablaglaridan qonunsiz foydalanish tufayli 
unga etkazilgan zarar yuqorida ko‘rsatilgan foizlar summasidan oshib 


368 
ketsa, kreditor qarzdordan zararning bu summadan ortiqcha bo‘lgan 
qismini to‘lashni talab qilishga haqli. Ushbu modda bilan bogliq 
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 
qarori1da ham tartibga solingan.
Zarar ko‘rilganligini isbotlash va bunday zararning qarzdorning 
majburiyatni bajarmasligidan kelgan bo‘lishini isbotlash, shuningdek 
zararning miqdorini hisoblab ko‘rsatish vazifasi zararning undirilishi 
to‘grisida talab qo‘yadigan kreditorga yuklatiladi.
Qonunda kreditor qarzdordan yo‘qotilgan ashyoning qiymatinigina 
talab qilishga haqli bo‘lib, majburiyatning qarzdor tomonidan 
bajarilmasligi natijasidan olinmay qolgan daromadlarni talab qilishga 
haqli bo‘lmasligi hollari ham mavjud.
Qonun ba’zi hollarda zararlarni to‘lagan qarzdorning majburiyatni 
asl holida bajarish burchini ham belgilaydi.
Qonunning 330-moddasiga asosan, basharti qonunda yoki 
shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, majburiyat 
bajarilmagan taqdirda zararni qoplash va uning bajarilmaganligi uchun 
neustoyka to‘lash qarzdorni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod 
qiladi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni topshirish 
majburiyatini 
bajarmaslik 
oqibatlari 
FKning 
331-moddasida 
normalangan.
Agar ashyoni oluvchilar egaligiga topshirish to‘grisida shartnoma 
tuzilmay, bu ashyoni kreditorga foydalanish uchun topshirish to‘grisida 
ikki yoki bir necha shartnoma ketma-ket tuzilgan bo‘lsa, ashyoning 
kreditordan biriga topshirilishi, avval shartnoma tuzgan kreditorlarning 
huquqini yo‘qqa chiqaradi. Agar ashyo kreditor bilan birdek huquqqa ega 
bo‘lgan uchinchi shaxsga topshirilgan bo‘lsa, bu huquq bekor bo‘ladi. 
Bunday holda avval shartnoma tuzgan kreditor ko‘rgan zararlarning 
to‘lanishi to‘grisida da’vo qo‘zgatishga haqli.
Xususiy alomatlari bilan belgilangan ashyoni egalikka o‘tkazish 
yoki xo‘jalik yuritishga, operativ boshqarishga yoxud foydalanish uchun 
topshirish to‘grisidagi ketma-ket tuzilgan ikki yoki bir necha 
shartnomalar bo‘lgani holda ashyo kreditorlardan hech qaysisiga 
topshirilmagan bo‘lsa, kreditorlardan qaysi biri foydasiga ilgari 


369 
majburiyat vujudga kelgan bo‘lsa, ya’ni ashyoni topshirish to‘grisida kim 
bilan avval shartnoma tuzilgan bo‘lsa, shunisi ustunlik huquqiga ega 
bo‘ladi.
Agar ishning vaziyatlari bo‘yicha majburiyatlarning qachon 
vujudga kelganligi, ya’ni shartnoma kim bilan avval tuzilganligini 
belgilash mumkin bo‘lmasa, ashyoning topshirilishi to‘grisida kim avval 
da’vo qo‘zgatgan bo‘lsa, bu shaxs imtiyozga ega bo‘ladi.
Muayyan ishni bajarish majburiyatini bajarmaslik oqibatlari 330 
moddada belgilanganidek, majburiyatni real ravishda, aslicha bajarilishini 
ta’minlashga qaratiladi. FKning mazkur normasi qarzdor tomonidan 
majburiyatning bajarilmaganida shartnoma yuzasidan bajarilishi lozim 
bo‘lgan ishni, birinchi navbatda, o‘zi bajarishi yoki bajarishni boshqa 
shaxsga topshirishi va mazkur ishni bajarish uchun zarur xarajatlarning 
to‘lanishini qarzdor zimmasiga qo‘yish huquqini beradi.
Fuqarolik prostessual qonunlarda javobgarni muayyan harakatlar 
qilishga majbur etadigan da’volarning qilinishi va bu to‘grida sud 
qarorining chiqarilishi nazarda tutiladi. Majburiyat bo‘yicha amalga 
oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarni bevosita qilishga majbur etish 
mumkin bo‘lmaganligi tufayli qonun, agar javobgar qarorni belgilangan 
muddatda bajarmasa, da’vogar bu harakatlarni javobgar hisobidan o‘zi 
bajarishga va shu munosabat bilan qilingan zarur xarajatlarni undan 
undirishga haqli ekanligi to‘grisida sud o‘z qarorida ko‘rsatishga haqli 
bo‘ladi, deb ko‘rsatma beradi. Agar qonun yoki shartnomada nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, majburiyatni bajarmagan qarzdor hisobiga ishning 
kreditor tomonidan bajarilishiga yoki u bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha 
boshqa shaxs tomonidan bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar qarzdor, ya’ni javobgar tomonidan bajarilmagan faqat uning 
tomonidangina bajarilishi mumkin bo‘lsa, bunday harakatlarni qilishga 
qarzdorni majbur etadigan qarorda sud qarori ijro etilishi muddati 
belgilanadi, agar sud qarori belgilangan muddatda ijro etilmasa, 
javobgarga qonunda ko‘rsatilgan tartibda jarima solinishi mumkin.
Ba’zi hollarda ishni ijro etish mumkin bo‘lmaganida, kreditor 
majburiyatning qarzdor tomonidan bajarilmasligi tufayli o‘ziga 
etkazilgan zararning to‘lanishini talab qila oladi. Qarzdorning 


370 
javobgarlikdan ozod qilinishi asoslari Qarzdorning majburiyatni 
bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uning aybisiz sodir 
bo‘lganligi yoki bunday holat kreditorning aybi bilan bogliq bo‘lsa, 
umumiy qoida bo‘yicha qarzdor javobgarlikdan ozod bo‘ladi. Qarzdor 
tomonidan majburiyatning aniq bajarilishiga to‘sqinlik qilgan yuqorida 
ko‘rsatilgan yuridik faktlardan birining bo‘lishi – majburiyat bajarilishi 
mumkin bo‘lmasligi tushunchasini bildiradi.
Oddiy tasodifiy holat – yuridik ma’noda majburiyatning qarzdor 
tomonidan uning va kreditorning aybi bo‘lmay turib bajarilganligi yoki 
lozim darajada bajarilmaganligini sodir qilgan holat hisoblanadi. Bunday 
holatlar uchinchi shaxslarning, chunonchi, boshqa shaxslarning 
harakatlari bilan ham bogliq bo‘lishi mumkin. Masalan, begona bir 
shaxsning harakatlari natijasida qarzdor yo‘qligida u tomondan oldi-sotdi 
shartnomasi bo‘yicha kreditorga topshirilishi lozim bo‘lgan uyga o‘t 
tushib, yonib ketishini ko‘rsatish mumkin. Bozor munosabatlari 
sharoitida tadbirkorlikning ahamiyatini hisobga olgan holda tadbirkorlar 
uchun muhim kafolatni ko‘zda tutadi. FKning 333-moddasi 3-qismiga 
asosan basharti, qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lmasa, 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki 
lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga 
engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni, favqulodda va muayyan sharoitlarda 
oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon 
bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi.
Qarzdor tomonidan majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod bo‘lishiga asos bo‘luvchi 
holatlarga nazariya va amaliyotda “fors-major” deyiladi. Franstuz 
huquqida bu ibora “yengib bo‘lmaydigan kuch” va “tasodif” 
tushunchasini o‘z ichiga qamrab oladi.
Ayni vaqtda yengib bo‘lmaydigan kuchga taalluqli hodisalarni 
ob’ektiv va subyektiv xarakteri bo‘yicha yuridik adabiyotlarda yagona 
fikr mavjud emas. Qaytarib bo‘lmas kuchning ob’ektiv xarakterini e’tirof 
etgan va subyektiv xarakterini tan olmaydigan mualliflar uning doirasiga 
tabiiy ofatlar – zilzila, to‘fon, yongin va h.k., ijtimoiy turmush voqealari 
– urushlar, inqiloblar, qo‘zgolonlar, shuningdek davlat hokimiyatining 


371 
hujjatlari, masalan, eksport yoxud importning taqiqlab qo‘yilishi va 
umuman majburiyatning bajarilishini istisno etadigan, qarzdorga nisbatan 
tashqi kuch hisoblangan, qarzdorning ham, uning o‘rnida har qanday 
shaxsning ham erk-irodasiga bogliq bo‘lmagan holatlarni kiritadilar. 
Boshqa nazariyotchilar, esa qaytarib bo‘lmaydigan kuchni engish 
mutlaqo mumkin bo‘lmasligi shart emas, bu nisbiy bo‘lishi ham mumkin, 
masalan, bu kuchni bartaraf etish qarzdorni xonavayron qiladigan holatga 
keltirishi ham mumkin, deb hisoblaydilar1.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch sifatida shu majburiyatda 
taraflar bo‘lgan shaxs tomonidan, uning ixtiyoridagi barcha vositalar 
bilan oldini olish, qaytarish mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisa deb 
baholanadi.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch oddiy tasodifiy hol kabi 
majburiyatni bajarmaslikda yoki lozim darajada bajarmaganlikda 
taraflarning aybi bo‘lmasligi va mazkur aniq holatlarda uni qaytarish 
mumkin bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, mazkur holat 
odatdan tashqari favqulodda sodir etilgan bo‘lishi kerak. Amalda bunday 
holatlarda tabiiy ofat, masalan, suv toshqini, zilzila, kuchli bo‘ron kabi 
tabiiy ofat hollari to‘grisida so‘z yuritiladi.
Sud qarorlarida majburiyatni butunlay bajarmaganlik yoki lozim 
darajada bajarmaganlik uchun javobgarlikdan qarzdorni ozod qilishga 
asos bo‘ladigan qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch holatlarini ko‘rsatish 
kamdan-kam uchraydi.
Qaytarish mumkin bo‘lmagan kuchni (zilzila, toshqin, yongin 
kabilarni) nisbiy tushuncha deb bilib, bunday holatlarni asos qilib, 
javobgarlikdan ozod qilishqilmaslik mazkur holatlarning qanday 
sharoitlarda, qanday joyda va davrda sodir bo‘lganligi e’tiborga olinadi. 
Majburiyatni bajarishga to‘sqinlik qilgan holat o‘zining ichki, o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘yicha qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch sifatida 
ko‘rilmaydi, balki qator sharoit va muayyan holatlarning birgalikda 
kelishiga qarab belgilanadi. Qaytarib bo‘lmaydigan kuch ta’siri natijasida 
zarar etkazilganligi isbotlanganda mulkiy javobgarlikdan ozod qilish 
mumkin. Shu bilan birga, ayrim hollarda qaytarib bo‘lmaydigan kuch 
ta’sirida etkazilgan zararning to‘lanishi ham fuqarolik qonunchiligida 


372 
nazarda tutilgan. Chunonchi, havo transportidan foydalanishda 
yo‘lovchilarning ko‘rgan zararlari O‘zbekiston Respublikasi Havo 
kodeksiga muvofiq to‘la ravishda to‘lanadi.
Qaytarib bo‘lmaydigan kuch tushunchasini aniqlash fuqarolik-
huquqiy javobgarlik to‘grisidagi masalani to‘gri hal qilish uchun zarur. 
Chunki qarzdor tasodifiy holat uchun javobgar bo‘lganligi tufayli 
qaytarish mumkin bo‘lmagan kuch mavjud bo‘lganida, u javobgarlikdan 
ozod qilinadi. Xususan, avtotransport orqali yuk yuboruvchi va yuk 
tashuvchi tashkilot yuk tashishdan kelib chiqadigan majburiyatlarni 
tasodifiy holatlar sababli bajarmaganlarida javobgarlikka tortilsalar, 
ammo tabiiy hodisalar sodir bo‘lganda javobgarlikdan ozod qilinadilar. 
Yengib bo‘lmaydigan kuch ta’sirida majburiyatni bajarmaganlik uchun 
qarzdorni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda sodir bo‘lsagina 
qo‘llaniladi. Binobarin, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan 
bogliq bo‘lmagan majburiyatlarga nisbatan FKning 333-moddasining 3-
qismi normasi qo‘llanilmaydi. Ayni vaqtda shuni ta’kidlab o‘tish 
o‘rinliki, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogliq bo‘lgan 
majburiyatning bajarilmasligi qarzdorning shartnoma bo‘yicha sheriklari 
tomonidan sodir etilib, bozorda majburiyatni bajarish uchun zarur 
tovarlarning yo‘qligi, qarzdorda pul mablaglari bo‘lmaganligi sababli 
ro‘y bergan hollarda ular engib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holati 
sifatida qaralmaydi va demak, qarzdorni 333-modda 3-qismi bilan 
javobgarlikdan ozod etish uchun asos bo‘lmaydi.
Kreditorning aybini ham aniqlash muhim ahamiyatga ega. FKning 
335moddasida aytilganidek, agar kreditor qasddan yoki ehtiyotsizlik 
tufayli majburiyatni bajarish mumkin bo‘lmasligi yuk berishiga yoki 
bajarmaslik tufayli etkazilgan zarar miqdorining ko‘payishiga 
ko‘maklashgan bo‘lsa, shuningdek kreditor majburiyatni bajarmaslikdan 
etkazilgan zararni kamayish choralarini qasddan yoki ehtiyotsizlik tufayli 
ko‘rmagan bo‘lsa, sud ishning holatlariga qarab to‘lanadigan haq 
miqdorini kamaytirishga yoki kreditorga haq to‘lashni batamom rad 
etishga haqli.
FKning qoidasida majburiyatlarning qarzdor, shuningdek kreditor 
xatti-harakatlari tufayli bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi 


373 
to‘grisida so‘z boradi. Bunday hollarda qarzdorning javobgarligi hajmi 
ham kamaytirilishi mumkin. Mazkur holda sud har ikki tarafning aybi 
darajasini belgilashi va qarzdorning javobgarligi miqdorini tegishlicha 
kamaytirishi, kreditor ko‘rgan zararlarni qisman to‘lashga majbur qilishi, 
kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka summasini kamaytirishi 
lozim.
Modomiki, majburiyatlarni bajarishda har ikki taraf o‘zi uchun 
foydali, tejamli samaraga erishishni ko‘zlab harakat qilar ekan, kreditor 
o‘z aybi bilan zarar kamayishi uchun choralar ko‘rmasa, o‘z majburiyatini 
bajarmagan hisoblanadi. Majburiyatni bajarmaslikdagi aybi keyinchalik 
majburiyatni lozim darajada bajara olmagan qarzdorning javobgar bo‘lish 
darajasini belgilashda e’tiborga olinadi.
Majburiyatni bajarmaslikda har ikki taraf teng darajada aybli bo‘lsa, 
ko‘rilgan zarar taraflar o‘rtasida bab-baravar taqsimlanishi zararning 
faqat yarminigina to‘lashga majbur qilinadi. Zararning ikkinchi yarmi esa 
kreditorga to‘lanmay qoladi. Ammo bunday javobgarlik barcha hollarda 
ham bir xil bo‘lmaydi. Chunonchi, sud qarorlarida har ikki tarafning 
aybini taqqoslab ko‘rib, to‘lanadigan zarar summasi birmuncha 
kamaytirilishi hollari ko‘riladi.
Ba’zi hollarda qarzdor majburiyatni bajarish uchun barcha 
choralarni ko‘rsa ham kreditor o‘zining harakatsizligi va beparvoligi bilan 
majburiyatning bajarilishiga to‘sqinlik qiladi. Bunday holda sud 
qarzdorning majburiyatni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik 
javobgarligidan ozod qiladi. 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin