Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti z. O. Kuvandikov


Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy, ma’muriy va jinoiy



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/130
tarix17.05.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#115347
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130
Tadbirkorlik biznes huquqi O\'quv qo\'llanma Z O Kuvandikov Samarqand

3.Tadbirkorlik faoliyatida moliyaviy, ma’muriy va jinoiy 
javobgarlik. 
O‘zRsi Soliq Kodeksida soliq majburiyatilrini buzganlik uchun 
qo‘yidagi moliyaviy jazo choralari belgilangan:
1) 
Yuridik shaxslar soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin 
tovlaganliklari uchun yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan 
jismoniy shaxslar ushbu xarakatlarni sodir etsa.
2) 
Daromad (foyda)ni yashirish.


374 
3) 
Soliq bo‘yicha deklarastiyalar hisob-kigoblar va qmsobotlarni 
taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqsimlamaganlik uchun.
4) 
Buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki uni buzgan holda 
yuritganlik uchun.
5) 
Faoliyat turlari bilan listenziyasiz shugullanganlik uchun.
6) 
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs 
hisob-kitobga kirishmasdan ish bajarish, xizmat ko‘rsatish, tovar sotish 
operastiyalarini o‘tkazganlik uchun.
7) 
Soliq va yigimlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib 
yuborilganda.
Tadbirkorlik nizolarini mamuriy tartibda hal etish.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi 
kodeksi (MJTK)da soliklar va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlash, shuningdek, soliq solinadigan ob’ektlarning hisobini olib 
bormaslik yoki kassa operastiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun 
javobgarlik belgilangan.
Tadbirkorlarni tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini 
buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan. Shuning uchun xam, 
tadbirkorlik faoliyatida tabiiy ob’ektlrdan foydalanish talab va qoidalarini 
buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikning ‘ziga xos xususiyatlari xam 
mavjud. Tadbirkorlarni tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va 
qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortish uchun asos 
sifatida ma’muriy huquqbuzarlikni ya’ni nojo‘ya xatti – xarakatni sodir 
etishi yetarli hisoblanadi. 
Amaldagi qonunchilikda, tadbirkorlarni tabiiy ob’ektlardan 
foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka 
tortish asosi va uning tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining MJTKda 
belgilangan. Ushbu kodeksning 10-moddasida ma’muriy huquqbuzarlik 
deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda 
tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, 
davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, 


375 
aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki 
harakatsizlik tushuniladi
38

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy 
javobgarlik, basharti bu huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy 
javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda, amalga oshiriladi. 
Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish, ma’muriy 
huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi 
g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi 
yetgan, yuz berishini istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga 
ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik 
qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi. 
Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish agarda 
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki 
harakatsizligi zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra 
bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan ularning oldini olish mumkin 
deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi 
mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan 
ko‘ra bilmagan bo‘lsa, bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik 
orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi. 
Ko‘rinib turibdiki, mazkur mazkur kodeksda nazarda tutilgan 
huuqubuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, shu jumladan tadbirkorlarni 
tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun 
basharti bu huquqbuzarliklar o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka 
sabab bo\lmagan taqdirda amalga oshiriladi. Tadbirkorlik faoliyatida
tabiy ob’ektlardan foydalanish tartib va qoidalarini buzganlik uchun 
ma’muriy javobgarlikka tortishdan asosiy maqsad – barcha 
tadbirkorlarning ‘rjkjubr qonunlarni aniq va to‘gri bajarishlari, 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarni 
tadbirkorlik faoliyatida aniq va to‘gri ijro etilishi, hurmat qilishi, tadbirkor 
yuridik va jismoniy shaxslardan lozim bo‘lgan burch yoki majburiyatlarni 
o‘z vaqtida bajarishlarini, amalga oshirishlari, zero ular tabiy ob’ektlardan 
38
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 


376 
foydalanish bilan bogliq huquqbuzarlikni oldini olish va unga qarshi 
kurashishdan iboratdir. 
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan yuridik va jismoniy 
shaxslar, O‘zR MJTKda ko‘rsatilgan qo‘yidagi huquqbuzarlik turlarini 
sodir etganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladilar: 
Tabiiy resurslarga egalik huquqini buzish, yerdan, suvdan, o‘simlik 
yoki hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish yoxud 
yerga va boshqa tabiiy resurslarga (bundan yer osti boyliklari va yer osti 
suvlari mustasno) egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda 
buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan 
maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish
39

Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu 
jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud 
bo‘lmagan holda ulardan foydalanish. O‘zboshimchalik bilan egallab 
olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan 
yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish. 
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l 
qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik, Sug‘oriladigan yerlarni 
o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, 
yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, 
shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi 
fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi. 
Oz miqdorda talon-toroj qilish, Mulkchilik shaklidan qat’i nazar 
korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, 
rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo‘li 
bilan oz miqdorda talon-toroj qilish. 
Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining 
xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish, Nodavlat tijorat tashkilotining 
yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisiga mazkur xizmatchining 
39
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 197, 202 — 204, 2291-moddalari, O‘zbekiston 
Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, 
“O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Suv va suvdan 
foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonuni, “Yer osti 
boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni. 


377 
o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin 
bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan 
shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga 
xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy 
manfaatdor etish. 
Nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti 
xizmatchisining o‘z vakolatlaridan foydalangan holda sodir etishi lozim 
yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib 
olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga 
qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki 
mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, o‘‘zganing 
mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni 
tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha 
miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish 
ko‘p bo‘lmagan miqdorni tashkil etsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 
besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n 
besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. 
Oz miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz 
baravarigacha bo‘lgan doiradagi, ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda esa, 
bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha 
bo‘lgan doiradagi miqdor tushuniladi. 
Ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlarning mol-mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar 
yetkazish faqat mazkur korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarining, 
mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga ko‘ra 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
G‘ayriqonuniy ov, baliq ovlash mahsulotini, yovvoyi holda o‘suvchi 
o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash mahsulotini qabul qilib olish. Moddiy 
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish 
qoidalarini buzish Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros 
ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarida, alohida 


378 
muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda, shu jumladan o‘zining 
tarixiy-madaniy qimmatiga ko‘ra Umumjahon merosi ro‘yxatiga 
kiritilgan hududlarda va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida moddiy 
madaniy meros obyektlari hisoblanmagan binolar, inshootlar hamda 
boshqa obyektlarni belgilangan tartibda ruxsatnoma olmasdan qurish yoki 
buzish. Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga 
tushirish, Yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanish, obyektlar qurish paytida 
unumdor qatlamni olmaslik, yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda 
foydalanish, yerlarni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlik pasayishiga, 
tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa 
harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan qishloq 
xo‘jaligi yerlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish. 
Yerga egalik qiluvchilar, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar 
tomonidan bir gektardan ortiq maydonga ega yer uchastkasida 
sug‘oriladigan yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, shu jumladan 
yerlardan maqsadli, oqilona foydalanilishini, tuproqning qayta 
tiklanishini va hosildorligi oshirilishini ta’minlash bo‘yicha 
majburiyatlarning bajarilmasligi. 
Yer berish tartibini buzish, Yer berish tartibini buzish, xuddi 
shuningdek fermer yoki dehqon xo‘jaligi yuritish uchun, yakka tartibda 
uy-joy qurish va turar-joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa 
bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga yer berilishiga to‘sqinlik 
qilish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch 
baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 
Vaqtincha egallab turilgan yerlarni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik 
yoki ularni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirmaslik. 
Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, 
davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, Tasdiqlangan yer tuzish 
loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi 
shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni 
joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, 
davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish 
to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin 
tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish. 


379 
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, Ko‘chmas mulkka bo‘lgan 
huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer 
uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat qilmaslik. 
Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q 
qilish yoki shikastlantirish. Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va 
ulardan foydalanish talablarini buzish, foydali qazilmalar joylashgan 
maydonlarga o‘zboshimchalik bilan imoratlar qurish, foydali qazilma 
konlarini ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda kon nazorati 
organlari bilan kelishmay turib ishga solish, yer osti boyliklaridan 
foydalanish talablari va tartibini buzish (bundan foydali qazilmalarni 
litsenziyasiz qazib olish mustasno), yer qa’ridan foydalanishda ishlarni 
olib borish xavfsizligi talablarini buzish, yer osti boyliklarini muhofaza 
qilish qoidalarini va tabiiy muhitni, binolar va inshootlarni yer osti 
boyliklaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarning zararli 
ta’siridan muhofaza qilish talablarini bajarmaslik, yer osti suvlari rejimini 
kuzatish uchun qazilgan quduqlarni, marksheyderlik va geologik 
belgilarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish, xuddi shuningdek 
umumtarqalgan foydali qazilmalardan foydalanish qoidalarini yerga 
egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar tomonidan buzish. 
Foydali 
qazilmalarni 
ruxsatnomasiz 
qazib 
olish, 
foydali 
qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish, xuddi shuningdek oltin 
izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olish, bundan yer osti suvlari 
hamda daryolar o‘zanlarida joylashgan foydali qazilmalar mustasno.Yer 
osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari 
va talablarini buzish.Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, 
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni 
muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi 
suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish. 
Zararli moddalar va qorishmalarga oid operatsiyalarni kema 
hujjatlarida qayd etish majburiyatlarini bajarmaslik, Suvdan foydalanish 
va suv iste’moli qoidalarini buzish, tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, 
daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy 


380 
suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli 
qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv 
obyektlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va 
boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek loyihada 
nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari 
bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish. 
Suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan 
foydalanish qoidalarini buzish, O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish 
qoidalarini buzish, Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish tartibini 
buzish, O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan 
foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish, Qizil kitobga kiritilgan 
o‘simliklarni yig‘ish, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini 
buzish, O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish,O‘rmonlarda 
yong‘in xavfsizligi talablarini buzish. 
Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera 
havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish yoki 
atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish. 
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan 
foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik. Ozon 
qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni 
buzish.
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan 
transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash 
hamda foydalanishga chiqarish. Atmosfera havosini muhofaza qilish 
talablariga rioya qilmaslik. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va 
boshqa dorilarni shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni 
hamda bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qo‘llanish 
qoidalarini buzish, Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa 
chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, 
utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni 
muhofaza qilish talablarini buzish, Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy 
chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq 
maishiy chiqindilarni to‘kish, Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini 
joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish. 


381 

Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin